Intellektual mulk va uning
huquqiy asoslari
«Intellekt»
lotincha so‘zdan olingan bo‘lib,
«aql»
de-
gan ma’noni bildiradi. Intellektual mulk asosida aqliy
mehnat natijasidagi huquqiy munosabatlar yotadi.
Intellektual mulk obyektlari moddiy ko‘rinishda emas,
balki g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‘ladi.
Intellektual mulk obyektlariga O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 1031-moddasiga binoan quyi
da -
gilar kiradi:
1. Intellektual faoliyat natijalari. Bunga fan, ada biyot
va san’at asarlari, u yoki bu eshittirish tash
kilotchilari -
ning ijrolari, fonogrammalari, eshittirishlari, ixtirolar va
boshqalar kiradi.
2. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar,
ishlar va xizmatlari xususiy alomatlarini aks ettiruv
chi
vositalar; ularga firma nomlari, tovar belgilari (xizmat
ko‘rsatish belgilari), tovar chiqarilgan joy nomi kiradi.
3. Fuqarolik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda
nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa
natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirok chilarining,
tovarlar va xizmatlarning xususiy alomat
larini aks etti
-
ruvchi vositalar kiradi.
IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari
74
Huquqshunoslik
Intellektual mulk obyektlari davlat qonunlari bilan
huquqiy muhofaza qilinadi. Huquqiy muhofazani vako-
latli davlat organlari — O‘zbekiston Respublikasi fan va
texnika davlat qo‘mitasi, patent idorasi va boshqa te-
gishli organlar amalga oshiradi.
Intellektual faoliyat natijalarining
mualliflari
ana shu
natijalarga nisbatan
shaxsiy nomulkiy
va
mulkiy huquq
-
larga
ega bo‘ladilar.
Shaxsiy nomulkiy huquq muallifning asari, ijod etgan
narsasi daxlsizligini va shu muallifgagina tegishli ekanli -
gini bildiradi. Muallif, intellektual mulk egasi, shu bilan
bir qatorda, mulkiy huquqlarga ham ega. Muallif o‘zi
yaratgan intellektual faoliyati natijasidan o‘zi foydala
-
nishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki
haq evaziga foydalanish uchun ruxsat berish yoxud haq
evaziga bu natijaga nisbatan huquqlarini boshqa
larga
o‘tkazish imkoni
yatlariga ega (O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining ikkinchi qismiga sharhlar. T.,
«Adolat», 1998. 31-bet).
Litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoli
yat
natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga
nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan taraf (litsenziar)
boshqa tarafga (litsenziyatga) tegishli intellektual mulk
obyektidan foydalanishga ruxsatnoma beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining
1041-moddasiga binoan mualliflik huquqi ijodiy faoli
-
yat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga
nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shu-
ning dek, ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq eti
-
ladi.
Muallif (hammualliflar)ning o‘zi yaratgan asarga
bo‘lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu
asarga bo‘lgan mualliflik huquqi e’tirof qilinishini istisno
etadi.
Muallif asardan o‘z ismi, taxallusini ko‘rsatgan holda
yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydala
nishga
ruxsat berish borasidagi alohida huquqqa egadir.
75
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida
va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning
birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qi-
ladi.
Asarga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish mud-
dati tugaganidan keyin asar
Do'stlaringiz bilan baham: |