O bobojonov k. Jumaniyozov



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/215
Sana23.05.2022
Hajmi1,89 Mb.
#607434
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   215
Bog'liq
MOLIYAVIY HISOB

Tayanch iboralar.
Aktiv, akkreditiv, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati, barter, 
baho, birja, birja bahosi, debet, debitorlik qarzlari, debitorlar, kassa limiti, 
kreditorlik qarzlari, lizing, lisenziya, lisenziya kelishuvi, lifo, makler, 
materiallar, marja, marketing, mrkazlashgan buxgalteriya, menejment
menejer, mehnat birjasi, mhnat haqi, monopoliya, nominal, xalk 
xujaligidagi hisob turlari, shaxmat yozuvi, shartnoma, eksport, emissiya, 
extiyot qismlar, yuridik shaxs, yaroqsiz maxsulot, qarzlar, hisob siyosati, 
hisob-kitob hisobi, hisob to’lov qaydnomasi (vedomosti), xujjat, 
xujjatlarning aylanishi.
O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar
1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning xususiy kapitali, uning ahamiyati va 
tarkibini eriting.
2. Ustav kapitali va uni hisobga olish tartibini tasniflang.
3. Qo’shilgan kapitalning tarkibi va uning hisobini eriting.
4.
Rеzеrv kapitali, uning yaratilishi va hisobining yuritilishini tasniflang.
5. Xususiy aksiyalarining sotib olishining hisobini yuritishni tesniflang.
6. Sub’ektning olgan foydasi, uning ahamiyati va kelish yo’llari 
nimalardan iborat?
7.
Taqsimlanmagan foydani aniqlash va uni taqsimlashni hisobga olishni 
eriting.
8. Grantlar, subsidiyalar, beminnat erdamlar va ularni hisobga olish 
nimalardan iborat?
9.
Кelgusi sarflar, to’lovlar, ularni yaratish va hisobga olish nimalardan 
iborat?
10.
Moliyaviy natijalar, ularning ahamiyati va aniqlash tartibini bayon 
eting.
11. Yakuniy moliyaviy natijani hisobga olish va schyotlarda qayd qilish 
qanday amalga oshiriladi?
388


10-BOB. MOLIYAVIY (BUXGALTERIYA) HISOBOT
10.1. Moliyaviy hisobotning moxiyati va ahamiyati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining 
oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi uchun eng avvalo:
o’zining o’tgan hisobot davridagi moliyaviy xo’jalik faoliyatini aks 
ettirishi, tahlil qilishi va baholashi;
tashqi (investorlar, davlat muassasalari va yuqori tashkilotlar) va 
ichki iste’molchilar uchun o’zining moliyaviy xo’jalik faoliyatini 
umumlashtiruvchi ma’lumotlarni bir tizimga keltirgan holda yig’ib taqdim 
qilishlari lozim.
Ushbu talablardan kelib chiqqan holda mulkiy va tashkiliy shakllaridan 
qat’iy nazar har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining o’tgan davrdagi 
moliyaviy xo’jalik faoliyatini yoritishi va unga baho berishi, ya’ni hisobot 
tuzishi shart. Chunki hisobotda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’lum 
davrdagi shart-sharoiti va faoliyatining natijasini yoritadigan 
ko’rsatkichlarning tizimi aks ettiriladi. Chunonchi:
joriy hisob ko’rsatkichlaridan olingan qisqa ma’lumotlar;
moliyaviy xo’jalik faoliyatini yorituvchi jamg’arma ma’lumotlar.
Hisobot buxgalteriya hisobi jadvalining tugallanuvchi bosqichi 
hisoblanib, joriy hisobning hamma shakllarida jamg’arilgan ma’lumotlarga 
asosan tuziladi:
tezkor (operativ) hisobning ma’lumotlari;
buxgalteriya hisobining ma’lumotlari;
statistika hisobining ma’lumotlari.
Hisobot orqali sifat, miqdor va qiymat ko’rsatkichlari yordamida 
sub’ektning faoliyatiga tavsif beriladi. Tasdiqlangan shakllardagi 
buxgalteriya hisobotida sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan 
xizmatlardan olingan daromadlar, ishlab chiqarish xarajati, sub’ektning 
mulki, moliyaviy holati va xo’jalik faoliyatining natijalari bo’yicha 
ma’lumotlar ma’lum tizimda aks ettiriladi.
Bizga ma’lumki buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni asosan to’rtta 
bosqichdan iboratdir:
har bir voqea (muomala) xujjatlashtiriladi;
ushbu voqea (muomala)dagi ma’lumotlar guruhlashtirilib bir xil 
ko’rinishdagi ma’lumotlarga aylantiriladi, ya’ni buxgalteriya hisobining 
schyotlarida qayd qilinadi;
389


Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl va mazmundagi 
hisobot shakllari to’lg’aziladi;
xo’jalik faoliyatini baholash va uni yana ham rivojlantirish 
maqsadida tadbirlar belgilash uchun hisobot ma’lumotlari tahlil qilinadi.
Ushbu bosqichlar bir butun bulib o’rganish jarayonida ushbu birlikka va 
ularning o’zaro bog’lanishiga e’tibor berish lozim. Buxgalteriya hisoboti 
sub’ektning kelgusidagi ishini rivojlantirish, nazorat qilish va uni 
baholash, jamoa, ta’sischilar, aksiyadorlar, boshqaruv muassasalari va 
qiziquvchi tashkilotlar uchun eng asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Hisobotlar asosan quyidagi belgilarga muvofiq bir biridan farq qiladi:
taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning hajmi bo’yicha;
qanday maqsad uchun tuzilishi;
qamragan davri bo’yicha.
Ma’lumotlarning hajmiga qarab hisobotlar quyidagicha guruhlanadi:
qisman - sub’ektning aniq u yoki bu bo’limning faoliyatini 
tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg’aradi;
umumiy - sub’ektning jami xo’jalik faoliyatini tavsiflaydigan va 
baholaydigan ma’lumotlarni jamg’aradi.
Foydalanish maqsadiga qarab quyidagicha guruhlanadi:
tashqi - sub’ektning faoliyati bilan manfaatdor yoki unga qiziquvchi 
shaxslar foydalanishi uchun, sub’ektning faoliyat turi, daromadining 
darajasi va mulkining ahvoli to’g’risidagi ma’lumotlar. Bu hisobotni 
matbuotda e’lon qilish zaruriyati tug’iladi va xalqaro terminda "Omma 
uchun" deb ham yuritiladi;
ichki - xo’jalik ma’muriyatining talabi uchun tuziladigan hisobotlar.
Qamragan davri bo’yicha hisobotlar quyidagicha guruhlanadi:
davriy hisobot - yil ichida tuziladigan kundalik, haftalik, oylik, 
kvartallik va yarim yillik hisobotlari;
yillik - sub’ekt faoliyatining yillik ko’rsatkichlarini chuqur va to’liq 
qamragan ma’lumotlar yig’iladi.
Hisobotni chuqur o’rganib va tahlil qilib erishilgan muvaffaqiyatlarning 
omillari, kamchiliklarining sababini aniqlash va ularni tugatish uchun 
tadbirlar belgilashga asos bo’ladi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish