O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

16 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
241


tadbirlarni  moliyalashtirish  asosan  davlat  budjeti  tom o nid an  amalga 
oshiriladi.
Soliq  siyosati  —  bu  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy  va- 
zifalarini  bajarishi  uchun  zarur  moliya  mablag‘larini  yig‘ish  uchun 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat aholisidan soliqlar,  t o ‘lovlar 
hamda  majburiy ajratmalarni belgilash, ulami undirish  yuzasidan qonun 
asosida  belgilangan  tizimdir.
Baho  siyosati  —  bu  mahsulotlar,  xizmatlar va  to'lovga  qobiliyatli 
talab  o ‘rtasidagi  mutanosiblikga  erishish  hamda  uni  tartibga  solib 
turish  bilan  bog‘liq  siyosatdir.
Kredit-m oliya  siyosati  —  bu  Markaziy  bank  t o m o n id a n   qayta 
moliyalashtirish  stavkasi,  majburiy zaxiralar m e ’yori va ochiq  bozordagi 
operatsiyalar  orqali  mamlakat  bank-kredit  tizimini  boshqarish  hamda 
tartibga  solib  turishdan  iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati  —  bu yalpi  ichki  mahsulotning o ‘sishini 
t a ’minlovchi  mamlakat  sanoat-texnologik  qudratini  rivojlantirishga 
qaratilgan  siyosatdan  iborat.
Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  siyosati  —  bu  davlat  to m o n id an   xorijiy 
m am lakatlar  b o ‘lib  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  b o j-ta ’rif  dastaklari 
yordam ida  tartibga  solib  turishdan  iboratdir.
Emissiya siyosati —  bu  Markaziy bank tomonidan  milliy iqtisodiyot- 
ning  holatiga  asosan  m u o m a la g a   qo g ‘oz  pul  chiqarish,  ularning 
aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan 
chiqarib  turishdan  iborat  siyosatdir.
D unyoning  har  bir  m am lakatidan  hukumat  tom onidan  antiinf- 
latsion  siyosati  mavjud  inflatsiyani  tartibga  solishga  h am da  uni  o ‘sish 
sur’atlarini  pasaytirishga  qaratilgan  b o ‘lishi  lozim.  Bunday  siyosatni 
olib  borishda  asosan  ikki  shakllardan  foydalaniladi:
1)  Pul  islohotlarini  amalga  oshirish;
2)  Inflatsion  jarayonlarni  davlat  tom onidan  tartibga  solib  turish;
Pul  islohotlari  —  bu  mamlakatdagi  pul  muomalasini  tartibga solish
va kuchaytirish  maqsadida davlat tom onidan  mavjud pul tizimini to'liq 
yoki  qisman  o ‘zgartirishlarini  amalga  oshirishdir.  M am lakatning  iqti­
sodiy  rivojlangan  holati,  pullarning  t a ’minlanganligi  darajasiga  asosan 
pul  islohotlarining  revalvatsiya,  devalvatsiya va denominatsiya usullari- 
dan  foydalaniladi.
Iqtisodiyoti  rivojlangan davlatlardan  Germaniya Federativ  Respub- 
likasi,  Isroil  va  boshqalarda  revalvatsiya  usulidan  foydalanildi.  Reval­
vatsiya  o ‘z  m ohiyatiga  asosan  milliy  pul  birligini  xorijiy  valutaga


nisbatan  kursirii  ko'tarib  qo'yishdan  iborat.  Pul  islohotining  ikkinchi 
usuli  bo'lib  devalvatsiya  hisoblanadi.  Devalvatsiya  o 'z   m ohiyatiga 
asosan  milliy pul birligini  xorijiy valutaga nisbatan  tushirib  qo'yishdan 
iborat.
Devalvatsiya  usulidan  asosan  iqtisodiyoti  bo zo r  munosabatlariga 
o'tayotgan  mamlakatlarda keng foydalaniladi.  Pul  islohotining uchinchi 
usuli bo‘lib denominatsiya hisoblanadi.  D enom inatsiya o 'z   mohiyatiga 
asosan  milliy  pul  birligidagi  ortiqcha  nollarni  olib  tashlab  m uom alaga 
yangi  pullarni  chiqarishdan  iborat.
Denominatsiya  usulida  Rossiya  (3  d o n a   nolni  olib  tashladi)  va 
Tursiya  (liradan  6  dona  nolni  olib  tashladi)  hukumatlari  foydalanishdi.
Inflatsion  jarayonlarni  davlat  to m o n id an   tartibga  solib  turish  o 'z 
m o h iy a tig a   aso san   m a m la k a t d a   m a h s u l o tl a r ,  b a ja r ilg a n   ishlar, 
ko'rsatiladigan  xizmatlarga  b o 'lg an   n arx -n a v o la rn i  o 's ib   borishini 
cheklash va pul  tizimini barqarorlashtirish  maqsadida davlat tom o nid an 
aniq  c h o ra -ta d b irla rn i  am alga  o sh irish d a n   iborat.  U s h b u   c h o ra -  
tadbirlar  ikki  yo'nalishda  olib  boriladi:
1.  Deinflatsion  siyosat.  U shbu  siyosat  m am la ka tda   pulga  bo'lgan 
talabni  pul-kredit  va  moliya  mexanizmlari  yo rdam ida  tartibga  solib 
turiladi.  Deinflatsion  siyosat  davlat  xarajatlarini  qisqartirish,  kreditlar 
uchun  foiz  stavkalarini  oshirish,  soliq  yukini  kuchaytirish  (soliqlar 
soni  va  ularni  foiz  stavkalarini  ko'tarish)  va  pul  massasini  cheklashni 
o 'z  ichiga oladi.  Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  deinflatsion  siyosat  m am la- 
katdagi  iqtisodiy  o'sishni  sekinlashuviga  sabab  bo'Iadi;
2.  D a r o m a d la r   siyosati.  U s h b u   siyosat  olib  b o r is h d a   davlat 
tom onidan  mahsulotlar,  ko'rsatilgan  xizm atlar,  bajarilgan  ishlarga 
bo'lgan  narx-navo va  ish  haqi  ustidan  birdaniga  nazorat  etiladi  ham da 
u la r n in g   o 's is h in i  m a ’lum  c h e g a ra s i  o ' r n a t i l a d i   yoki  b u t u n l a y  
«muzlatib»  qo'yiladi.  Darom adlar  siyosati  o 'z   mohiyatiga  k o 'ra   q a t ’iy 
siyosat  hisoblanadi  va  u  aholi  o'rtasid a  norozilikni  kelib  chiqarishi 
mumkin.
Lekin  inflatsiya bilan  kurashishda ayrim  mam lakatlarda d aro m adlar 
siyosatidan  foydalaniladi.
Xalqaro  amaliyotda  rivojlanayotgan  m am la k a tla rd a   inflatsiyaga 
qarshi  kurash  olib  borish  tajribasida  biz  t a ’kidlab  o 'tg a n   ikki  y o 'n a -  
lishdan  oqilona  birgalikda  foydalanilgan.
Iqtisodiyoti  b o z o r  m un o sa b a tla riga   o 't a y o t g a n   m a m la k a tla r d a  
inflatsiyaga  qarshi  kurashish  va  milliy  pul  tizim ini  m ustahkam lash 
uchun  asosan  quyidagi  ch o ra-tadbirlar  amalga  oshirilm oqda:


—  milliy  iqtisodiyotni  sog'lomlashtirish,  investitsiya  faoliyatining 
tushib  ketishini  b a rta ra f  etish  va  iqtisodiy  rivojlanishning  o qilona 
darajasini  t a ’minlash;
—  raqobatbardosh,  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etish va uni  rivojlantirish  maqsadida davlat strategiyasini  ishlab chiqish 
h am da  uni  amalga  oshirish;
—  xalq  iste’mol  tovarlarini  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarda  ishlab 
chiqarish  fondlarining tarkibini  o'zgartirish va unda zamonaviy texnika 
ham d a  texnologiyalarni  joriy  etish;
—  tijorat  banklarining  investitsiya  va  kredit  faoliyatini  rag‘b a t- 
lantirish;
—  soliq  tizimini  takomillashtirish  va  ushbu  yo'nalishda  asosiy 
e ’tiborni  soliqlarning  rag‘batlantiruvchi  funksiyasiga  qaratish;
— davlat tom on idan   kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni  q o l la b -  
q u w a tla s h ;
—  mamlakat  ichida  mahsulotlar, valuta, kredit yer,  ko'chmas  mulk, 
m ehnat  va  qimm atli  qog'ozlarining  yagona  bozorini  shakllantirish 
ham da  uni  rivojlantirish;
—  pul-kredit  siyosatini  iqtisodiyotning  rivojlanishi  holatiga asosan 
o'zgartirib  turish;
—  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  va  mahsulotlar  ishlar, 
xizmatlarni  eksport  qilishni  rag'batlantirish;
—  erkin  bozor  baholarini  saqlagan  holda  daromadlar,  xarajatlar 
va  narx-navoni  davlat  to m onidan  tartibga  solish  va  uni  nazorat  qilish;
—  davlat  budjet  taqchilligini  noinflatsion  yo’llar bilan  qisqartirish;
—  davlatning  strategik  oltin-valuta  zaxiralarini  chuqur  tahli 1  etish 
va  ulardan  oqilona  foydalanish.
Yuqorida  t a ’kidlab  o'tilgan  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish  va 
ularni  amalga  oshirish  m a ’lum  muddat  talab  etadi.  Oqilona  ishlab 
chiqilgan  antiinflatsion  siyosatni  amalga  oshirish  pirovard  natijada 
milliy pul birligini  mustahkamlanishiga va pul  tizimini barqarorlashuviga 
olib  keladi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish