Agar debitor (kreditor)lar o’zidan yuqori turuvchi Vazirligiga
(idorasiga) ega bo’lmagan hollarda, bunday
huquqiy shaxslarning qarzi
alohida yozilib kiritiladigan "Boshqa sub’ektlar" moddasida ko’rsatiladi.
Mazkur debitor va kreditor qarzlarini aks ettirish tartibi, O’zbekiston
Respublikasidan tashqarida joylashgan debitor va kreditorlarga taalluqli
emas. Ularning nomlarini to’liq yoki umumiy qabul qilingan qisqartirishlar
bilan keltirish va shu bilan birga qavslar ichida davlatlarning nomi
ko’rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
2a-shakldagi satrlarning soni ko’rsatilayotgan debitor va kreditorlarning
soniga bog’liq.
2.
"Umumiy qarzlar" ustunida qarzlarning miqdori har bir debitor va
kreditor uchun alohida ko’rsatiladi. Agar, bir huquqiy shaxsning ham
debitorlik, ham kreditorlik qarzi bo’lib, sub’ekt ularni har xil schyotlarda
hisobga olsa va ayrim sabablarga ko’ra o’zaro hisoblashish (qoplash)
o’tkazilmagan
taqdirda, debitorlik qarzlarining miqdori alohida va
kreditorlik qarzlarining miqdori alohida ko’rsatiladi.
3.
"Jumladan Respublikadan tashqaridagi" ustunida O’zbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan sub’ektlarning debitorlik va
kreditorlik qarzlarining miqdori ko’rsatiladi.
4.
"Umumiy qarzlardan olish va to’lov muddati o’tgan qarzlar va
solig’i" ustunida debitorlik va kreditorlik qarz to’lovlari O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 may "Кorxona (tashkilot)
rahbarlarining xalq xo’jaligida hisoblashishlarni o’z vaqtida o’tkazish
mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi №UP-11584-sonli
Qarorida keltirilgan muddatlarda uzilmagan qarzlarning miqdori
ko’rsatiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’zish
muddatlarining kechikishi
shartnmoada (masalan, qarz shartnomasida) ko’rsatilgan vaqtga asosan
aniqlanishi lozim (mol etkazib berish, oldi-sotdi shartnomalari bunga
kirmaydi).
5.
"Jumladan respublika hududidan tashqaridagi" ustunida O’zbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan
debitor va kreditorlar
qarzining muddati va soliq miqdori ko’rsatiladi (muddati va soliqlar
bo’yicha qarzlar yuqorida ko’rsatilgan bo’limdagi kabi aniqlanadi).
6.
2a-shakl sub’ektning rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib,
uning har bir varog’i muhr bilan tasdiqlanadi.
7.
Tushuntirish xati.
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xati, sub’ektning hisob siyosatini
yoritishi, uning mulkiy va moliyaviy holatini haqqoniy baholash uchun zarur
431
bo’lgan boshqa ma’lumotlar bilan ham hisobotdan foydalanuvchilarni
ta’minlashi kerak.
Tushuntirish xatida sub’ektning moliyaviy hisoboti buxgalteriya
hisobini yuritish qoidalaridan kelib chiqqan holda tuzilganligi ko’rsatilish
kerak. Ayrim qoidadan chetga chiqish hollari sodir bo’lganda
har bir
qoidadan chiqishlarning sababi va natijasi tushutirish xatida ko’rsatilishi
kerak.
Tushintirish xatida quyidagi qo’shimcha ma’lumotlar yoritilishi kerak:
sub’ektlarning huquqiy manzili;
sub’ektning asosiy faoliyatining turi;
hisobot davrida ishlovchilarning o’rtacha yillik soni, shu jumladan
asosiy toifadagilarning ham;
sub’ektning ijro va nazorat organlari tarkibining a’zolari (ismi, sharifi
va mansabi);
sub’ektning ijro va nazorat organlari a’zolariga hisobot davrida
to’langan mukofotlarning umumiy miqdori, va shu bilan birgalikda sub’ekt
tomonidan to’langan soliq imtiyozlari;
ayrim turdagi nomoddiy aktivlarning eskirishini ko’rsatgan holda,
ularning hisobot davrining boshi va oxiriga
nisbatan miqdori va hisobot
davridagi harakati to’g’risida ma’lumot;
ayrim turdagi moliyaviy qo’yilmalarning hisobot davrining boshi va
oxiriga nisbatan miqdori va hisobot davridagi harakati to’g’risida
ma’lumot;
debitor va kreditor qarzlarining hisobot davrining boshi va oxiriga
nisbatan miqdori to’g’risida ma’lumot;
faoliyatining turi va jug’rofiy savdo hududlari bo’yicha mahsulot,
tovar, ish, xizmatlarning sotilish hajmi to’g’risida ma’lumot;
ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot;
davr xarajatlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot;
har qanday ta’minlangan majburiyatlarning berilishi va olinishi,
sub’ektning to’lovlari to’g’risida ma’lumot.
432