Bir, ikki va uch marotaba oziqlantirishning natijasini solishtirib
baholash
Ko'rsatkichlar
Boqish
1 marotaba 2 marotaba
3 marotaba
Baliq o‘tkazish zichligi (ming ta/ga)
10
10
10
Baliq o'tkazish paytida o‘rtacha
og'irligi (g)
26,0
25,5
25,8
Baliq ovlash paytidagi og'irligi (g)
489,7
517,0
535,5
Baliq o'sishi (g)
463,7
421,5
509,7
Ozuqa koeffitsienti
4,5
4,0
3,6
Qayerda tozalab yeyilgan bo‘lsa, vaqtida ovqat berib chiqish kerak.
Baliqlarni oziqlantirishning asosiy sharti baliqlarni boqish vaqti oziqlan
tirish orasidagi vaqt hisoblanadi. Ko‘pchilik xo‘jaliklarda bir sutka
davomida 2—3 marotaba oziqlantiriladi. Agarda 3 marotaba oziqlan
tirish rejalashtirilgan bo'lsa: birinchi oziqlantirish ertalab soat 6—800
165
oralig‘ida, ikkinchi marotaba 1 1—1300 oraligdda va uchinchi marotaba
soat 17°° dan 1900 gacha bo'lgan vaqt ichida oziqlantiriladi. Umuman
olganda baliqlarni yeyishiga qarab oziqlantirish yoki intensiv usulda
boqish yanada yaxshi natija beradi. Bu esa xo‘jalikning iqtisodiy salohi-
yatini oshirishga imkon beradi (42-jadval).
Har bir xo'jalik baliq mahsuldorligini oshirish uchun oziqlantirish-
ning yangi usullarni ixtiro qilishi rnumkin.
Agarda baliq o‘stirish jarayonida bir ozuqa turini ikkinchisi bilan
almashtirishga to‘g‘ri kelsa, unda iloji boricha birdaniga emas, balki
asta-sekinlik bilan amalga oshirish kcrak. Baliq bir ozuqa turidan ik-
kinchisiga odishi uchun o‘rganishi lozim, ya’ni yangi ozuqa turiga mos-
lashishi zarur. Chunki ba’zan boshqa ozuqani ishtaha bilan yemasligi
ham mumkin.
Aralash va qo‘shimcha baliqlashtirish
Agarda hovuzga bir turdagi baliqlar qo’yiisa, unda hovuzdagi tabiiv
ozuqa bazasidan todiq foydalanilmaydi va ortib qoladi. Suvning organiк
ifloslanishiga sababchi bodadi. Hovuzning baliq mahsuldorligini os
hirish uchun undagi bioresurslardan todiq foydalanishi lozim. Shu mu-
nosabat bilan bir hovuzda bir necha tur baliq boqish maqsadga muvofiq.
Asosiy baliq turi bilan birga boshqa turni qo’shib o’stirish (qo’shimcha
baliq turi) polikultura usulida baliq o'stirish deyiladi. Polikulturada
0 ‘zbekiston sharoitida karp, do‘ngpeshana va oq amur kabi turlarni
birgalikda boqilishi yaxshi natija beradi.
Karplarni aralash o‘tkazishda asosiy e’tibor ularning yoshlariga
qarab, ya’ni turli xil yoshlarni bir hovuzda boqishga qaratilgan bodadi.
Buning uchun asosan oziqlanishning bir xillik xarakteriga ega emasligi
tnuhim hisoblanadi. Agarda mayda karplar asosan tuban qisqichbaqasi-
monlar, kolovratkalar bilan oziqlansa (5—10 g) katta karplar (150—200
g), asosan zoobentos (xironomid lichinkalari) bilan oziqlanadi, boshqa-
cha aytganda kattaroq fauna bilan oziqlanadi. Demak, turli xil yoshdagi
yoki kattalikdagi karp yoki amurni birgalikda boqish tabiiy ozuqadan
unumli foydalanishga imkoniyat beradi.
Aralash yoshdagi va turli xil kattalikdagi baliqlarni asosan yaylov
(nagul) hovuzlarida boqiladi. Chunki yaylov hovuzlarda tovar — ikki
yoshli baliqlar boqiladi. Ularga qo’shimcha ravishda segoletka boqilsa
yaxshi natija beradi. Baliqlashtirish quyidagicha bodadi: 1 dona sego-
letkaga — 10—11 dona mayda baliqcha (malki) qo‘yib yuborish tavsiya
etiladi, yoki 1:10 sxemasi qodlaniladi.
166
Segoletkalarning mahsuldorligi 25—40% ni tashkil qiladi. Qolgan
qismini 60—75% mayda (malki) baliqchalar tashkil qiladi. Asosiy baliq
mahsuloti mayda baliqchalarga qaratilgan bo'ladi. Bu usul bilan ba
liq boqishning ahamiyati shundan iboratki, kelgusi yil baliq o'tkazish
uchun imkoniyat yaxshi bo'ladi. Bu segoletkalar qishni yaxshi o‘tkazadi,
semizlik koeffitsienti 2,8—2,3 dan kam bo'lmaydi.
Agarda baliqlarni uchinchi yoshgacha boqilsa, ayniqsa karp flora va
faunani, yumshoq o'simliklar va suv tubi umurtqasiz hayvonlarni to'liq
istc'mol qiladi. Shuning uchun ham ikki yashar karplarni licit yashar karp-
lar bilan birga boqishda baliq mahsuldorligi oshadi. Bularni hovuzlarga
quyidagi sxema bo'yicha o'tkazish maslahat bcriladi. Bu nisbat 5:1, ya’ni
licit yashar karp 5 dona va ikki yashar karp 1 dona. Agarda licit yashar
karplar soni katta boisa unda ikki yashar karplar yaxshi o'sntay qoladi.
Uch yashar va ikki yashar karplarni situ nisbatiga qarab birgalikda boqilsa
hovuzning baliq mahsuldorligi oshadi va tovar baliq anclia vaqtli yetishti-
riladi. Bu usulda karplar ikki yoshda yaxshi o‘smagan tovar og'irligiga cga
bo'lmagan (250—350 g) zotlar uchinchi yil boqishga qo'yiladi.
Ko'pincha karp bilan birga boshqa tur baliqlarni qo‘shib boqish ham
yaxshi natija beradi. Buning uchun hovuzdagi ozuqa, ya’ni bioresurs-
lar yaxshilab aniqlanadi, zoobentos, fitoplankton, makrofitlar miqdori
aniqlab shu ozuqa manbalariga qarab qaysi turlarni bir-biriga qo'shib
boqilishi yoki qo‘shimcha baliq qo‘yish tavsiya beriladi. Birga qo'shib
boqishda baliq turlarini tanlashda iqlim sharoiti, hovuzning xususiyati,
baliqlarning oziqlanish xarakteri va ularning ozuqa qiymati hisobga
olinishi kerak. Bundan boshqa baliqlarning birga yashashga moslanish
qobiliyati ham hisobga olinishi zarur.
Respublika hududida qo'sitimcha baliq o'tkazib boqishda asosan
turli xildagi karplar, oq amur, oq va chipor do'ngpeshana tavsiya eti-
ladi. Bunday usulda baliq boqish liar bir gcktar hovuz maydonidan
qo'sitimcha ravishda 90—180 kg baliq olislt imkonini beradi. Karp sego-
letkalari esa 40—50 g gacha bo'ladi, ikki yoshlilar esa 500 —750 g ga-
cha bo'ladi. Karplarni uch yoshgacha qo'shib o'stirilganda ham yaxshi
natijaga erishish mumkin. Agarda oq yoki chipor do'ngpesltana qo'shib
ustirilsa, baliq mahsuldorligi 30—40% gacha oshadi.
Agarda suv havzasida mayda begona xashaki baliq ikki yoshli karp
bilan birga ko'payib ketsa buning uchun sudakni qo'shimcha qo'shishga
to'g'ri keladi. Masalan, ikki yashar karpning ozuqa raqobatini pasayti-
rislt uchun sudakdan foydalansa bo'ladi. Sudakning kislorod rejinti (6,5
mg/1) yaxshi bo'lgan hovuzga qo'yiladi. Qaysi vaqtda sudak qo'yish
167
mumkin. Agarda xashaki baliq soni liar bir gektar suvlikda 7—10 dan
to 250 donagacha bo'lsa, bunday holatda sudak qo‘yish tavsiya etiladi.
Agarda xashaki baliq soni gektariga 250—300 dona bo'lsa, 4000 dona
karp segoletkasi bo‘lsa, bunday paytda 80 dan to 100 dona/gektariga
sudak segoletkalari qo‘yiladi. Natijada raqobat obyektini yo‘qotish hiso-
bida gektariga 20—30 kg qo'shimcha sudak mahsuloti olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |