O.Genri qalamiga mansub “Kichik hikoyalar” (“Little
stories”) asarini tarjima qilishdagi leksikologik muammolar
Shahriniso Axrorovna G’oyibnazarova
shahrinisogoyibnazarova@gmail.com
Termiz davlat universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqola O.Henry qalamiga mansub “Kichik hikoyalar”
(Little stories)
asarining ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjimasidagi leksikologik va
ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o’quvchi uni anglashi uchun ta’sir
qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Maqolada tarjimon asarni
o’zbek tiliga o’girishdan oldin morfologik, leksikalogik va sintaktik tahlil qilishi
uchun qoliplar taklif qilingan.
Kalit so’zlar:
transliteratsiya, ingliz-o’zbek tarjima,
leksikologiya, sintaktik
tahlil.
This article is about the lexicological problems of translating
the work “Little stories” by O.Henry
Shahriniso Akhrorovna Goyibnazarova
shahrinisogoyibnazarova@gmail.com
Termez State University
Abstract:
This article analyzes the lexicological and linguistic significance of
the translation of O.Henry’s Little Stories
from English into Uzbek, taking into
account the factors influencing the reader's understanding of it. The article offers
templates for morphological, lexical and syntactic analysis of the translator before
translating the work into Uzbek.
Keywords:
transliteration,
English-Uzbek translation, lexicology, syntactic
analysis.
KIRISH
Uilyam Sidney Porter (1862-yil 11-sentabr - 1910-yil 5-iyun), O.Genri taxallusi
bilan mashhur, amerikalik qisqa hikoyalar yozgan yozuvchi. Porter Shimoliy
Karolina shtatining Grinsboro shahrida tug’ilgan. 1882-yilda u Texasga ko’chib o’tdi
va u yerda Asol Estes bilan uchrashdi. 1902-yilda xotini vafotidan keyin Porter Nyu-
Yorkka ko’chib o’tdi va u yerda tez orada yana uylandi. Porterning eng qizg’in
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2058
yozish davri Nyu-Yorkda bo’lganida sodir bo’ldi. U shu yerda 381ta qisqa hikoya
yozgan.[2]
Porterning “Sehrgarlarning sovg’asi”, “Hargravesning ikki tomonlamaligi”,
“Qizil boshliqning to’lovi” asarlari bor. Uning hikoyalari hayratlanarli yakunlari va
aqlli hikoyasi bilan mashhur. Porter she’r va badiiy adabiyot ham yozgan.[3]
Asar bu-olim, yozuvchi,rassom, bastakor, va boshqalar ijodining mahsuli. Unda
ijodkorning maqsad va fikri muayyan tarzda gavdalanadi.[4]
Leksikologiya (leksika va ...logiya) - tilshunoslikning til lug’at tarkibi, yaʼni
muayyan bir tilning leksikasini o’rganuvchi bo’limidir. Leksikologiya har bir so’zni
yolg’iz holda emas, balki boshqa so’zlar bilan bog’liq holda o’rganadi. Leksikologiya
tilshunoslikning
leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika,
etimologiya, stilistika hamda so’z yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan
chambarchas bog’liq. Leksikologiyaning asosiy muammolaridan biri so’zning
mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. Leksikologiyada so’zlarning
maʼno jihatdan o’zaro bog’langan, yaʼni monosemiya,
polisemiya, sinonimiya,
antonimiya, so’z maʼnolarining erkin yoki bog’liq holda bo’lishi kabi masalalari ham
o’rganiladi.
Ingliz tili (inglizcha: English) - hind-yevropa oilasining german guruhiga
kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik,
Hindiston,
Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz
tili dunyodagi eng ko’p ishlatiladigan tillar ichida 3-o’rinda turadi (Ispan hamda
Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.[5]
O’zbek tili (o’zbekcha) - Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi
tildir. Ushbu til O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili
hisoblanadi. Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil
21-dekabrda takomillashtirildi.[6]
IZLANISH METODOLOGIYASI
VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Mazkur maqola bo’yicha tadqiqot davomida qiyosiy adabiyotlar, lingvistik
atamalarning qarama-qarshi va tavsifli tarjimasi va izohli tahlili hamda badiiy
tarjimaning stilistik tahlili o’rganib chiqildi. I.G’ofurov, O.Mo’minov, N.Qambarov
“Tarjima nazariyasi”, Ergash Ochilovning “Badiiy tarjima masalalari”, G’aybulla
Salomov “Tarjima tashvishlari”, Zohidjon Sodiqov, J.K.Solijonov “Final
qualification work” , Dilrabo Abdurahmonova “Tarjimashunoslik terminlarining ko’p
tilli lug’at-ma’lumotnomasi”, Shuxrat Sirojiddinov, Gulnoza Odilova “Badiiy tarjima
asoslari” kabi o’quv qo’llanma va monografiyalardan foydalanildi.
Maqolada
leksikologik va morfologik muammolar yoritib berilgan.
NATIJALAR
“Megining sovg’asi” bu pul yetishmayotgan, ammo bir-birlariga Rojdestvo
sovg’alarini sotib olishni juda xohlagan yosh er-xotin Jim va Della haqida. Jim uchun
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2059
Della tilla zanjir sotib olish uchun eng qimmatbaho narsasini, chiroyli sochlarini sotib
yubordi. Jim o’zining eng qimmatbaho narsasini, soatini, Dellaning sochlari uchun
marvaridli taroq sotib olish uchun sotib yuboradi. Ushbu
hikoyaning muhim sharti
qayta ishlanganligi, o’xshatilganligi va qayta takrorlanmaganligidir.
“Qizil boshliqning to’lovi” unda ikki kishi o’n yoshli bolani o’g’irlashadi. Bola
o’ta qo’pol va tarbiyasiz bo’lib chiqadi, umidsiz erkaklar oxir-oqibat uni qaytarib
olish uchun bolaning otasiga 250 dollar to’laydilar.
“Politsiya va madhiya” Nyu-York shahridagi Soapi ismli shaxs haqida, u
sovuqda qolmaslik uchun shahar qamoqxonasida mehmon bo’lish uchun xibsga
olinishni maqsad qilgan. Mayda o’g’irlik, buzg’unchilik va tartibsizlik harakatlariga
qaramay Soapi politsiya e’tiborini jalb qilolmaydi, xafa bo’lib, cherkov oldida to’xtab
qoladi, u yerda organ madhiyasi uning hayotini toʼgʼirlashga ilhomlantiradi. U baʼzi
noroziliklar uchun uch oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
MUHOKAMA
Asarni tarjima qilishda bir necha marta transliteratsiya usulidan foydalanilgan.
Bular: “Henry-Genri”, “Young-Yang, New York-Nyu York”, “Sydney-Sidney”,
“William -Vilyam”, “Magi-Megi”, “Sofrony-Safroni”, “Andy Tucker-Endi Taker”,
“Jeff-Jef”, “Pittsburgh-Pittsburg”, “Scudder-Skadder” deb atoqli nomlar (ismlar) va
joy nomlari bir nechta harflarning tushishi yoki qo’shilishi orqali tarjima qilingan.
Orfografik transliteratsiyasiya sodir bo’lgan ya’ni ingliz ismlarini tovushlarini xuddi
o’zidagidek qilib olingan.Shu jumla tahlil qilinadigan bo’lsa: “