“TASDIQLAYMAN”
Yoshlar ishlari agentligi
Bandixon tumani bo‘limi boshlig‘i
______________ O.E.Eshpo‘latov
“_____” ____________ 2022-yil
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
Bandixon tumani bo‘limining II-chorak yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI № ___
Raislik qiluvchi:
|
O.Eshpo‘latov–Yoshlar ishlari agentligi Bandixon tumani bo‘limi boshlig‘i
|
|
|
Ishtirok etganlar:
|
Yoshlar ishlari agentligi Bandixon tumani bo‘limi apparat xodimlari hamda MFY yetakchilari
|
KUN TARTIBI:
II-chorak yakuni bo’yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida qilinadigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida.
(O.Eshpo‘latov, N.Qulmanov, M.Toshpo’latov, A.Mamatqulov, Sh.Rashidov, M.Po’latov va boshqalar)
Yoshlar ishlari agentligi Bandixon tumani bo‘limi boshlig‘i O.Eshpo‘latov yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchillarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan
- Yoshlar ishlari agentligining barcha xodimlari xizmat vazifalari, ichki mehnat tartibi hamda qoidalariga sovuqqonlik bilan yondashyotganliklari uchun Bandixon, Paxtakor, Navbahor, Bahoriston, O‘rg‘ilsoy mfy yetakchilariga
- Yoshlar dafatari.uz platformasi orqali murojaat qilgan yoshlarning muommolarini o’z vaqtida o’rganib qonuniy tartibda javob berilmay kelayotgan Birdamlik, Saroy, Limozor, Navbahor, Obikor, Zevar mahalla yoshlar yetakchilariga
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92 sonli qarori 2-bandi “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish” to‘g‘risida belgilangan;
Yoshlar yetakchilari tomonidan ushbu qaror bandlariga asosan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bo‘lim mutaxassislariga xaftalik, oylik, choraklik, berib borilishida hamda ommoviy axborot vosita (telegram, facebook)larida yoritilishida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan,
Eng muhim samarodorlik ko‘rsatkich (KPI) tizimida Polvontosh, Navbahor, Obod turmush, Obikor, O‘rg‘ilsoy, Bahoriston, Quduqsoy yetakchilarining ko‘rsatkichlari qolgan mfylarga nisbatan past ko’rsatkich bo’lganligi hamda boshqa tanqidiy masalalar ko’rib chiqilib yig’ilish qaror qiladi.
QAROR QILADI:
1. Yig‘ilish kun tartibi yuzasidan bildirilgan tanqidiy fikr mulohazalar ma’lumot uchun, belgilab berilgan vazifalar ijro uchun qabul qilinsin.
2. Barcha mahalla yetakchilari tomonidan haftalik, oylik, choraklik qilingan ishlar hisobotini 3-kun muddatda yani 2022 yil 23 iyun kuni soat 16:00 ga qadar topshirilishi belgilansin.
3. Haftalik, oylik, choraklik hisobotlarni belgilangan yo’nalish kesimida bo’lim mutaxassislari N.Qulmanov, A.Mamatqulov, M.Toshpo‘latovlarga hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Bandixon tuman Kengashi raisi M.Po‘latovga topshirilsin.
4. Bo’lim mutaxassislariga topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarmagan yetakchilarga nisbatan qonunda belgilangan intizomiy jazo choralari qo’llanishi tog’risida bo’limning bosh hisobchisi (Sh.Rashidov) ga ma’lumotlarni taqdim etilsin va intizomiy jazo choralari qo’llanilsin.
5. Mazkur yig‘ilish bayoni qarori ijrosi bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish kotibi M.Toshpo‘latov
Do'stlaringiz bilan baham: |