Konfederatsiya
birlashmasiga 1781—1787-yillar
AQSHni, 1815—1845-yillar Shveysariyani, 1955—1961-
yillar BAA davlatlarini, 1980-yillar Gambiya va Sinegal
davlatlarini misol qilib keltirish mumkin.
Siyosiy rejim
deganda davlat hokimiyatini amalga
oshi rish usuli tushuniladi.
Avtoritar
va
demokratik
rejimlar davlatning mohi
yati
namoyon bo‘lishining asosiy shakllaridir.
Huquqiy davlat
Hozirgi davrda huquqiy davlat, uning ahamiyati to‘g‘ -
risida ko‘p fikrlar yuritildi. Respublika
mizda huqu
qiy
davlat barpo etilishi Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan.
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi
24
Huquqshunoslik
Huquqiy davlatga uzoq-uzoq yillardan beri ula
-
molarimiz o‘z munosabatlarini bildirib kelganlar.
Spinoza, Gobbs, Lokk, Arastu, Sitseron, Beruniy, Amir
Temur va boshqalar huquqiy davlatda xalq hoki
miyati
tashkil etilishining nazariy asoslarini yaratib, qonun
hukmronlik qiladigan davlat ko‘rinishi hokimiyat bo‘lishi
to‘g‘risidagi g‘oyalar tizimini ishlab chiqqanlar. Huquqiy
davlat nazariyasining falsafiy asosini I. Kant shunday
ta’riflaydi:
«Davlat bu — huquqiy qonunlarga
bo‘ysundirilgan juda ko‘p odamlarning birlashuvidir».
Donishmandlarimiz u yoki bu davrda huquqiy davlat
to‘g‘risida o‘z tuyg‘ularini, istaklarini, tasav
vurlarini
meros qilib qoldirar ekanlar, bugungi kunda ham ular
-
ning qarashlari o‘z o‘rniga ega.
Huquqiy davlatga hozirgi olimlarimiz quyidagi belgi-
larni mos deb biladilar:
Huquqiy davlatda hokimiyat ishlarini amalga oshirish-
da shaxs munosabati va har xil uyushmalar faoliyati
huquqiy asosda amalga oshiriladi. Huquqiy davlatning
iqtisodiy asoslarini xilma-xil mulk turlari tashkil etadi.
Uzoq yillar sobiq Ittifoq tuzumida xususiy mulkka qarshi
turilgan edi, hozirgi kunda esa xususiy mulk boshqa mulk-
lar qatorida davlat himoyasida ekanligi respublikamiz
Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. Huquqiy davlat-
ning ijtimoiy asosini o‘zini o‘zi boshqara oladigan fuqaro-
lik jamiyati tashkil etadi va bu jamiyat erkin shaxslarni bir-
lashtiradi. Ma’naviy jihatdan bu davlat —
insoniylik,
haqqoniylik, teng huquqlilik, inson erkinligi
kabi tuyg‘ular -
ning rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu davlatning siyosiy
tabiatini uning suverenligi tashkil etadi.
Huquqiy davlatda qonuniylik birinchi o‘rin egallaydi,
qonun ustunligiga amal qilinadi. Har bir shaxsning real
huquq egasi bo‘lib, uni amalga oshirishi ta’minlanadi.
Davlat fuqarolar oldida, fuqarolar dav
lat oldida o‘z
burchlarini bajarishi, hokimiyat bo‘
li nishi, qonuniylik
o‘rnatilishi, huquq tartiboti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kabi
ishlar amalga oshiriladi. Hu qu qiy davlatga xos yuqorida
25
ko‘rsatilgan xususi
yatlar ning ko‘pi res
publikamizda
amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |