Hayotchanlik stadivasigacha o‘sinilikxo‘r baliq
chavoqlarini o‘stirish
O'simlikxo'r baliqlar chavoqlarini ko'plab nobud bolmasligi uchun
ularni to'g'ridan to'g'ri o'stiruvchi hovuzlarga taogen oziqlanish stadiyasiga
o'tishi bilan qo'yib yuborilmaydi. Bularni hayotchan bolishi, moslashishi
uchun maxsus mayda baliqchalar o‘stirish hovuzlariga qo'yib yuboriladi.
Chavoqlarni hayotchanlik darajasiga yctkazish uchun maxsus sadoqlarda,
118
biton basseynlarda, lotoklarda o'stiriladi. Intensiv ravishda baliqchalar
boqiladi. Asosan yirik ozuqa obycktlari bilan (infuzoriya kolovratkalar,
naupliy) va sun’iy ozuqa bilan ham boqiladi, hayotchan chavoqlar yetish-
tirishning asosiy muvaffaqiyati, chavoqlarni sifatli va tabiiy ozuqa bilan
boqishdir. Chavoqlarni o'sishi uchun tabiiy ozuqa konsentratsiyasi bosh
oniil bo'lib hisoblanadi. 1 1 suvda 1000—1500 dona (infuzoriya, kolovrat-
ka) ilk chavoqlik davrida (uzunligi 6—7 ml) ayniqsa infuzoriya, volvoks
asosiy ozuqa obyekti hisoblanadi. Kcyinchalik kolovratka, naupliuslar bi
lan oziqlanadi. Rivojlanishning 3-bosqichidan boshlab chavoqlar ancha
katta hajmdagi zooplankton bilan oziqlanadi. Bular: dafnya, diafanozo-
ma, bosmina, moina hamda siklop, kopepodit, akantodiaptomuslar hi
soblanadi. Haddan tashqari katta razmerli zooplankton oq do'ngpeshana
uchun noqulay ozuqa obyekti hisoblanadi. Umuman oq do'ngpeshana kat
ta razmerli zooplanktonni iste’mol qilolmaydi. Oq do'ngpeshana ratsioni
asosan fitoplankton hisoblanadi. Zooplanktonning asosiy iste’molchisi bu
chipor do'ngpeshana hisoblanadi. Lekin zooplankton losossimonlardan
pelyadning ham sevimli ozuqasi hisoblanadi. Pelyad O'zbekiston suv-
liklarida keng tarqalmagan. Chipor do'ngpeshana, pelyad kabi turlar, bu-
tun umr davomida zooplanktonni iste’mol qiladi.
Oq amur va qisman chipor do'ngpeshana kabi turlarning ozuqa
spektori oq do'ngpeshanaga nisbatan ancha keng. Bular taogen oz.iqla-
nishga o'tishining birinchi kunlarida kolovratkalar va naupliuslardan
boshqa, kopepoditlarni, basminalarni hamda moina va seriodafni-
yalarning yosh zotlarini ham iste’mol qiladilar. Postembrional rivoj
lanishning birinchi bosqichidan boshlanib 9 mm uzunlikda bo'lgan
chavoqlar suv havzasidagi barcha zooplanktonlarni iste’mol qiladilar.
O'simlikxo'r baliqlar chavoqlarini o'stirish uchun 1,0 ga cha bo'lgan,
chuqurligi 0,5-0,7 metr bo'lgan hovuzlarda boqiladi. Suv kiradigan
inshootlarga № 30-32 kapron to'rlardan ixota qoplari o'rnatiladi,
suv chiqish joylarida ham mayda baliqchalar chiqib ketmasligi
uchun ixota qoplari o'rnatiladi. Shu narsani unutmaslik kerakki, mayda
baliqcha o'stirish uchun ajratilgan hovuz to baliqcha qo'yilgunga qadar
suvsiz quruq saqlanadi. Bunday hovuzlarga chavoq quyilishidan 3 kun
oldin suv quyiladi.
Chavoqlar o'tkazish zichligi 10 million dona liar bir gektariga. Le
kin ko'pchilik xo'jaliklar 3—5 min dona gektariga o'tkaziladilar.
3—5 min chavoqni o'stirish uchun liar bir gektar yerga bir-ikki ton-
nagacha organik o'g'it berish tavsiya etiladi. Mol go'ngi va 50—60 kg\
azotli va fosforli mineral o'g'it beriladi.
119
Chavoqlarni o‘stirish ikki va ba’zi sabablarga ko'ra 3 turda amalga
oshirishi kerak. Ikkinchi turga bar bir gektariga 1—2 tonna organik o‘g‘it
bcriladi. Agarda chavoq zichiigi 6 ming dona gektariga bo'lsa, o'g'itlash
normasi 2 -3 baravar oshiriladi. O'g'itning bir qismi suv havzasining
tubiga, qolgan qismi esa suvga eritib beriladi.
Albatta o'g'it berilgandan keyin tabiiy ozuqa bazasi va suvning gaz
rejimi nazorat qilinadi. Chavoqlar keyingi bosqichga o'tishi bilan suv
havzasidagi barcha zooplanktonlarni iste’mol qiladilar. Shu davrdan
boshlab boshqa suv havzasiga ko'chiriladi va chavoqlar o'zlariga kerakli
bo'Igan ozuqani topa oladilar. Boshqa hovuzga o‘tkazilgan chavoqlar-
ning uzunligi 11—12 mm va og'irligi 15—20 mg ni tashkil qiladi. Cha
voqlarni tabiiy ozuqa yetishntasligi sababli boshqa o'stiruvchi hovuzga
o'tkazish uchun avval hovuz suvi chiqariladi. Suvni chiqarish ishlari
soat 17—18 da bajariladi. Chavoq yig'iladigan joyga chavoqlar to'planadi
va so‘ngra № 9, № 12 kapron t odd an sadoq yasaladi. Bulling uchun
suv chiqadigan joyga maxsus bitondan yasalgan 3,5—l,2x 4,5 metr mos-
lama tayyorlanadi. Chavoqlar slut joyda to'planadi. Bu yerdan chavo
qlar maxsus tayyorlangan sachoklar orqali (riboulovitelga to'planadi)
olinadi. Chavoqlardan molod (baliqcha) chiqish ko'rsatkichi 60—70%
ni tashkil qiladi.
Agarda chavoqlar paketga solinsa va uzoq masofaga 100—150 km
transportirovka qilinsa, liar bir paketga 25 ming chavoq solinadi, agarda
40—50 km keladigan masofa bo'lsa bir paketga 5—10 ming donadan cha
voq solinadi. Agarda liar bir tur alohida hovuzlarda boqilsa (monokul-
tura) ham bo'ladi. Chunki bu usul tabiiy ko'llarni baliqlashtirish uchun
kerak. Qaysi turdan qancha kerak bo'lsa, darhol olib yuboriladi. Chavoq
larni 100-150 km masofaga transportirovka qilishdan oldin ichaklar to-
zalanishi uchun 10—12 soat maxsus kapron suzuvchi sadoqda saqlanadi.
O 'txo'r baliqlar segoletkalarini boqish
0 ‘txo‘r baliqlar segoletkasi hovuzda karp segoletkalari bilan birga-
likda o'stiriladi. Segoletka o‘stiriladigan hovuzlarga suv kiradigan joyiga
№1 mm kapron to'rdan yasalgan axlatlarni vig'adigan qop o'rnatiladi.
Bunda hovuzlar mayda baliqcha (podrashenniy) qo'ygunga qadar 7—10
kun oldin suv quyiladi. Yaylov hovuzlarni chavoqlar bilan baliqlashti-
rishga ruxsat berilmaydi, katta ko'llarga ham chavoq qo'yilmaydi.
Chavoqli paketlar hovuzga olib keltirilgandan keyin hovuzdagi suv
va suv haroratiga moslashish uchun 20—30 nrinut hovuz suviga quyi
ladi. So'ngra paket ochilib asta-sekinlik bilan chavoqlar suvga qo'yib
120
yuboriladi. Tirik va o'lik chavoqlarni bilish uchun iloji boricha oldin-
dan tayyorlangan kapron № 10-12 to'rdan yasalgan sadoqqa quyiladi.
Bunday chavoqlarning chiqishi 40%. Bu hovuzlarga karp chavoqlariga
qo'shimcha bar bir gektar suvlikda 50—70 ming do'ngpeshana, o'ng
ming oq amur qo'yiladi.
O'stiruvchi hovuzlardan segoletkalarni ovlash suv harorati 14°C
bo'lganda boshlanadi. Oq amur va do‘ngpeshana to‘da baliqlar hisob-
lanadi. Bular suv qalinligida saqlanadi. Segoletkalarni suv chiqadigan
joyida qurilgan baliq tntgichdan sachok orqali tutish maqsadga muvofiq.
Chunki o‘txo‘r baliqlarning jabralari balchiq suvda yomonlashadi.
Baliq tutgichlarga birinchi navbatda oq va chipor do‘ngpeshana
keladi. So'ngra karp va amur birgalikda keladi. Bularni suv oqimida
yig‘ish yaxshi, chunki toza suv orqali keladi. Segoletkalarni qo'l bilan
sortlarga ajratish mumkin etnas.
O 'txo'r baliqlar segoletkalarning qishlashi va zichligi xuddi karp sin-
gari bo‘ladi. Oddiy karp qishlaydigan hovuzlarda o‘txo‘r baliqlar sego-
letkalari o'tkaziladi. Segoletkalarning qishdan chiqish ko'rsatkichi 80—
90% ni tashkil qiladi. Agarda xo'jalikning imkoni bo'lsa, do'ngpeshana
segoletkalarni karp segoletkalaridan alohida saqlasa yaxshi bo'ladi.
Qishlash hovuzini bo'shatish paytida do‘ngpeshana kamroq jarohatla-
nadi. Oq amur birinchi yili uzunligi 11=21,4 sm, 12=36,8 sm, 13=52 sm,
14=68,6 sm, do'ngpeshana 11=15,6 sm, 12=29,1 sm, 13=49,1 sm, 14=67,3
sm, 15=81 sm bo'lishi kerak.
Barcha turlarga xos bo'lgan baliqchalar (karp, oq, chipor do'ng
peshana, oq amur) ustuvor hovuzlarda zooplankton, fitoplankton bilan
oziqlanishni davom ettiradi. Lekin bir-ikki hafta o'tishi bilan, turga xos
bo'lgan, katta yoshdagi baliqlarday ovqatlanishga o'tadi. Oq va chipor
do'ngpeshana baliqchalarini boqish: hovuzga baliq lichinkalarini qo'-
yishdan oldin plankton (zoo va fitoplankton) rivojlanishi uchun 1,5-2,0
tonna gektariga organik o'g'it beriladi. Suv quyilgandan keyin vegetatsi-
ya davrida har 10 kunda bir marotaba o'g'itlab turiladi. O'g'itlash nor-
masi har 10 kunda 71 kg ga go'ngni 300-500 litrli sig'imga ega bo'lgan
idishga solib, suvga eritib, suvini hovuzga sepib turiladi. O'g'itlash vaqti
ertalab soat 10°° da bo'lib, havo ochiq, bulutsiz bo'lishi kerak. Birin
chi oyda har (may) 15 kunda ikkinchi oyda (yozda) har 10 kunda bir
marotaba o'g'itlanadi. Havo harorati 15—17°C gaclia pasaysa o'g'itlash
to'xtatilsa ham bo'ladi. Suv tiniqligi 15—20 sm bo'lsa darhol suv ohak-
lashtiriladi. Ohaklash normasi 100 kg ga har bir gektariga bir marotaba
4—5 kg so'ndirilmagan ohak 300—500 litr suvga eritib sepiladi. Suv ti-
niqligi 35^50 sm boiishi bilan yana organik o‘g‘it bilan normaga qarab
o‘g‘itlantiriladi. Suvdagi kislorod miqdori 2—3 mg 1 dan kamaymasligi
kerak.
Mineral o‘g‘it ham ishlatiladi. Eng universal mineral o‘g‘it ammofos-
fordir. Uning tarkibida 20-22% azot va 14-16 % gacha fosforbor. lining
miqdori 30 kg ga bir vegetatsiyaga (210) har 10—15 kunda 1,5—2,0 kg am-
mofosni 100-200 litr suvda eritib soat Ю00 da organik o‘g‘it bilan qo‘shib
beriladi. O'gitlashdan maqsad suvda fitoplanktonni ko‘paytirish.
Oq amur baliqchalarini boqish: oq amur chavoqlari ham 1—2 hafta
zooplankton bilan oziqlanadi. 40-50 kunlik mayda anrurchalar kichik
hajmdagi suvo‘tlari bilan oziqlanadi (ryaska, azola, volfiya). Agar bular
boimasa, unda o'tloq oilaridan (o‘t, yunuchka, yashil qamish, tut bargi
va shunga o‘xshash) myasorubkadan o‘tkazib har 10 000 dona oq amur
baliqchalari uchun 20-40 kg (3-5 g) baliqchalar 8 sm uzunligi, ogirligi
8-10 g boiganda har 10 000 dona uchun 50-70 kg. Uzunligi 20—25 sm,
ogirligi 70—100 g bo‘lganda barcha yashil o'simliklar beriladi. Ozuqa
normasi baliq tana ogirligini 3—5% hisobidan beriladi. Baliq og'irligi
nazorat ovi paytida aniqlanadi va sutkalik ovqat ratsional belgilanadi.
Agarda polikultura sharoitida baliq chavoqlari, segoletkalari bo-
qilsa, avvalgi oq amur ovqati beriladi. So'ngra karp va do‘ngpeshana
ozuqasi beriladi. Shunday qilinmasa oq amur boshqa baliqlar ozuqasini
yeb qo‘yishi mumkin. Hamma vaqt suv sifati va baliqlar o‘sishi baliq-
shunosning nazoratida boiishi shart. Baliqlar o‘sishi har 15 kunda bir
marotaba o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |