22
Huquqshunoslik
Davlat shakllari
Davlatning shakllari deganda hokimiyatning tashkil
etilishi, uning ichki tuzilmasi va hokimiyatni amalga
oshi rishning asosiy usullari tushuniladi.
Davlat shakllari paydo bo‘lish va rivojlanishning aniq
bir tarixiy sharoitlariga, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasiga,
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga, geo -
grafik, iqlim va boshqa sharoitlarga, aholining ijtimoiy
tarkibiga bog‘liq ravishda hatto bir formatsiya doirasida
ham turli-tuman bo‘lishi mumkin. O‘zlariga xos bo‘lgan
belgilariga ko‘ra ular boshqaruv shakli, davlat tuzilishi
shakli va siyosiy rejim bo‘yicha guruhlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: