O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Oq amurni hovuzlarga tig‘iz o'tkazish hisobiga hovuzlar hosildorligini



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Oq amurni hovuzlarga tig‘iz o'tkazish hisobiga hovuzlar hosildorligini
oshirish
Keyingi yillarda liovuz baliqchilik xo‘jaliklarining baliq boqiladigan 
va baliq o'stiriladigan hovuzlarda hamda tabiiy kodlarning ekologik ho­
lati yomonlashuvi sababli baliq mahsuldorligining pasayib ketishi ku- 
zatilmoqda. Ko‘pchilik baliqchilik hovuzlari, tabiiy koilari yuksak suv 
o'simliklari bilan qoplanib, suvni organik ifloslanishiga olib kelmoqda.
173


Hattoki, hovuzlar, kanallar ham suv o'simliklari bilan qoplanib, suv- 
ning erkin oqimiga to‘sqinlik qilmoqda. Hovuz va tabiiy suvliklarning 
ekologik holatini yaxshilash va suv filtratsiyasi hamda suv harakatini 
normallashtirish yoki biomeliorativ holatini yaxshilash maqsadida yuk- 
sak suv o‘siinliklaridan tozalash kerak. Bu usul 2006-yiIda 0 ‘zbekiston 
baliqchiligini rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi (Ahmedov, 2006) 
tomonidan ishlab chiqildi. Mutaxassislar yuksak suv o‘simliklarini 
ekologik jihatdan guruhlarga bo‘lganlar. Baliqchilik xo‘jaliklarida 
uchraydigan barcha yuksak suv o'simliklari 3 ta ekologik guruhga 
bodinadi. Bu ekologik guruhlar quyidagilar:
1. Gigrof'itlar (suv bo‘yida va o‘ta nam joylarda o'suvchi o'simliklar) 
— Phragmites communis, Scirpus sp., Typha augustifolia, Tamarix sp.
2. Gidrofitlar (tanasining yarmi suvda, qolgan qismi asosan genera- 
tiv a’zolari suv ustida joylashgan bo’Iadi) — Qo‘g‘a (Butamus sp).
3. Gidotofitlar (tanasi toMiq suv ostida, ayrimlarning barg va genera- 
tiv a’zolari suv yuzasida bo‘ladi) — Potamogeton pectinatus, P. Filiformis, 
shoxbarg-Certohyllum demersum, Myriophylium spicatum, Chara fragilis.
Yuksak va tuban suv o'simliklari suvdagi barcha gidrobiontlar hayo- 
tida muhim o'rin egallaydi. 0 ‘simliklarning Fiziologik faoliyatlari orqali 
suvni erigan kislorodga boyitadilar. Kanallar qirg‘og‘ini yemirishdan 
saqlaydi. Baliqchilik suv hovuzlarining umumiy maydonini 15—25% ni 
tashkil qilsa, nihoyatda ma’qul ko'rsatkich hisoblanadi. Lekin hozirgi 
davrda (1998—2000-yillardan boshlab) Respublika hovuz baliqchilik 
xo'jaligi maydonlarining 70—80% ni yuksak suv o‘simligi egallagan. Xud- 
di shunga o'xshagan tabiiy suvliklar (Kara-kir, Tuzkon, Zikri) yuksak 
suv o'simliklari bilan 60~80% gacha qoplangan. Baliqchilik hovuzlarida, 
koilarda, zovurlarda suv o‘simliklarining haddan ziyod ko'payib ketishi 
suvda organik moddalar miqdorining oshib ketishiga va suvning organik 
jihatdan ifloslanishiga sabab bo’ladi. Natijada suvliklarning gidroximi- 
yaviy va gidrobiologik sharoiti yomonlashuviga olib keladi. Plankton va 
zoobentos organizmlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bu ho- 
latlar suv havzasining meliorativ holatining yomonlashuviga olib keladi. 
Natijada baliqlarning erkin harakati yomonlashadi, yaylov esa kamayadi. 
Yuksak suv o‘simliklarining kuchli rivojlanganligi sababli hovuzlarda 
mikroskopik (fitoplankton) suvo'tlarining miqdor va biomassasi kamaya­
di. Bu esa suvning kislorodga to'yinishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Baliqlardan oq do'ngpeshananing ozuqasi kamayib lining mahsul- 
dorligi ham pasayadi. Hovuzlarga beriladigan mineral o‘g‘itlar samara- 
siz ketadi. Berilgan mineral o‘g‘it yuksak suv o'simliklarining oziqla-
174


nishiga sarflanadi va ular yanada kuchli rivojlanadi. Hovuz, ko'llar va 
zovurlarni yuksak suv o'simliklari bosib evtrofikatsiyaga sabab bo'ladi.
Hovuzlarni yuksak suv o'simliklaridan tozalashga qarshi kurash 
usullari ishlab chiqilgan. Bular mexanik, kimyoviy va biologik kurash 
usullaridir. Hozirgi vaqtda mexanik qarshi kurash usulini qo'llash iqti- 
sodiy jihatdan noqulay va xo'jaliklar iqtisodiga to'g'ri kelmaydi. Ximi- 
yaviy qarshi kurash usuli ancha xavfli va gerbetsidlarning narxi ham 
ancha yuqori. Biologik qarshi kurash usuli nazariy jihatdan ishlab 
chiqilmagan. Amaliy jihatdan uning ahamiyatini zovurlarni tozalashda 
birinchi bo‘lib, Turkmaniston olimlari o‘zlarining amaliy ishlari bilan 
(1968—1974-yillar) isbotlab berdilar. Bu usulning afzalligi 0 ‘zbekistonda 
ham qo'llanilmoqda.
Respublika hovuz baliqchilik xo‘jaligi mutaxassislarining fikrlari- 
cha, oq anuir qamish, lux, qo‘g‘a kabi yuksak suv o'simliklarini iste’mol 
qilmas emish. Shu munosabat bilan baliqchilik hovuzlariga liar bir gek- 
tariga 100—150 dona oq amur qo‘yib yuborish tavsiya etilgan va shunga 
amal qilingan. Tabiiy suvliklarda esa bundan ham kam sonli oq amur 
qo'yilgan. Har bir gektariga 5-10 dona oq amur segoletkalari, og'irligi 
25—30 g bilan baliqlashtirilgan, lekin bu usul natijasiz bo'lgan. Tabiiy 
ko‘llarga umumiy qilib 5000-10000 dona oq amur qo'yib yuborilgan.
Bunday son va kattalikdagi oq amur segoletkalari bilan baliqlashti- 
rish o‘z natijasini bermaydi. Chunki bunday tig‘izlikda oq amur va bun- 
day og'irlikdagi zotlar yirtqich baliqlarning ozuqasiga aylanadi. Bular 
yuksak suv o'simliklarini to'liq iste'mol qilmaydi.
Oq amurning yuksak suv o'simligi bilan oziqlanishi suv harorati 10— 
12°C bo'lganda boshlanadi. Ularning maksimal oziqlanishi uchun eng 
optimal harorat 20—30 °C hisoblanadi. Baliqlarni o'sish sur’ati asosan 
suv harorati va ularni ozuqa bilan ta’minlanishiga bog'liqdir. Oq amur 
30 kunligida, uzunligi 3 sin bo'lganda u qisman yumshoq suvo‘tlari 
bilan oziqlanadi. Past haroratda suvo'tlarini tanlab iste’mol qilsa, suv 
harorati 15°C dan 30°C gacha bo'lganda suvo'tlarini intensiv ravishda 
iste’mol qiladi, agarda u tig'iz qo'yilgan bo'lsa, og'irligi 250—300 g dan 
kam bo'lmasligi kerak.
Baliq boqiladigan hovuzlarda oq amur zichligini oshirib, ular­
ni hovuzni mavjud bo'lgan suv osti va yuksak suv o'simliklarini yeb 
bo'lgandan so'ng qo'shimcha tarzda ryaska va azola bilan boqish o'z 
samarasini bergan (Ahmedov, 2006).
Ryaska tarkibida (quruq modda hisobiga) 30—32 % oqsil, 4—5 % 
yog', 20—30% kraxmal bo'lishi, uning kaloriyasi ko'pligidan dalolat be-
175


radi. Oq amur malkilari (baliqchalari) 18—20 kunligidan boshlab ryas- 
ka bilan oziqlanadi. Laboratoriya sharoitida ryaska (Semna minor, S. 
Gibla) va volfiya kabilarni yetishtirish te.xnologiyasi ishlab chiqilgan.
Lekin bu suv o'simliklarini katta suv maydonlarida o‘stirish tex- 
nologiyasi hozircha yaxshi o‘rganilmagan.
Ma’lum texnologiyalarni nazarda tutgan holda ishlab chiqarish 
sharoitidan kelib chiqib, ularga ayrim o‘zgartirishlar kiritib, katta suv 
maydonlarida (0,5—1,0 ga) yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqishga 
tatbiq etilmoqda.
Oq amurdan 1,0 kg ixtiomassa olish uchun me’yorida 30 kg yuk- 
sak suv 
0
‘simliklari sarflanishi lozim boigan holda ryaskadan 15 kg 
sarflash maqsadga muvofiqdir. 45-jadvalda oq amur tomonidan ayrim 
yuksak suv o'simliklarini bir sutka davomida o'zining oghrligiga nisba- 
tan iste’mol qilish foizi keltirilgan.
45-jadval

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish