Eng qadimgi davrda ibtidoiy jamoani boshqarish.
Insoniyat har xil jamiyatga birlashib jamoa, uyushma
bo‘lib yashab kelgan. Bir davrlarda davlat bo‘lmagan,
odamlar to‘da-to‘da bo‘lib yashaganlar. Bu davrda hali
to‘laligicha aql, idrok rivojlanmagan, birlashish to‘g‘
-
risidagi asosiy maqsad nimaga kerak ekanligi ayon bo‘l -
masa ham, inson yakka o‘zi hayot kechira olmasligi aniq
bo‘lganligi tufayli kimlargadir qo‘shilib, kimlardandir hi-
moya kutish shart ligini bilar edi. Chunki ibtidoiy jamoa
deb nomlangan uzoq bir davrda odamlarda mehnat qurol-
lari, himoya qurollari, ki
yim-kechak, yashash uchun
biror-bir sharoit bo‘lmagan. Insonlar tashqaridan kelgan
hujumlarga qarshi chiqish, yashash uchun oziq-ovqatlarni
qidirib to
pishga birgalashib harakat qilishlari shartligini
17
tushungan holda to‘da-to‘da bo‘lib yashar edilar. Mehnat
qurollari umumiy bo‘lishi, birgalikda jamoa bo‘lib ov
qilinishi natijasida topilgan ovqatlar teng bo‘linib, jamoa
a’zolariga taqsimlangan.
Birinchi tashkil qilingan jamoalar guruh, qabila, bir-
lashmalar shaklida tuzila boshlangan edi. Urug‘ bu —
shaxsiy uyushma bo‘lib, kim qaysi hududda yashashi
aniqlanmagan. Bu jamiyat a’zolari qon-qarindoshlik
xususiyatlari asosida birlashgan edi. Ular bu hududdan u
hududga kirib yurishi mumkin edi.
Bu jamiyatda hukmdorlikni kattalar amalga oshirar
edi. Asosiy o‘rin o‘z-o‘zini boshqarish shaklida amalga
oshib, urug‘lik umumiy majlisida hamma masala hal qili-
nar edi. Umumiy majlis oqsoqolni, o‘zlari orasida hur-
matga sazovor odamlardan harbiy boshliqni saylar edi.
Ular urug‘larini boshqarishda o‘z vazifalarini bajarar edi-
lar. Diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida shaxs-
lar ham mavjud bo‘l gan. Lekin urug‘da yuqo rida ko‘rsa-
tilgan boshliqlar ning birontasi alohida boshqarish huquqi
bilan cheklanmagan bo‘lib, hamma masalalar majlisda hal
qilinar edi.
Asta-sekin urug‘lar kengayib, birlashib qabilalar
uyushmasini tashkil qila boshlagan. Qabilalarning umu-
miy ishlarini kengash boshqarar edi. Kengash oqsoqol va
harbiy boshliqlardan tashkil topgan.
Eng qadimgi davr tuzumida insonlarning o‘zaro
munosabatlari maxsus kishilar orqali tartibga solinib
turilgan. Ular urf-odat, diniy aqidalar, xulq-atvor
qoidalari, mehnat, oila, jamiyat a’zolari bilan munosa
-
batdagi tartiblardan iborat bo‘lgan.
Jamiyat oilalarga, oilalar — boylar va kambag‘allarga
bo‘linishi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi davlatni
tashkil toptirdi. Hamma jamiyat a’zolarini tartib doirasida
tutib turadigan maxsus uyushma — davlat vujudga kela
boshladi. Demak, davlat insonlar ning jami yatdagi o‘rni,
rivojlanishi natijasida vujudga kela boshladi.
Davlatning vujudga kelish nazariyasiga ilmiy yon-
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi
18
Huquqshunoslik
dashishda hozirgi davrga mos fikrlarni o‘rganish, talqin
qilish va baho berish olimlarimiz oldidagi ulkan muam-
mo bo‘lib qolmoqda.
Uzoq yillar marksizm-leninizm nazariyasidan kelib
chiqqan holda davlatni ibtidoiy jamoa yemiri
lishi bilan
bog‘lab uch asosiy shaklda: oddiy klassik; uzluksiz olib bo-
rilgan urushlar; boshqalar hududini bosib olish natijalari
deb tushuntirib kelingan.
Masalan,
materialistik
yoki
klassik nazariya
dav -
latning vujudga kelishini iqtisodiy sabablar bilan bog‘lab,
jamiyatda mehnat taqsimoti, xususiy mulk vujudga ke
-
lishi va sinflarning paydo bo‘lishi natijasi deb biladi.
Tabiiy-huquqiy nazariya
tarafdorlari insoniyatning
tabiiy holati, munosabati huquqiy shartnoma tuzishga
olib keladi va bu tabiiy hol deb tushuntirishadi.
Organik nazariyaning
tub ma’nosi insonlar biror a’zo -
sisiz yashashi mushkul bo‘lganidek, birgalashib yasha
-
masligi ham qiyin deb tushuniladi. Jamiyat va davlatni bir
butun organizm deb tushunish kerak va ular alohida-alo-
hida yashashi mumkin emas degan go‘ya ilgari suriladi.
Zo‘rlik nazariyasi
tarafdorlari fikricha, davlat zo‘rlik
va bosib olish natijasida vujudga kelgan. Zo‘rlik iqti-
sodiy-siyosiy tizimiga ega bo‘lib, bu davlatning ichki-
tashqi ishlarida o‘z o‘rnini egallaydi, degan nazariya xu-
losalarini o‘rtaga tashlaydi.
Psixologik nazariyaning
tub ma’nosida inson ongi,
ruhiyati bilan birga yashash, birlashishga ehtiyoj sezgan-
ligi, bu tabiiy intilish jamoaning birlashish qonuniyatiga
aylanganligi tushunchalari yotadi.
Ibtidoiy jamoadagi urf-odatlarga xos xususiyatlar urug‘
tomonidan shakllanar, urug‘ a’zolarining manfaatlarini
ko‘zlar edi. Bu urf-odatlarga rioya etish har bir urug‘ a’zo -
sining kundalik tartib doirasiga kirib qolganligi ularni ix-
tiyoriy bajarishligi, maxsus kuch ishla tib, nazorat qiluv chi
tashkilot yo‘qligidan dalolat beradi. Agar biror shaxs urf-
odat qoidalarini buzsa, unga nisbatan tushuntirish ishlari
olib borilar edi. Vaqti-vaqti bilan biror shaxs qoida larni
19
buzsa, urug‘doshlari tomoni dan ayrim majburlov choralari
ko‘rish mumkin bo‘lgan. U davrda huquq va burch o‘rtasi-
da aniq chi
ziq yo‘qligi tufayli huquqiy normalar burch
bo‘lib, burch esa huquq bo‘lib hisoblangan.
Bu davr davlat vujudga kelgunga qadar bo‘lgan davr
bo‘lib, jamiyat boshqarilishi, xulq-atvor qoi
dalari jami
-
yatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy rivojla
-
nishiga va shaxsning kamol topishiga bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |