bo'ladi. Bu hovuzlarning chuqurligi 0,8 m dan to 1,5 m gacha, maksimal
chuqurlik 1,8 metrdan to 2 m gacha bo'ladi. Yaylov hovuzlarning ozuqa
bazasini yaxshilash maqsadida lining chuqurligi 2,2—2,5 metr boisa
yanada yaxshi bo'ladi. Chunki bunday chuqurlikdagi hovuzlarda fito-
plankton, zooplankton ko'payishi uchun imkoniyat katta bo'ladi. Bunday
hovuzlarning suv kiradigan qismining ikki tomonida tabiiy ozuqa ho-
vuzlari ham (0,5 ga dan) qo'shimcha quriladi.
Iloji boricha tabiiy ozuqa
bilan boqish texnologiyasiga amal qilislr iqtisodiy samara beradi. Agarda
polikultura (karp, oq amur, do'ngpeshana)da boqilsa, maxsus hovuzlarda
ryaski, azola yetishtirish shart, dafnya boqish hovuzlari ham zarur.
Ota-ona baliqlarni saqlash, ta’mirlash, ya’ni o'rnini to'ldirish uchun
(remont) (маточный пруд) hovuzlar quriladi. Bunday zotlarni alohi-
da hovuzlarda boqish katta profilaktik ahamiyatga ega, chunki turli
xil kasalliklar oldi olinadi. Ota-onalar saqlanadigan
va remont uchun
saqlanadigan hovuzlarning maydoni boqiladigan baliqlar soniga bog'liq.
Xo'jalik rejasida bu sonlar ko'rsatilgan bo'ladi. Ota-ona baliqlar va re
mont uchun ajratilgan baliqlarning yozgi o'sishi 1,5-1,0 kg hisobga
olinib, hovuzga ma’lum son o'tkaziladi. Qancha baliq saqlash tabiiy va
omuxta yent ntiqdoriga bog'liq.
Yozgi ota-ona baliq saqlaydigan hovuzlar xuddi yaylov hovuzlarga
o'xshash barcha talablarga javob berishi kerak. Qishki hovuzlar ham
talab darajasida bo'ladi.
Qishlash hovuzlari.
Asosan bir yozgi baliqchalar (segoletkalarni)
saqlash va yoshi katta bo'lgan yoki 3~oborotga saqlangan baliqlar saqla-
nadi. Qishlash hovuzi suv bilan ta’minlanadigan manbaga yaqin joyda
bo'lishi kerak. Xo'jalikning umumiy maydoniga qarab qishlash hovuzi-
ning maydoni belgilanadi. Shunga ko'ra uning maydoni 0,2 gektardan
1,5 gektargacha bo'lishi mumkin. Qishlash
hovuzlarning chuqurligi
katta ahamiyatga ega. Uning muzlamaydigan suv qalinligi 2,5-3 m
dan kam bo'lmasligi kerak. Qishlash hovuzining yozgi hovuzlardan
farqi shundaki, qishlash hovuzining tubi qattiq, yuksak suv o'simliklnri
va ularning qoldiqlari bo'lmasligi kerak. Qishlash hovuzining suvi
tez-tez almashinib turishi zarur. Qishlashdan chiqadigan baliqlarning
soni suv sifatiga, suv almashinib turishiga bog'liq. Suv alntashinishi
uning
tarkibidagi kislorod miqdoriga, suv tubidagi karbonat angidrid-
ning miqdoriga bog'liq. Qishlashga qo'yilgan segoletkalarning sentiz-
lik koeffitsientiga (2,6-2,8) ham bog'liq. Agarda sentizlik koeffitsienti
(1,8-2,2) talab darajasida bo'lmasa bunday segoletkalar qishdan eson-
omon chiqmaydi.
54
Lekin barcha hovuzlarning suv kiradigan joyida albatta suv ti-
nitgichning bo'lishi zarur. Suv loyqasi, muallaq jism lar cho'kmaga
tushadi va suv ancha tiniqlashadi. Agarda loyqa suv to'g'ridan to'g'ri
hovuzga kirsa, u tezda balchiqlanadi. Amaliyotda shu narsa aniq-
langanki, suv tozalagichda 70 %
muallaq jism lardan tozalanadi,
cho'kmaga tushadi.
Karantin hovuzlari.
Bunday hovuzlar to‘liq sistemali xo‘jaliklar
uchun zarur bo'lib nasldor ota-ona zotlarni saqlash hamda to'ldiruvchi
remont uchun boqiladigan zotlar saqlanadi. Karantin hovuzlarida
boshqa xo‘jaliklardan yoki tabiiy suvliklardan selleksiya maqsadida
keltirilgan zotlar saqlanadi. Hovuzning maydoni 0,3—0,5 gektar bo‘lib
chuqurligi 1,5—2,0 m boiadi. Suv bilan ta’minlanishi alohida bo'lib,
suv almashinuvi talab darajada bo'lishi kerak. Karantin hovuzlar
xo'jalikning chetki qismlarida joylashtiriladi va ota-ona saqlaydigan
hovuzlardan 20—30 m masofada bo'lishi kerak.
Sadoqlar.
Turli xil kattalikdagi (mnt) kapron matolardan tayyorla-
nadi. Sadoqlarning yuzasi 100—200 m 2 va uzunligi suvning muzlamay-
digan qismigacha yetishi kerak. Sadoqlarda chavoq,
ntayda baliqchalar
(molod) boqiladi. Katta suvliklarda sadoq o'rnatib, tovar baliq yetishti-
riladi. Keyingi yillarda jahon (Yaponiya, XXR, Germaniya, Rossi-
ya, AQSH) baliqchilik amaliyotida sadoqlarda baliq yetishtirish keng
qo'llanilmoqda. Chuqurligi 15—20 metrbo'lgan tabiiy suvliklarda sadoq
qurib, karp yetishtirish yaxshi natija beradi.
Sadoq kapron to'rdan, ko'zlari kattaligi 10 mm materialdan, shakli
yarim yumaloq to'g'ri to'rtburchak kubsimon qilib tayyorlanadi. Sa
doq asosan ramkadan devorlardan va to'rdan iborat bo'lgan tubidan,
qopqoqdan va poplavikdan iborat. Sadoq shakllari
baliq mahsuldorli-
giga ta’sir etmaydi. Sadoqlar katta-kichikligi bilan farq qiladi. Hovuz-
larda o'rnatiladigan sadoq hajmi 2 m3 dan to 20 m3 gacha. Suv ombor-
larida, ko'llarda, katta basseynlarda 1000 m3 hajmda quriladi. Kanal,
zovurlar eni 5—10 m, chuqurligi 3—4 m bo'lgan joylarda o'rnatilsa
bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida sadoqda baliq boqish endi yo'lga
qo'yilmoqda. Yuqori qismi ochib yopiladigan bo'lsa yaxshi. Sadoq tuzi-
lishi to'g'risida m a’lumot (B.T. Kornilov «Руководство по развидение
рыб в садках»), 17—18 rasmda, suvliklarda joylashtirish 19—20-rasmda
berilgan.
Basseynlar.
Jadal baliq boqishning yangi usuli, bu turli kattalikda
gi basseynlarda baliq boqiladi. Basseyn turli hajmdagi — to'rtburchak
uzunchoq va yumaloq shakldagi maxsus jadal baliq yetishtirish mosla-
55
masidir. Uning taraflari 2x2 metr, 2,5x2,5 metr va 5x10 mctr, chuqurligi
esa 1,0—1,5 metr. Suv hajmi 6 m3, 9,4 m3, 75 m3 ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: