O karimova huquqshunoslik


VIII b o b TABIATNI MUHOFAZA QILISH



Download 360,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/111
Sana23.06.2022
Hajmi360,45 Kb.
#695049
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111
Bog'liq
huquqshunoslik

VIII b o b
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi
Tabiatni muhofaza qilish eng muhim vazifalardan
biridir. Respublikamiz Konstitutsiyasida 
«Fuqarolar atrof
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ lishga maj -
burdirlar»
, deb tasdiqlangan. Inson tabiatdan foydalana
borib yangi sharoit hosil qiladi, geografik muhitni
o‘zgartiradi, tabiatda kechadigan tabiiy aylanish va mod-
da almashinuvi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
ta’sirning salbiy oqibatlari tabiatdagi tenglikka zarar
yetkazadi, inson va biosfera muvozanatining buzi 
lishiga
olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tabiatdan foy-
dalanishda uning muhofazasiga e’tibor berish obyektiv
zaruriyat bo‘lib qoladi.
Tabiatni muhofaza qilish
— insonning ongli va aniq
bir maqsadga qaratilgan faoliyatidir. U tabiatni muho-
faza qilishga, uning resurslaridan maqsadga muvofiq foy-
dalanishni ta’minlashga, hayot muhitini va inson faoli 
-
yatini yaxshilashga qaratilgan davlat va ijtimoiy tadbirlar
tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki shakllaridan
biri
— uni konservatsiyalash, ya’ni inson tomonidan
xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tabiiy
obyektlar, ularning komplekslaridan to‘la holda yoki bir
qismini ajratib olishdir (qo‘riqxonalar, suv omborlari).
Ikkinchi shakli
— foydalanilayotgan tabiiy obyektlarga
oqilona muno 
sabatda bo‘lish, 
uchinchisi
esa atrof-
muhitni himo 
yalash, sog‘lomlashtirish va yaxshilashdan
iborat.
Tabiatni muhofaza qilish fuqarolarning muhim vazi-
fasidir. Bu vazifa faqat hozirgi avlod manfaatlaridan ke-
lib chiqib emas, balki kelgusi avlod uchun ham zarurdir.
VIII b o b. Tabiatni muhofaza qilish


142
Huquqshunoslik
Inson faqat o‘zi haqida qayg‘urmay, balki o‘zidan keyin
yashaydiganlar to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak. Qadimgi
sharq hikmatlarida shunday deyilgan: 
«Agar har bir inson
biror bolani tarbiya qilmagan, biror uy qurmagan, biror
daraxt ekib o‘stirmagan bo‘lsa, uning umri zoye ketgan
hisoblanadi».
Tabiatni muhofaza qilish tadbirla rini amal-
ga oshirishda asosiy e’tibor tabiatni muhofaza qi lish, yer,
suv resurslari, yerosti boyliklari, hayvonot va o‘simliklar
dunyosidan maqsadga muvofiq foydala 
nish sama-
radorligini oshirishga, tabiiy muhit va ifloslik tarqa tuv chi
manbalar ustidan davlat nazoratini ku 
chayti rishga, bu
ishlarda jamoat tashkilotlari va aholi 
ning ishtirok etish
shakllari va usullarini kengaytirishga qaratilishi zarur.
Shuning uchun 2009-yil O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 16-yalpi majlisida senatorlar tomonidan
parlament faoliyatini tashkil etishda siyosiy partiyalar-
ning, mamlakatni demokratik yangilashda vakillik hoki-
miyati organlarining roli va ta’sirini yanada oshirishga
qaratilgan takliflar tushdi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni
yaxshi lash, aholi sog‘lig‘ini muhofaza etish masalalari
muhimligini e’tiborga olib, «O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga Saylov to‘g‘risida»gi Qonunning yangi ta-
hririning birinchi moddasida O‘zbekiston Ekologik hara-
katiga 15 ta deputatlik o‘rin berish nazarda tutildi va
2009-yil 27-dekabrdagi saylovda O‘zbekiston Ekologik
harakatidan Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati
mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomo-
nidan Markaziy saylov komissiyasi belgilagan muddat-
larga saylandi.

Download 360,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish