1) suv havzasining normal harorati, gidroximiyasi, suv almashinuvi va
sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va saqlash; 2) baliqlarni to‘la qim-
matli ozuqa bilan boqish; 3) baliqlarning ixtiopatalogiya holatini hamma
vaqt nazorat qilib turish; 4) normaga asoslangan baliq
zichligi monokul-
turasi, hamda qo‘shimcha va polikultura sharoitida boqishda baliqlar
soniga e’tiborni qaratish; 5) baliqlar orasida kasallik qo'zg'atuvchilar
oraliq xo‘jayinlarni yo‘qotish; 6) kuchli immun xususiyatiga ega bo‘lgan
zotlarni yaratish; 7) baliqlarni profilaktik ishlov berish ishlarini amalga
oshirish; 8) veterinariya tashkilotining ruxsatisiz xo'jalikka
baliq kirit-
maslik va chiqarmaslik; 9) keltirilgan baliqlarni qaysi yoshda bo‘lishidan
qat’i nazar, albatta izolatsiyada (karantin hovuzga) saqlash; 10) keltiril
gan baliqlarni karantindan so'ng antiparazitar vannalar orqali hovuzlarga
qo'yish; 11) suv tushadigan sarjinalarda filtr quyish, axlatlarni hovuzga
o‘tkazmaslik; 12) hovuzga kiradigan suv dezinfeksiya va suvni gidroxi-
miyaviy analiz namunalari olinishi shart; 13)
suv havzasiga suv oqimla-
rini qo‘ymaslik; 14) baliqlar regelmintizatsiyasi uchun maxsus hovuzlar
tayyorlash; 15) ovlash qurollari va ishlatiladigan qurollarni olib o'tishga
yo'l qo'ymaslik; 16) baliqlarni bahorgi profilaktik jihatdan qayta ish-
lash, kasal baliqlarni davolash, shularni xo'jalik hovuzlarining o‘zida ba-
jarish. Baliqlarni o‘tkazish paytida tana haroratining pasayib ketishiga
yo'l qo'ymaslik; 17) tabiiy suvliklarda leskali (Xitoy, Tayland mahsuloti)
turlarni
ishlatishdan voz kechish; 18) tabiiy ko'llarning har 1000 gek-
tar suvlik uchun bitta qayiq va 800—1000 metr uzunlikda kapron to‘r
ishlatish; 19) tabiiy ko'llarda qayiqlar va to'rlar sonini belgilangan nor-
madan oshirmaslik; 20) hovuzlarni balchiqklashib ketishiga va yuksak
suv o'simliklari bosib ketishiga yo'l qo'ymaslik. Hamisha suv havzalarida
yuqumli kasalliklarni oldini olish va tarqalib
ketmasligi uchun quyidagi-
larni bajarish; 1) karantin qoidalariga suzsiz rioya qilish; 2) hovuz suvini
to'liq chiqarish va dezinfeksiyalash va hovuz tubini dezinfeksiyalashtirish,
suv qo'yadigan va chiqadigan joylarni biotexnologiyasiga asoslangan hol-
da joylashtirish; 3) barcha ov anjomlarini va kiyim-kechaklarni, maxsus
kiyimlarni ham dezinfeksiyalash; 4)
hovuzlarni insolyatsiya, ya’ni leto-
vaniya usullaridan foydalanib hovuzlar biomeliorativ holatini yaxshilash.
Demak, baliq boqiladigan hovuzlarning biomeliorativ holatini yaxshilash
maqsadida hovuzlarga dam berish qoidalariga amal qilish.
Shuni esda saqlash kerakki, sog'lom baliq mahsuloti olish uchun ho
vuzlarni qarovsiz qoldirib yuborishga yo'l qo'ymaslik, baliqlarni parazit-
larga yo'liqishiga yo'l qo'ymaslik. Xo'jalikda ixtiopatolog mutaxassis ni-
hoyatda zarur. Veterinar maslahatisiz biror ishni bajarmaslik kerak.
2 8 2
Наг bir MCHJ baliqchilik xo‘jaligi o‘zining
ovlangan baliqlarini
kasal yoki ekto va endo parazitlardan xoli ekanligiga ishonch hosil qili-
shi uchun « 0 ‘zstandart» agentligi va baliq mahsulotlarini sertifikat-
lash idorasi «Ixtioservis»dan, MCHJ baliqchilik xo‘jaliklari baliq ovlash
uchun ruxsat, ya’ni sertifikat olishlari zarur. Bulling uchun har bir baliq
turidan 5—6 dona namunalar olib laboratoriya analizidan o‘tkazilishi
kerak. Agarda bunday sertifikat bo'lmasa, MCHJ baliqchilik xo‘jaligi
baliq ovlash huquqiga ega emas.
Tirik va sogiom bo'lgan hovuz baliqlarini yetishtirishning texnologik
sxemasi quyidagi 70-jadvalda tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: