Yangi baliq obyektlari
Keyingi yillarda naslchilik ishlari, introduksiya va yangi tur baliq-
larni shakllantirish ishlari ancha oqsab qolgani aniq. Bu muammoni
yechish uchun mutaxassislar quyidagi turdagi baliqlarni keltirish lo-
zimligini ta’kidlamoqdalar. Ixtiolog olim M.A.Abdullayev 1980-yil-
larda chukuchanlar oilasiga mansub (catostomidae) buffalo (jctiobus)
ni iqlimlashtirilsa bo'ladi, degan fikrda edi. Haqiqatdan ham MDH
hududida buffaloning 70 turidan bor-yo'g'i 3 turi iqlimlashtirilgan:
katta og'izli yoki buyvol, kichik og'izli buffalo, kara buffalo. Bu ucha-
la tur shimoliy Amerikadan to Meksikagacha tarqalgan. Asosan shi-
rnoliy Amerika ixtiofaunasiga tegishli. Buffalolarning uchala turi ham
issiqsevar baliq, hattoki karpga nisbatan ham issiqqa chidamli. Agarda
karpning maksimal suv harorati 26—28° C bo'lsa, buffalo 30—31° C ga
ham chidamli. Shuning uchun ham bu tur O'zbekistonning Qizilqum
hududining janubi-g'arbiy qismidagi suvliklarga to'g'ri keladi. Lekin
bu turlarning biologiyasi bu hududlarga nisbatan o'rganilmagan. Buf
30
falo sovuq suvlarda yuqori mahsulot bermaydi. U faqat issiq suvda
yaxshi mahsulot beradi. Buffalo to'da baliq hisoblanadi. Bu xususi-
yatning ahamiyati shundaki, uni ovlash ancha oson va kam mehnat
sarflanadi. Agarda buffaloni karp va chipor do‘ngpeshana bilan bir-
galikda boqilsa, u yaxshi o‘smaydi va lining mahsuldorligi ancha past
bo’ladi. Chunki bu uchala turlar ozuqa obyektiga nisbatan raqobatchi
hisoblanadi.
Katta og'izli buffalo tez o’sar bo‘lib, u yana buyvol ham deyila-
di. Buffalo tanasi tangacha bilan qoplangan, mo’ylovlari bo'lmaydi,
lablar qalin, vorsinkalar bilan qoplangan, o‘z nomiga xos og’zi katta
va yuqori. Jabra apparati planktofag (xuddi do'ngpeshana singari).
Oqar suvni xush ko’radi, sho’rligi 20—25° % gacha bo'lgan sho’r suv
da yaxshi yashay olmaydi. Krasnodar o‘lkasida ko’proq sholipoyada
o'stirilmoqda. Sholipoyadan olingan mahsuldorligi 10—15 s/ga 2 yosh-
li zotlarning o’rtacha og'irligi 800 gramm. Demak, 2 yoshida tovar-
ga aylanadi. Tabiiy suvliklarda (daryo, kanal, suv omborlari, ko‘llar)
uning individual massasi o'rtacha 15 kg bo‘ladi. Issiq iqlim sharoiti-
da buffalo 3 yoshda voyaga yetadi. Uvildiriqlar mayda, yopishqoq.
0 ‘z tuxum ini suvo‘tlarga qo’yadi, fitofil hisoblanadi. Tuxumlarini
porsiya-porsiya tashlaydi, tuxum qo‘yishning boshlanishi mart oyi-
dan to iyulgacha davom etadi. Tuxum yoki uvildiriq qo'yish vaqtida
suv harorati 16—20°C boiishi kerak. Suv harorati 17—18°C bo'lganda
uvildiriqlardan chavoq chiqishi 9—10 sutka davom etadi. Buffaloning
malki, molod davridagi zotlari asosan kolovratkalar, sodda hayvonlar
bilan oziqlanadi. Ya’ni mayda zooplankton bilan, segoletkalar kat-
taroq bo'lgan shoxdor nto’ylovlilar, kurakoyoqlilar kabi ozuqa obyekti
bilan oziqlanadi. U mizid, ostrakoda, qo’ng'izlarni ham iste’mol qila-
di. Ammo fitoplanktonni kamroq iste’mol qiladi. Shu jihatdan buffalo
ko‘pincha pelyad va chipor do'ngpeshanaga juda ham yaqin. Shu-
ning uchun ham bularni birga o'stirish yaxshi natija bermaydi. Buffalo
2 -3 yoshda ham asosan zooplankton bilan oziqlanadi. Uning ozuqasi
tarkibida xironontid, kam qilli chuvalchang (neries) ham uchraydi.
Hovuz sharoitida, kombikorm bilan aktiv oziqlanadi. Sutkalik ozuqa
ratsioni tana og‘irligining 20—22°o ni tashkil etadi. Ozuqa koeffitsi-
enti — 6. Krasnodar olkasidagi «Ключ» baliqchilik xo'jaligida bar bir
gektar suvlikda 1,2 ming dona har biri 200-500 g, bir yashar zotlar
ixtiomassa hosil qilgan bo‘lsa, ikki yasharlari esa 0,8—1,5 kg, 3 yashar
zotlar 2—2,5 kg, 4 yashar zotlar esa 3,5 kg ixtiomassa beradi. Buf
faloning ijobiy xarakterlaridan biri hovuz suvi ochilishi bilan intensiv
31
ravishda baliq tutgichga qarab vo'l oladi. Shu xususiyati bilan karp va
o'simlik.xo'r baliqlardan farq qiladi.
Buffaloni iqlimlashtirishdan oldin uni chipor do'ngpeshana bilan
solishtirish kerak. Bularning qaysi biri qulay va mahsuldor bo‘lsa o'sha
turni tanlash kerak.
Kichik og‘izli buffalo. Adabiyotlarda yozilishicha kichik buffaloning
ta’m qimmati buffaloning boshqa turlariga nisbatan ancha yuqori tura-
di. Lekin o'sishi ularga nisbatan ancha sekin. Ikki yashar zotlar og'irligi
0,5—1,1 kg, 3 yashar zotlarniki 1-2 kg, 4 yasharlarda massa 1,2-2,6 kg.
Issiq iqlim sharoitida jinsiy voyaga yetilishi 3—4 yoshlarga to'g'ri keladi.
Bu turning og'iz joylashishi pastki. Demak, bentosxo'r. Jabra appa-
rati filtrlovchi emas yoki filtrlashga moslashmagan, planktonni, detritni
filtrlay olmaydi. Jabra tichinkalari kalta va siyrak, chavoqlar malki,
molod va segoletkalar asosan zooplankton bilan oziqlanadi. Keyingi
o‘sish davrlarida asosan zoobentos bilan oziqlanadi. Bu tur bentofak
hisoblanadi. Sutkalik ratsioni tana og'irligi 40-50% ni tashkil qiladi. 1
yashar zotlarning og'irligi 60—70 g bo'lganlarining ozuqa spektorining
50-60% zoobentos tashkil qiladi, 2 yashar zotlarning 3 dan 2 qismi
zoobentosdan iborat, asosiy komponent xironomid lichinkasi. Nekto-
bentos vakillari (mizid, krivetka lichinkalari gommorid) ham iste’mol
qilinadi. Kichik og'izli buffalo hovuz baliqchilik xo'jaligi sharoitida
kombikormni xush ko'radi. Ozuqa koeffitsienti — 6—8. Kichik og'izli
buffalo 13-rasmda ko'rsatilgan.
Tabiiy suvliklar sharoitida zog'ora, lesh, vobla, turkiston mo'y-
lovdorining raqibi hisoblanadi.
13-rasm. Kichik og'izli buffalo
32
Do'stlaringiz bilan baham: |