24
muammolarini, shuningdek, ijtimoiy jarayon sifatida ilmiy tadqiqot qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Metodologiya tushunchasi murakkab va har
doim ham bir xilda talqin
qilinavermaydi. Birinchi navbatda u keng ma’noda - fan metodologiyasi sifatida
qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun llmiy bilishning falsafiy tayanchi
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, metodologiya fan sifatida ob’ektiv borliqni
bilish haqida ta’limot (nazariyasi)dir. Top ma’noda esa aniq ilmiy fanlar (shu
jumladan, pedagogika) uchun ilmiy bilish nazariyasini aiglatadi.
Demak, metodologik bilimlarning umumiy tizimida metodologiya o‘rnini
aniqlashtirish uchun mavjud. Aniq fanlar metodologiyasi umumiy metodologiyaga
tayangan holda:
1.
Uning
talablarini
muayyan
fan
ob’ekti
tashkil
etadigan
hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tatbiq etadi;
2.
O‘zida bilishning aniq ilmiy metodlari haqidagi nazariyani
o‘rganilayotgan
hodisa
va
jarayon
qonuniyatlarining
o‘ziga
xos
jihatlari bilan bog‘liq holda mujassamlashtiradi.
Maktabgacha pedagogika - boshqa rivojlangan fanlar qatori o‘zining
alohida predmetiga, nazariy prinsiplariga
ega va alohida tadqiqot
metodologiyasi biluvga tortilgan ob’ektiv voqelikning o‘ziga xos xususiyatlari
va qonuniyatlarini hisobga olgan holda qo‘llaydi.
Metodologik
muammolarni
ishlashdagi
siljishlarning
mavjudligiga
qaramasdan, qator nazariy-metodologik muammolar yechimsiz qolyapti.
Yetarlicha tadqiq qilinmayapti. Fikrimizcha, metodologik muammolarni ishlab
chiqish kamida ikki shartni hisobga olishni taqozo etadi.
Birinchi shart
- pedagogika birmuncha dolzarb muammolari bilan maktab,
akademik litsey, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining amaliy vazifalari
o‘rtasidagi
aloqadorlikni
kuchaytirish
lozim.
Bu
bizni
sxolistik
nazariyalashtirishdan, umumiy mulohazalashdan tiyib turadi. Asosiy e’tiborni
shunday tadqiqot yo‘nalishlari va
muammolariga qaratish lozimki, natijada
pedagogika fanining hayotiy muhim masalalari yechimini topish uchun
metodologik yondashuvlar bilan bizni qurollantirishsin, ta’lim va tarbiyaviy
jarayonning amaliy vazifalari yechimini ta’minlashsin.
Ikkinchi shart
- metodologiya va maktabgacha
pedagogika nazariyasi
muammolarini ishlab chiqishga yuksak malaka va tajribaga ega, ilmiy jihatdan
yetuk universitet, institut hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat
ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarni jalb etish lozim.
Metodologiyaga e’tiborning kuchayishi, kun tartibida turganligining ob’ektiv
omillari mavjud: mamlakatimizda insonparvar
demokratik huquqiy davlat
zaminida kuchli fuqarolik jamiyati qurilmoqda va ta’lim tizimi jamiyat
25
taraqqiyotiga mos holda tubdan yangilandi. Bu yangi modelning
muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan pedagogik tadqiqotlar natijasiga, umuman,
pedagogika fanining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Dastlab pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati,
ularning
mantiqi, metodologik tavsifi bilan bog‘liq quyidagi masalalar aniqlashtirilmog‘i
lozim:
-
pedagogikaning nazariy tadqiqotlari samarasini oshirish;
-
pedagogik tajribani o‘rganish va natijalaridan foydalanish;
-
pedagogik tajriba-sinov, uning mohiyati, metodikasini
oydinlashtirish;
-
fan yutuqlarini ta’lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish muammolari;
-
tarbiyaga
yaxlitlikda yondashish, bunda mafkuraviy tarbiyaning
ahamiyati;
-
pedagogika fanini milliy va umuminsoniy tajribalar asosida
rivojlantirishning metodologik jihatlari va x.k.
Anu shu savollar doirasidan ma’lum bo‘ladiki, mavjud bilimlar bilan
yashash, zamonaviy talab va ehtiyojlarga befarq qarash, mumkin emas. Bunday
sharoitda
tabiiyki, "tayanch" nuqta amaliyot bo‘lishi lozim, ya’ni zamonaviy
ta’limi holati - haqiqiy haqiqat mezoni hisoblanadi. Amaliyot ta’siri ostida
nazariya ilmiy kashfiyotlarning asosiy omiliga aylanadi. Faqat keng va har
tomonlama tashkil etilgan amaliyotgina faoliyatning kamchiligini va
etilmaganligini hamda ayni vaqtda pedagogik voqelikni bilishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilinishi va
rivojlantirishning tarixiy
ahamiyati - bu ta’limning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks etgan -
"inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz xuquq-lari
oliy qadriyat hisoblanadi" (23-modda) - prinsipiga amal qilgan holda insoniylikka
yo‘naltirilganligidir. Insoniy ustuvorlik ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy prinsipi sifatida O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida" gi qonunida
ham o‘z ifodasini to‘liq topgan;
Do'stlaringiz bilan baham: