O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Baho  valutasi  va  t o ‘lov  valutasi



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Baho  valutasi  va  t o ‘lov  valutasi. 
Baho  valutasi  va  t o ‘lov  valutasi 
tanloviga  (baho  darajasi,  kredit  bo'yicha  foiz  stavkasi  katta-kichik- 
lig id an   farqli  o ‘la r o q )   m a ’lum   b ir   d a r a j a d a   b itim n in g   v a lu ta  
samaradorligi  bog‘liqdir.
Eksport va import shartnom a baholari turlichadir hamda ular ushbu 
shartnomalarga  kiritiladigan,  tovarlarni  eksportyordan  importyorga 
yetkazib  berilishi  bilan  b o g ‘liq  (ek sportyo r  m am lakat  o m b o rid a  
saqlanishi,  portgacha  b o ‘lgan  y o ‘l  va  portdagi  saqlanish,  chet  eldagi 
y o ‘1,  xorijdagi  o m b o r   h a m d a   im p o rty o rg a   tov arlarn i  y e tk azish 
xarajatlari)  q o 'sh im c h a   xarajatlarga  bog'liqdir.  Tovarlar  baholarini 
aniqlashning  quyidagi  besh  asosiy  tamoyili  mavjud:
1.  Shartnomani tuzayotgan paytda baholar qat’iy belgilanadi  hamda 
ushbu  shartnom a  ijrosi  mobaynida  belgilangan  baholar  o ‘zgarmaydi. 
Ushbu uslubjahon  bozorida baholarning pasayishi tendensiyasi  mavjud 
bo'lgan  paytda  q o ‘llaniladi.
2.  Shartnomaga q o ‘l  q o ‘yilayotgan paytda bahoni  (tovar yetkazilish 
kuniga  b o ‘lgan  u  yoki  bu  tovar  bozorining  kotirovkalari  asosida) 
belgilash  tamoyili  qayd  etiladi,  bahoning  o'zi  esa  bitimning  ijrosi 
m obaynida  belgilanadi.  U sh b u   uslub  o d a td a ,  bozor  baholarining 
ko ‘tarilishi  tendensiyasida  q o ‘llaniladi.
3.  Shartnom a  tuzilayotgan  paytda  baho  q a t’iy  belgilanadi,  am m o  
bozor bahosi shartnomadagi  bahoga nisbatan,  aytaylik,  5%dan ortiqroq 
hajmga  o'zgarsa,  u  o ‘zgarishi  mumkin.
4.  Xarajatlarni  tashkil  etuvchi  elem entlar  hajrnini  o'zgarishiga 
bog‘liq  b o ‘lgan  sirpanuvchan  baho.  Masalan, jihoz  (asbob-uskuna)lar


yetk a z ib   b e rilis h ig a   b u y u r tm a   b e rilg a n d a ,  y u q o r i  k o n y u n k t u r a  
sharoitlarida  buyurtm achi  manfaatlarida  cheklovlar  kiritiladi  (baho 
o ‘zgarishining um u m iy chegarasi yoki baho «sirpanishi»ni xarajatlarning 
bir  qismiga  va  qisqa  muddatga  tarqalishini).
5. 
Aralash  shakli:  bahoning  bir  qismi  qat’iy  belgilanadi,  bir  qismi 
esa  sirpanuvchan  shaklda  o ‘rnatiladi.
Baho  valutasi  bu,  tovarga b o ‘lgan  baho  ifodalanadigan  valyutadir. 
Tovarning  bahosi  q a t’iy  belgilanadigan  valutani  tanlashda  tovarning 
turi  va  yuqorida  aytib  o ‘tilgan  xalqaro  hisob-kitoblarga  t a ’sir  etuvchi 
omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlarning shartlari  ham da Xalqaro 
udum lar  katta  aham iyat  kasb  etadi.  B a’zida  sh a rtno m anin g  bahosi, 
valuta xavf-xatarlarini sug'urtalash  maqsadida bir nechta  (ikki va undan 
ko ‘p)  valutada  yoki  standart  (S D R ,  EK Y u-  1999-yilda  «Yevro»ga 
o ‘zgartirilgan)  valuta  savatida  ko'rsatiladi.
T o ‘lov  valutasi  bu,  im portyor  (yoki  qarz  oluvchi)  majburiyatlari 
so‘ndirilishi  kerak  b o i g a n   valyutadir.  Valuta  kursining  barqarorsizligi 
sharoitida  b a h o la r  nisbatan  b a rq a ro r  bo 'lg an   valu tada,  t o ‘lov  esa 
odatda,  im p ortyo r  m am lakat  valutasida  belgilanadi.  A garda  b a h o  
valutasi va to'lov valutasi  o ‘zaro  muvofiq  kelmasa,  u n d a   sh a rtn o m a d a  
bir valutani  ikkinchi  valutaga qayta  hisoblanish  kursi  o ‘zaro  kelishiladi 
(yoki  XVF  S D R   negizida  qayd  etiladigan  pariteti,  yoki  valutalarning 
bozor  kursi  b o ‘y ich a ).  S h a r tn o m a d a   qayta  h iso b la n ish   s h a rtla ri 
belgilanadi:
1)  m a ’lum  bir turdagi  to'lov vositasining  kursi  —  trattasiz  to'lovlar 
vuzasidan  telegraf  pul  o ‘tkazmasi  yoki  kredit  bilan  b o g ‘liq  hisob- 
kitoblar  bo'yicha  vekselni;
2) m a ’lum bir valuta bozorida  (sotuvchi,  sotib oluvchi  yoki  uchinchi 
tarafning)  tu z a tis h   va  m uvofiqlashtirishlar  vaqti  a n iq la b   o lin a d i 
(masalan,  to ‘lov  amalga  oshirilishidan  bir kun  a w a l  yoki  to 'lo v  kuni);
3) qayta hisoblash  amalga oshiriladigan  kurs kelishib olinadi:  odatda, 
o ‘rtacha  kurs,  b a ’zida  valuta  bozorini  ochilishiga,  yopilishiga  b o ‘lgan 
sotuvchi  yoki  sotib  oluvchi  kurslari,  yoki  kunning  o 'rta c h a   kursi.
To'lov  shartlari  tashqi  iqtisodiy  bitimlarning  m u h im   elem entidir. 
Ularning  ichida  quyidagilar farqlanadi:  naqdli  t o ‘lovlar,  kredit  taq dim  
etilishi  bilan  hisob-kitoblar,  naqdli  t o ‘lov  bo'y icha  opsionli  kredit 
(tanlov  huquqi  bilan).
Xalqaro  h iso b -k itoblardagi  n aqdli  to 'lo v   tu sh u n c h a s i  d e g a n d a  
eksport  tovarlari  sotib  oluvchiga  yetkazib  berilganidan  s o ‘ng  ularga 
pul  toManishi  yoki  tovarlar  shartnom a  shartlariga  m uvofiq  yetkazib


berilganligi  t o ‘g ‘risida  guvohlik  beruvchi  hujjatlarga  qarshi  bo'lgan 
t o ‘lov  k o ‘zda  tutiladi.  Biroq  zamonaviy  sharoitlarda  tovar  importyor 
mam lakatiga  ko'p  holatlarda  to ‘lov  amalga  oshirilishi  lozim  b o ‘lgan 
hujjatlardan  aw a l  yetib  keladi  va  sotib  oluvchi  tovarlarni  ularga  haq 
to ia n is h id a n   a w a l  saqlash  (trast)  tilxati,  bank  kafolati  evaziga  olishi 
m um kin.  Shunday  qilib,  tovarlar  so‘nggi  manzil  portiga  yetkazib 
berilganidan  so'ng  to ‘lov  amalga  oshiriladi,  tovarlar  jo'natilganligi 
to'g'risidagi  ogohnomaga qarshi  amalga oshiriladigan t o ‘lovlar bundan 
m ustasno.  K o ntragentlar  kelishuviga  h a m d a   sotilayotgan  tovarlar 
xususiyatlariga  bog‘liq  bo'lgan  holda  importyor  m a ’lum  bir bosqichda 
to'lovni  amalga  oshiradi:  jo'natilish  portida  tovarlarni  yuklash  ishlari 
tugaganligi  tasdig‘ini  olgandan  so‘ng;  tovar  hujjatlarining  komplekti 
(schyot-faktura,  konosam ent,  sug'urta  polisi  va  boshqalar)ga  qarshi; 
b a ’zida  to'lovni  5—7  kunga,  neft  yetkazib  berish  b o ‘yicha  esa  30 
kunga  kechiktirish  bilan;  so'nggi  manzil  bo'lg an  portda  importyor 
to m o n id an   tovarni  qabul  qilib  olinib  bo'lgandan  so'ng.  Tovarning 
turiga bog‘liq bo'lgan holda b a ’zi  holatlarda hisob-kitoblarning aralash 
s h a r t la r id a n   fo y d a la n ila d i:  q ism a n   h i s o b - k i t o b - t o v a r   h u jjatlari 
topshirilganidan  so'ng  amalga  oshadigan  to'lov;  yakuniy  hisob-kitob- 
tovarlar  qabul  qilib  olinganidan  so'ng  (tovarlar  so'nggi  manzil  portiga 
yetib  kelganidan  so'ng  sotib  oluvchi  tom o n id an   qabul  qilib  olinadi 
va  ularning  sifat  xarakteristikalari  tekshiriladi,  chunki  transportirovka 
davrida  ularning  sifati  buzilgan  bo'lishi  m umkin).
Xalqaro  to'lovlar  valutalar  o'zaro  almashuvi  ham da  tashqi  savdo 
ishtirokchilari  to m onidan  bir-biriga  kreditlar  taqdim   etish jarayonlari 
bilan  cham barchas  bog'lanib  ketadi.  Xalqaro  valuta-kredit  va  hisob- 
kitob operatsiyalarining o'z a ro  bog'liqligi ushbuda o'z  ifodasini topadi. 
Sotilayotgan tovarning turiga  (masalan,  mashinalar vajihozlar)  ham da 
sotuvchilar bozorida raqobatning kuchayishi va yangi mahsulot iste’mol 
bozorlarini  kengaytirish  maqsadida  ularning  kreditdan  foydalanishga 
qaratilgan  intilishlariga qarab tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha liisob- 
kitoblar tijorat  kreditidan  foydalangan holda amalga oshiriladi.  Tijorat 
krediti  tovar  sotuvchisi  to m o n id an   sotib  oluvchiga  bir  necha  oydan 
5—8  yilgacha,  alohida  holatlarda  esa  bundan  ham   katta  muddatlarga 
taq d im   etiladi.  Tashqi  savdo  operatsiyalarida  im portyor tijorat  krediti 
evaziga  uni  so 'n d irishg a  qaratilgan,  oddiy  veksel  shaklidagi  qarz 
m a jb u riy a tin i  yozib  b e ra d i  yoki  e ksportyor  t o m o n i d a n   berilgan 
o'tkaziladigan  veksellar-trattalarda  to'lovni  amalga  oshirishga  yozma 
tarzdagi  rozilik  (aksept)  beradi.


Tovar  qiymatining  m a ’lum  bir  qismiga  tijorat  hujjatlari  taqdim  
e tilg a n id a n   s o ‘ng,  q olgan  qism iga  esa  s h a r t n o m a d a   belgilangan 
davrdan so‘ng haq t o ‘langanda tijorat  krediti shaklidagi tovarlar uchun 
hiso b-k itoblar  naqdli  to 'lo v la r  bilan  birgalikda  am alga  oshirilishi 
m um kin.  Tashqi  savdo  shartnomai  ijrosining  m a ’lum  bir  bosqichida 
s h a rtn o m a d a g i  taraflar,  tijo ra t  k re d itid a n   t a s h q a r i,  b ir-b irla rin i 
majburan  kreditlashlari  mumkin.  Masalan,  bo‘nak shaklidagi to'lovlarda 
im portyor  eksportyorni,  ochiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  hisob-kitoblarda 
esa  sotuvchi  sotib  oluvchini  kreditlaydi.
H iso b-k ito b lar  shartlarining  m uqobil  shakli  n aqd li  t o ‘lovning 
opsionli kreditidir. Agarda importyor sotib olingan tovar uchun t o ‘lovni 
kechiktirish  huquqidan  foydalansa,  unda  u  naqdli  t o ‘lovda  taqdim  
etiladigan  diskont  (skidka)dan  m ahrum   bo ‘ladi.  Hisob-kitoblar xalqaro 
m u o m alada  ishlatiladigan  turli  xil  t o ‘lov  vositalari,  y a ’ni  veksellar, 
t o ‘lov  topshiriqnom alari,  bank  o 'tk az m ala ri  ( p o c h ta   va  telegraf), 
cheklar,  plastik  kartochkalari  yordam ida  am alga  oshiriladi.  Xorijiy 
instrum entlar (Foreignitems,  ingl.)  — boshqa m am la k a td a  deponentga 
olingan  ham da  ushbu  m am lakatda  toManishi  lozim  b o ‘lgan  cheklar, 
veksellar  (oddiy  va  o ‘tkaziladigan)  va  m u o m a la n in g   boshqa  kredit 
vositalari.  Shartnom a  t o ‘lov  shartlarining  eng  m u rak kab  qismi  b o ‘lib 
hisob-kitob turini tanlash  ham da ushbu hisob-kitoblami amalga oshirish 
ikir-chikirlarini  shakllantirib  izohlash  hisoblanadi.  Kontragentlarning 
b ir-b iriga  q a ra m a-q a rsh i  boMgan  m an fa a tla rin i  x alqaro  iqtisodiy 
m unosabatlarda  o ‘zaro  bog'lash  va  ularning  to 'lo v   m unosabatlarini 
tashkil  etish  hisob-kitoblarning  turli  shakllaridan  foydalanish  orqali 
amalga  oshiriladi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish