72
Huquqshunoslik
bo‘lishi mumkin. Shartnoma majburiyatning kelib
chiqishini isbotlovchi yuridik fakt, desak ham bo‘ladi.
Chunki majburiyatlar shartno malardan kelib chiqadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda
erkin harakat qiladilar. Agar qonunda ko‘rsatilmagan
bo‘lsa, shartnoma tuzishga birovni —
shaxslarni maj
-
bur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, shartnomaning
asosiy shartlaridan biri taraflarning xohishi bilan belgi-
langan asosda tuzilishidir.
Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida bosh
-
qacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli qo‘lla
-
niladigan me’yor (dispozitiv me’yor)da
nazarda
tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning qo‘l
la -
nishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan
boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday
kelish uv bo‘lmaganda
shartnomaning sharti
dispozitiv
me’yor
bilan belgilanadi.
Shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi
uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov
to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma
haq evaziga
tuzilgan shartnoma
bo‘ladi.
Shartnoma tuzilgan paytidan
boshlab kuchga kiradi
va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim
shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan
shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining
366-moddasiga binoan shartnomalar uchun ma’lum bir
shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar
tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzi -
lishi mumkin.
Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan,
yetarli darajada aniq bo‘lgan
va taklifni kiritgan shaxs-
ning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs
bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda
etadigan taklif
oferta
hisoblanadi.
73
Oferta yuborilgan shaxsning
uni qabul qilganligi
haqidagi javobi
aksept
hisoblanadi.
Aksept
to‘liq
va
pisandasiz
bo‘lishi kerak.
Agar shartnomaning mazmunidan boshqacha tar
tib
anglashilmasa, u kimoshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan
tuzilishi mumkin. Shartnoma kimoshdi savdosida g‘olib
chiqqan shaxs bilan tuziladi.
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni
o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv ham,
basharti
qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muo-
malasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa,
shunday shaklda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: