Oq amur iste’mol qilingan o‘simliklarning o‘z og‘irIigiga nisbatan ozuqa
sarfi % hisobida (Ahmedov, 2006)
Ozuqabop suv
o‘simliklari
Baliq ixtiomas-
sasiga nisbatan
ozuqa sarfi %
hisobida
10 g ixtiomassa
yetishtirish
uchun sarflanadigan
o'simlik miqdori, kg
Suv harorati,
°C
Pdect-Patam ogeton
filiformis Pers
135
30
30-34
S h o x b a rg -C era -to -
phyllum demer-sum
114
E l o d i y a - E l o d e a
canadensis Rich. et.
Mehx
108
Ryaska-Lemna minor
L.
122
U rut-M yriophyllum
spicatum L.
35
Lux-Tupha
angusti
golia L.
31
Xara-Chara
flagilis
Desy
206
13-18
26
R dest-Potam ogeton
pectinatus L.
35
176
Shoxharg-Scra-tophyl-
lum snb-mcrsum L.
29
Ryaska-Lemna gibba
L.
26
Suv turi-Hydrodictyon
riticulatum (L)
22
Lux-Gypra Typh lati-
folia L.
10
Yovvoyi sholi-Zizamia
latifolia (Criseb) Stapf
90
U rut-M yriophyllum
verticillatum
18-30
Grechixa-Polygonum
amphibium L.
18-30
Bug^oydoshlar-Poa-
cea
42
26
25
Sebarga-T rifolinum
repens L.
34
Oq amur xara (Chara flagilis Desis)ni o‘zining og‘irligiga nisbatan
bir sutka davomida 206 %, ryaskani (Semna minorL.) 102% iste’mol
qilsa, qamishni (Phragmites communis L.) 35% ni iste’mol qilishi
45-jadvalda keltirilgan. Keyingi yillarda Respublika suv havzalarida
azola (Azolla caralina milld) o‘simligi keng miqyosda tarqalib bormoq-
da. Bu suv o’simligi baliqlarni ko'lda boqish uchun qo£l keladi. Oq
amur suv havzalaridagi mavjud yuksak suv o‘simliklarini iste’mol qilib
bo‘lgandan keyin uni qanday qilib parvarish qilish muammosi paydo
bo‘ladi. Shu vaqtda ryaska va azoladan foydalaniladi.
Azola tarkibida oqsil 12,8%, klechatka 22,75%, karatin 23,3 % , yog1
0,94 % ni tashkil etadi va vitamin В borligi aniqlangan.
Azolla biomassasini oqova va sizot suvida bir sutka davomida 250—
300 g, yil davomida esa 1 gektar suvliklardan 450—540 tonna ho‘l bio-
massa olish mumkinligi amaliyotda isbotlangan. Bu o‘simlik vegetativ
usulda ko'payadi. Hovuzda azolla zichligi har bir metr kvadratda 400
g gacha biomassa qoldirilib, qo’shimcha biomassasi baliq boqiladigan
hovuzga chiqariladi. Agarda uning zichligi 400 g/m 2 dan oshib ketsa,
unda u zichlashib, hosildorlik pasayadi. Azolla va ryaska oq amur va
karp uchun ham sevimli ozuqa obyekti hisoblanadi. Bu o‘simliklarni
har bir MCHJ xo‘jaligida bemalol o‘stirsa bo’ladi.
177
Osiyo mamlakatlarida. ayniqsa, Xitoy Xalq Respublikasida hovuz
baliqchiligi yaxshi rivojlangan. Kichik maydonlarga 0,3, 0,5, 0,7, 100
gektar maydonga cga bo'lgan hovuzlarga tig'iz o'tkazilgan oq amurni
oziqlantirish uchun har kuni 3—4 tonnaga yaqin ko‘k o‘simliklardan
keltirilib hovuzlarga tashlanadi. Bu Buxoro viloyati «Zarafshon» hovuz
baliqchilik xo'jaligida 2003-yilda kuzatilgan edi. Baliqlarga qamish,
lux, sebarga o‘urib keltirib berilgan. Baliqchilar nihoyatda qiynalganlar.
«Zarafshon» hovuz xo'jaligining 0,3 gektarli hovuziga 450 dona, o'rtacha
og'irligi 450-500 g keladigan 2 yashar oq amur qo'yilgan. Ularning
sutkalik ratsioni 15—20% tana og‘irligini tashkil qilgan. Shuning uchun
ham oq amurni «Suv ho‘kizi» deb ham atash bejiz emas.
Ushbu holatni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshi-
rish iozim bo‘ladi:
1. Ryaska va azolla hovuzlarga suv kiradigan inshootning bosh qismi-
da qurilgan kichik o'simlik o'stirish hovuzida yetishtirib o'simliklarning
biomassasi 400 g/m 2 dan oshishi bilan baliq boqiladigan hovuz qismiga
chiqarib turish tavsiya etiladi. 0 ‘simlik yetishtirish maxsus hovuzlari
(azolla, ryaska) quyidagi sxemada aks ettirilgan.
2. Bu ishlarni amalga oshirish maqsadida, amaliyotda foydalanib
kelayotgan hovuzlarda qayta qurish ishlarini olib borish yoki yangitdan
qurilayotgan hovuzlarda qurishni ham nazarda tutish kerak.
Suv o'simliklarini asosan baliq o‘stiriladigan hovuzni o'zida yetish
tirish imkoniyati yo‘qmi? — degan savol tushishi mumkin. Bunda ikki
xil holat vujudga kclishi mumkin.
1. Asosiy hovuzlarga keltirib o‘tkazilgan o‘simliklar biomassasi,
baliqlarning bu o'simliklarga bo'lgan talabidan kam bo'ladigan bo'lsa,
mavjud baliqlar suv o'simliklarini yeb tugatadilar va rivojlanishdan
to'xtaydi.
2. Agarda suv o'simliklarining biomassasi baliqlarni bu o'simlikka
bo'lgan talabidan yuqori bo'lgan holatda bo'lsa, suvo'tlari tezda
rivojlanib, butun hovuz yuzini qoplab olishi mumkin. Bunday holat
da, atmosfera va suv yuzasida to'siq paydo bo'lib, quyosh nuri suvni
pastki qatlamiga yetib bermaydi, fotosintez jarayoni sodir bo'lmay qo-
ladi, mikroskopik suvo'tlari va zooplankton rivojlanmaydi, suv harorati
esa pasayadi. Shuning uchun ham bu suv o'simliklarining biomassasi
baliq tomonidan iste’mol qilinadigan miqdorda bo'lishi shart. Shunda
suvo'tlarining biomassasi ortib qolmaydi.
Baliqlar uzoq vaqt davomida bir xil turdagi ozuqa bilan oziqlansa,
ularning ishtahasi ancha pasayadi va tanlash xususiyatiga ega bo'lmaydi.
178
Shuning uchun ham, o'simlik o‘stirish hovuzini bitta emas, ikkita
qilib tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Birinchi hovuzda ryaska o'stirilsa,
ikkinchi hovuzda azolla o'simligi o‘stiriladi. Bu usul baliqlarga tanlab
oziqlanish imkoniyatini beradi.
O'simlik o'stirish hovuzlarida qaysi davrda qanday o‘simliklarni
o'stirish-ryaska (Semna minor L.) Azolla (Azolla caralinioma, wilaf),
eyxoniya (Eichcornia srassipes solms), pistiya (Pistia strutiofes.) re-
jalashtiriladi. Lekin o'txo'r baliqlarning qaysi biri eyxoniya, pistiya bi-
lan oziqlanishi yaxshi o'rganilmagan. Lekin oq amur majburiy ozuqa
sifatida ularni iste’mol qilishi mumkin.
0 ‘simlik o‘stirish hovuzlarida eng avval qaysi turdagi baliqni boqish
hisobga olinadi, so'ngra o'stiriladigan baliqlarning o‘rtacha og'irligiga
qarab o'simlik o'stirishni tashkil etish maqsadga muvofiq. Masalan, oq
amur uchun ryaska va azolla yetishtirilsa bo'ladi. Chunki eyxoniya va
pistiya sinovdan o'tmagan. Oq amur og'irligi 20—200 g atrofida bo'lgan
davrlarda, o'simlik o'stirish hovuzida ryaska o'simligi o'stiriladi, 200—
1000 g bo'lgan davrda — azolla va ryaska o'stiriladi. Baliqlarning rivoj-
lanishiga qarab keyingi davrlarida ryaska+ryaska+azolla+eyxoniya+pis
=tiya o'stirish tavsiya etiladi.
Bulling uchun mart-aprel oylari davomida o'simlik o'stirish uchun
tayyorlangan hovuzni har bir gektar maydoni hisobiga 454 dona oq
amur, 1272 dona do'ngpeshana va 727 dona karp kabi turlarning bir
yoshli segoletkalari o'tkaziladi. Asosiy hovuzning bosh qismida may
doni 0,3 yoki 0,5 gektar keladigan ikkita hovuzning birinchisida ryaska
va ikkinchisida azolla yetishtiriladi. Vegetatsiya davri may—oktabr oy
lari hisoblanadi. O'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga qarab, baliq
boqiladigan asosiy hovuzga chiqarib turiladi. Vegetatsiya davomida
150-1000 tonnagacha biomassa yetishtiriladi.
Nazorat ovi paytida bu o'simliklar qay darajada iste’mol qilganligi,
ixtiotrofologik analiz orqali aniqlanadi.
Yashil ozuqa yetishtirish uchun vegetatsiya davomida 3 tonna go'ng
va 1100 kg ammofos sarflanadi. Yil oxirida baliq mahsulotini baholash
natijalari 46-jadvalda keltirilgan.
Bu yerda har bir gektaridan 15,3 s umumiy ovlangan baliq mah-
suldorligi bo'lib, vegetatsiya davomida o'stirilgan hosildorlik 13,21 s ni
tashkil qiladi.
43-jadvalda ko'rsatib o'tilganidek, hovuzdan o'tkazilgan baliqlardan
ularni chiqish foizi past darajada bo'ladi. Bu ko'rsatkich karp bo'yicha
23%, oq amur 61% va do'ngpeshana 70% ni tashkil etadi. Ixtiomassaning
179
каш bo'lishi, birinchidan, baliqxo'r qushlar, ikkinchidan, baliqlar brako-
nyerlardan yetarli darajada himoya qilinmaganligidir. Agarda o‘tkazilgan
baliqlar soni, bionormativlar asosida 80% bodganida, hosildorlik 20,8 s/
ga bo'lar edi. Aslida 15,3 s/ga ni tashkil ctdi (46-jadvalga qarang).
46-jadvaI
Do'stlaringiz bilan baham: |