Tajriba (eksperiment) bayonnomasi va xulosalarni yozish
Talaba mustaqil ravishda tajriba (eksperiment)ga bayonnoma tuzadi,
tajriba (eksperim ental) o ‘sm alar m ikroskopik m anzarasini daftarga
chizadi.
Vaziyatli masalalarni yechish
l-m a sa la
. Klinikaga 52 yoshli, N. ismli bem or chap qo‘li shishishi,
u m u m iy m a d o rs iz lik , k e s k in o riq la s h , u y q u s in in g y o m o n lig i
shikoyatlari bilan kelib tushgan. Obyektiv tekshirilganda: uning chap
panjasi va bilagi kuchli shishganligi, paypaslaganda qo‘ltiq osti limfatik
tugunlami kattalashganligi, chap sut bezida noaniq chegarali, atrofdagi
t o ‘q im a la rg a y o p ish g a n o ‘sm a an iq lan g an . K o ‘k ra k qafasi
ren tgeno grafiyasi o ‘pk anin g o ‘ng tom onida k atta b o ‘lm agan soya
borligini k o ‘rsatgan.
1. Sizning taxminiy tashxizingiz qanday?
2. Chap qo‘l shishishi mexanizmini tushuntiring.
3. Bemor oriqlashini qanday tushuntirish mumkin?
2 -m a sa la .
O n k o d isp a n se rg a 43 y o sh li e rk a k b o sh in in g tepa
qismidagi o ‘sma xarakteri nimadan iborat ekaniigini aniqlashni so‘rab
m urojaat qilgan. Bemor o ‘smani birinchi marta bolalik yillarida sezgan,
s o ‘ng o ‘sm a d e y a rli o ‘z g a rm a g a n . B em o rn in g k a y fiy a ti yaxshi.
O b y e k tiv te k s h irilg a n d a : b o s h n in g y u q o ri q ism id a k a tta olcha
kattalig id ag i o 'sm a aniqlangan, paypaslaganda u yum shoq, yaxshi
chegaralangan, qim irlab turadi.
1. Sizning taxminiy tashxizingiz nima?
2. Bu o ‘smaning o 'sish xarakteri nimadan iborat?
3-m asala.
Bolalar jarrohlik klinikasiga tekshirish uchun 2 yoshli,
M. ism li bem or yotqizilgan. Uni dum g‘aza - dum suyagi sohasida
25x20 sm o ‘lcham!i, yum aloq shaklli, paypaslaganda qattiq o ‘sma
aniqlangan. Anamnezidan m a’lum b o ‘lishicha, o‘sma bola tug‘ilgandan
ko ‘p o ‘tmasdan paydo bo‘lgan, tezlik bilan kattalashgan va ko‘rsatilgan
o ‘lcham ga yetgan. Bola gipotrofiya holatida, yurmaydi, chunki o‘sma
o ‘lchami nihoyatda katta. Tekshirganda o‘smani orqa m iya kanali bilan
bog‘liqligi to ‘g ‘risida shubha tug ‘ilgan. Ota-onasining talabiga binoan
bola operatsiya qilingan. O peratsiya davomida aniqlanishicha, o ‘sma
dum g‘aza suyagi to ‘qim asidan o ‘sganligi va uning orqa m iya kanali
b ilan b o g ‘liq em asligi an iq lan g an . 0 ‘sma olib tashlangan. Bemor
o p eratsiy an i eson-om on k ec h irg an va yaxshi h o latd a uyiga javob
berilgan. Tekshirganda o ‘sm ada sochlar, tim oq, tishlar topilgan.
1. Bu qanday o‘sma? Uning rivojlanish mexanizmi nimadan iborat?
2. B u n d ay o ‘sm a o ‘s is h in i q ay si n a z ariy a b ila n tu sh u n tirish
m um kin?
4-m asala.
48 yoshli, G. ism li bem om i rentgenologik tekshirishda
y o ‘g ‘on ichak polipozi topilgan. Bemor o‘rtacha tana tuzilishiga ega,
oriqlamagan, umumiy holati qoniqarli, birdan-bir shikoyati vaqti-vaqti
bilan axlatda alvon rangli qon paydo bo‘lishidan iborat.
1. Siz bu kasallik to‘g ‘risida nima bilasiz?
2. Sizning fikringizcha, shifokor taktikasi nim adan iborat bo‘lishi
kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |