Konstruksiyaga maxkamlashga qo’yiladigan talablar Tashqi qurilmalarni o’rnatish uchun mo’ljallangan konstruksiyalar:
yangi o’rnatiladigan yoki o’rnatish joyida mavjud bo’lgan va barcha texnik talablarga javob beradigan I-shaklidagi , uzunligi 10 m gacha bo’lgan ustun bo’lishi;
yangi o’rnatilgan yoki o’rnatilishi ma’lum bir joyda mavjud bo’lgan va barcha texnik talablarga javob beradigan uch qismdan tashkil topgan (ustun poydevori,ustun va konsol), konsol uzunligi 9m gacha bo’lgan Г- shakldagi ustun bo’lishi;
yangi o’rnatilgan yoki o’rnatilishi ma’lum bir joyda mavjud bo’lgan va barcha texnik talablarga javob beradigan - shakldagi ustun bo’lishi kerak.
Stasionar qurilmalar uchun konstruksiyalarni loyihalashda ta’minlash lozim:
texnik xususiyatlardan kelib chiqib kompleksni mahkamlash talablarini bajarish;
konsol konstruksiyasining eng past nuqtasi avtomobil yo’lining qatnov qismi satxidan kamida 6m balandlikda (minimal o’tish balandligi) bo’lishi;
ustun va konsollarning yig’ilishi va yoyish usulida ulanishi;
konstruksiyaga tushadigan yuklamalar qurilish sohadagi me’yoriy xujjatlar talabiga muvofiq qurilish mintaqasi uchun hisoblanishi;
asosiy konstruksiyaning metall qismlari korroziyaga qarshi qoplama bilan himoyalangan bo’lishi;
Konstruksiyaning mustahkamlik xususiyatlari geometrik jihatdan hisob-kitoblar bilan tasdiqlanishi kerak.
Tarmoq infratuzilmasiga qo’yiladigan talablar
Tarmoq infratuzilmasi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, milliy va xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilishi va qurilishi hamda xavfsizlik va ishonchlilik talablariga javob berishi lozim.
Tarmoq qurilishining tuzilish sxemasi tarmoq sig’imining hisob-kitoblariga, kommunikasiya tugunlarining joylashishiga va oxirgi uskunalarga asoslangan holda tizimni joriy qilish bosqichida aniqlanishi lozim. Tarmoq infratuzilmasi ma’lumotlar va videoma’lumotlarni bir vaqtda uzatishni qo’llab-quvvatlashi kerak.
Quyidagi tamoyillar tarmoq infratuzilmasini qurish uchun asos bo’lishi kerak:
videokuzatuv kameralarini ma’lumotlar uzatish tarmog’iga ulash uchun obyektlarda PoE/PoE+ ni qo’llab-quvvatlaydigan tarmoq kommutatorlaridan foydalanish;
obyektlarda ma’lumotlarni uzatish tarmog’i kamida 100 Mbit/s tezlikda bo’lishi;
tarmoq kommutatorlari elektr ta’minotida uzilish bo’lgan taqdirda PoE/PoE+ texnologiyasi yordamida kameralar ishlashini ta’minlash uchun zaxira energiya manbalar (zaxira energiya manbalari kamida 1 soat) bilan jihozlangan bo’lishi;
monitoring markazi binosida ma’lumotlar uzatish tarmog’i kamida 10 Gbit/s tezlikda ta’minlanishi.
Aloqa vositalari va ulanish turlariga talablar
Tizim ishlashi uchun yagona avtomatlashtirish obyektidagi barcha tarmoq komponentlari TCP/IP protokoli va VPN texnologiyasi xavfsizlik protokollari yordamida lokal tarmoqqa ulanishi kerak.
Korporativ ma’lumotlar uzatish tarmog’ini yaratish uchun “O’zbektelekom” AK ma’lumotlarni uzatish tarmog’ining ijaraga olingan kanallaridan foydalanishni nazarda tutish lozim.
Tarmoq quyi tizimi quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga olishi kerak:
Simli optik shisha tolali aloqa tarmoqlar segmenti:
tarmoqning aktiv qurilmalari;
tarmoq xavfsizligi qurilmalari.
Kirish tarmog’i uskunalari Gigabit portlari va PoE texnologiyasini qo’llab-quvvatlashi kerak. Ushbu kommutator ma’lumotlarni saqlash uskunalarini tizim operatorining ish joyi va simsiz kirish nuqtalarini ulash uchun mo’ljallangan.
Tarmoq xavfsizligini ta’minlash tizimiga kirish kommutatori, simsiz kirish nuqtalari boshqaruvchisi va tarmoqlararo ekrandan iborat integrasiyalashgan yechim bo’lishi kerak. Ushbu yechimdan foydalanish yagona cheklangan Ethernet tarmoq arxitekturasini shakllantirishga imkon beradi, avtomatlashtirilgan obyektda va kommutatorda, kirish nuqtalari ushbu uskunaga foydalanuvchi trafikini tunnel qiladi, trafik bo’yicha mavjud dasturlarni identifikasiya qilish vositalari qo’llaniladi.
Simsiz aloqa tarmoqlar segmenti (rejalashtirilgan):
avtomatlashtirish obyektlarida kirish nuqtalari;
GSM simsiz aloqa tarmog’i;
Kirish nuqtalari foto-video qayd etish qurilmasi xotirasida saqlanayotgan axborotlarni ma’lumotlarni saqlash serveriga arxivlash uchun tizimga obyektlardagi lokal tarmoqqa kirishga ruxsatni ta’minlashi lozim. Ushbu kirish nuqtalari ruxsatsiz kirishdan himoyalangan xavfsiz simsiz lokal tarmoqlarni yaratishga imkon berishi kerak.
Simsiz aloqa tarmog’i mavjud aloqa operatorlari hizmatlari yordamida quriladi.
Lokal tarmoq va tuzilgan kabel tizimiga qo’yilgan talablar
Lokal tarmoq 100/1000 Base-T tezlikda to’liq dupleks rejimini qo’llab Ethernet interfeyslari bilan ikkinchi va uchinchi darajali kommutatorlar asosida qurilishi lozim.
Hisoblash serverlari tarmoq qurilmalariga ulanishi zaxiralangan bo’lishi kerak.
Tizimning aktiv tarmoq qurilmalari quyidagilardan foydalanishi kerak:
barqarorlikni rad etish arxitekturasi;
lokal tarmoqni qurishda Ethernet interfeyslarini kommutasiyalash texnologiyalaridan foydalanish;
qurilmani almashtirishga ehtiyoj sezmasdan, mahalliy tarmoqning ko’lamini kengaytirishni ta’minlaydigan uskunalar va yechimlar.
Tizimning asosiy transport magistralining funksiyalarini amalga oshiradigan, markaziy tizim sifatida ishlatiladigan aktiv tarmoq qurilmalari modulli arxitekturaga ega bo’lishi va xatolarga chidamli konfigurasiyalarni qo’llab-quvvatlashi quyidagi parametrlar hisobidan:
quvvat manbalari dublikati;
boshqaruv va marshrutlash modullarining dublikati;
zaxira kanal texnologiyasini qo’llab quvvatlash.
Tuzilgan kabellar tizimi texnik vositalar majmuasi uskunalarini kommutasiyasini ta’minlashi lozim.
Tuzilgan kabellar tizimining gorizontal qismi mis tolali va magistral qismi optik tolali kabeldan foydalanishga asoslangan bo’lishi kerak.
Simli segmentli tuzilgan kabellar tizimida kamida 5-toifali UTP kabelidan foydalanish kerak.
Kommutasiya hududi asosiy kross tizimi yaqinida joylashgan bo’lishi kerak.
Tarmoqning ishlash qobiliyatiga qo’yiladigan talablar
Tarmoq infratuzilmasining magistral kanallar joylashishining tarkibiy sxemasi, kanalning o’tkazish qobiliyatidan, kommutasiya tugunlari va yakuniy uskunalar joylashuvidan kelib chiqib Tizimni joriy etish bosqichlari amalga oshirish bosqichida belgilangan bo’lishi kerak.
Tarmoq infratuzilmasining arxitekturasi, foydalaniladigan modellar va aktiv tarmoq uskunasining tarkibiy qismlari uzatiladigan trafik hajmiga mos kelishi kerak.