O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Polikultura sharoitida baliq yetishtirish



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Polikultura sharoitida baliq yetishtirish
Polikultura deganda baliqchilik hovuz xo‘jaligida har bir hovuzda bir 
vaqtning o‘zida bir necha tur baliqlarni birgalikda yetishtirish tushuniladi. 
Bu usuldan asosiy maqsad suv havzasidagi mavjud bioresurslardan to'Iiq 
foydalanishdir. Karp va o'simlikxo'r baliqlar polikulturasida bioresurslar 
nisbatidan to‘liq foydalaniladi. Ularning mahsuldorligi qo‘sliimcha mablag' 
sarflanmasdan ancha oshadi. Polikulturada birga o'stiruvchi hovuzda quyi- 
dagi miqdorda chavoqlar qo‘yish tavsiya etiladi. Oq amur chavoqlari: 10,000 
dona/ga, chipor do'ngpeshana 30,000 dona/ga boqiladi. Segoletkalarning 
o'rtacha og‘irligi 40—50 g gacha yetadi. Polikultura sharoitida har bir gektar 
suvlikdan: 1 s oq amur , 5 s ok do‘ngpeshana va 9 s chipor do'ngpeshana 
qo‘shimcha miqdorda baliq mahsuloti olish mumkin. Oq amur qo'shimcha 
ravishda hovuzning biomeliorativ holatini ham yaxshilaydi. Karp bilan oq 
amur birgalikda o'stirilganda oq amur xuddi karp singari kombikormni 
iste’mol qiladi. Bu yerda kombikorm raqobat ozuqa obyekti hisoblanadi. 
Chipor do'ngpeshana karp bilan birga boqilganda zooplanktonga nisbatan 
raqobat kuzatiladi. Agarda karp bilan oq amur birgalikda boqilsa qo'shimcha 
kombikorm berishga to'g'ri keladi. Oq do'ngpeshana 2 yoshligida o'rtacha 
500-700 g, chipor do'ngpeshana 800 g og'irlikka ega bo'ladi.
Keyingi yillarda O'zbekiston sharoitida asosan oq va chipor 
do'ngpeshana hovuz baliqchiligining asosiy obyektiga aylanishining 
imkoniyat katta. Chunki quyosh nuri 210—220 kun yoritilishi natijasida 
fitoplankton nihoyatda yaxshi rivojlanadi. Karp yetishtirish esa iqti- 
sodiy jihatdan ancha qimmatga tushadi, chunki hozirgi kunda sanoat 
tarzida tayyorlanadigan omuxta yemlar baliq talabiga javob bermaydi, 
narxi esa nihoyatda qimmat. Baliq tannarxi esa ancha qimmatlashadi. 
Polikulturada dominant tur sifatida oq va chipor do'ngpeshana bo'lishi 
mumkin. Oq amur esa biomeliorator sifatida foydalaniladi. Ammo po- 
likulturaning amaliyotda qo'llanilishi bilan baliq yetishtirish assorti- 
menti ancha kengaytiriladi.
Keyingi yillarda MDH davlatlarida, shu jumladan O'zbekistonda 
hovuz baliqlarining yangi turlarini iqlimlashtirishga katta e’tibor be-
168


rilmoqda. Bu baliq turlari hovuz baliqchiligining baliq mahsuldorligini 
oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Istiqbolli turlardan 
chukuchansinionlar oilasiga tegishli baliqlardan: katta og‘izli buffalo, 
kichik og‘izli buffalo, xonaki qora buffalo hovuz xo‘jaligi sliaroitida 
yaxshi mahsulot beradigan turlardan hisoblanadi. Chukuchansimon- 
larning vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. Bu turlar tez o’sishi bilan 
ajralib turadi. Katta og'izli buffalo og‘irligi 45 kg gacha, kichik og‘izli 
buffalo 15—18 kg gacha, qora buffalo 7 kg gacha yetadi. Buffalo issiq- 
sevar bo’lganligi sababli bizni iqlim sharoitiga yaxshi moslashadi. Buf- 
faloning barcha turlari tinch baliqlar hisoblanadi, ularning segoletkalari 
ham boshqa baliqlar singari zooplankton bilan oziqlanadi. Katta og’izli 
buffaloning og’irligi kattalashgan sari zooplankton hissasi oshib boradi. 
Kichik og‘izli va qora buffalo keyinchalik zoobentos iste’mol qilishga 
o‘tadi va uning hissasi 40—80% ni tashkil qiladi.
Buffaloning barcha turlari kombikormni ham iste’mol qilaveradi. 
Ularning neresti tabiiy sharoitda suv harorati 14,5—16,7°C boMganda 
boshlanadi. Jinsiy voyaga yetilishi 4 yoshga to'g’ri keladi. Uvildiriqlari 
kichik, yopishqoq bo’lib, suv o’simliklariga yopishtirib qo’yadi yoki 
boshqacha aytganda fitofil nerestlovchi baliq hisoblanadi.
Krasnodar oikasida (Rossiya) ikki yashar katta og'izli buffalo mas- 
sasi 1000 g, qora buffalo 700 g, uch yashar kichik og'izli buffalo 1000 
g ga yetadi.
1980—1985-yillarda To‘dako‘1 suv omborida iqlimlashtirish uchun 
Nosirov V.A. tomonidan 1 min dona katta va kichik og’izli buffalo cha- 
voqlari keltirilgan, ammo e’tiborsizlik orqali chavoqlar nobud bo’lgan. 
Hozirgi vaqtda Tojikistonda ham buffaloning yuqoridagi turlari bo- 
qilmoqda. Baliqlashtirish maqsadida bu turlarni Tojikiston, Krasnodar 
o’lkasidan olib kelish mumkin.
Buffaloning barcha turlari to’la baliqlar guruhiga tegishli. Bu esa 
ularni ovlashni ancha yengillashtiradi.
Hovuz baliqchiligida yana samarali turlardan biri katta amaliy aha­
miyatga ega bo’lgan kanal laqqachasi (somik) hisoblanadi. Bu keng 
tarqalgan turdan biri boiib hisoblanadi. Bu turning go’shti mazali va 
nozik ta’mli bo’ladi. Kanal laqqachasi uzunligi 55 sm, og‘ir 2,5 kg gacha 
bo’ladi. U hammaxo'r baliq hisoblanadi. Uning asosiy ozuqa kompo- 
nenti zoobentos va zooplankton hisoblanadi. Bulardan boshqa detrit, 
o’simliklar, molluskalar va mayda baliqlarni ham iste’mol qiladi. Le- 
kin kombikormni ham yaxshi yeydi. Voyaga yetilishi 3—4 yoshga to’g’ri 
keladi. Nerest uchun suv harorati 18—22°C bo’lganda, maxsus hovuzlar-
169


ga, sadoqqa yoki basseynga o‘tkaziladi. Serpushtligi 7000—9000 ming 
uvildiriqqa teng. Bu ko'rsatkich bar bir kg og‘irlikka nisbatan olingan. 
Bulardan nasi olish uchun har bir gektar suvlikka 50x50=100 dona erkak 
va urg‘ochi zotlardan qo‘yiladi yoki 1:1 nisbatda. Hovuzlarning 60—120 
sm chuqurlikdagi joylarida bir-biridan 60—50 sin masofada in (gnezdo) 
quriladi. Uvildiriq qo'yish uchun in bir juft zotlar uchun tayyorlanadi. 
In sifatida sut bitonlari, yog‘och bochkalar, yog‘och yashiklardan foyda- 
laniladi. lnlar vaqt-vaqti bilan tekshirilib, uvildiriqlar qo'yilganligi tek- 
shiriladi. Ko'pincha uvildiriqlar maxsus sachok yordamida inkubatsiya 
uchun, boshqa sadoqlarga ko‘chiriladi yoki o‘z joyiga qo'yiladi. Lekin 
ota-onalar darhol olinadi, chunki ota-ona baliqlar o‘z naslini yeb qo'yishi 
rnumkin. Bu ishlar tabiiy nerest o'tishi bilan amalga oshiriladi.
Otalangan uvildiriqlar 6—10 kun ichida rivojlanadi. Uvildiriqlar 
postembrional rivojlanishi, sariqlik xaltasi so'rib bodgandan so‘ng 
lichinkalar boshqa o'stiruvchi hovuzlariga o'tkaziladi. Chavoqlar zich- 
ligi har bir gektariga 10 mingdan to 100 ming donagacha. Laqqacha- 
larning segoletkalari 10 g dan to 50—60 g gacha yetadi. Katta bo‘lgan 
segoletkalar ikkinchi yili yaxshi sharoit bo'lganda ogdrligi 400—800 g ga 
yetadi. Laqqachalarni boqish uchun turli xil kombikormlardan foyda- 
laniladi. AQSH da odatda donador kombikorm bilan boqiladi. Tarkibi 
28—2 % protein, 5% yog‘, 10—15 % klechatkadan iborat. Laqqachani 
tovar darajasiga yetkazish uchun, ya’ni 700—1000 g bodishi uchun 4—5 
kg donador kombikorm yetarli.

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish