O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/219
Sana28.05.2022
Hajmi11,17 Mb.
#612706
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

Lintbik tizim
- belbog* pushti yoki limbik po‘stloqni, gippokampni (limbik 
tizim yuragi), bodomsimon kompleksni, gipotalamusning yonbosh va orqa 
qismlari, oldingi va orqa miya bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Hid sezgisi, ichki 
a ’zolar (yurak, tomirlar, OIT) ishini, fe'l-atvor, ruhiy faollik, xatti-harakat 
instinktlari (o‘z jonini saqlash, jinsiy, ota-ona instinkti, suv va ovqatga erishish), 
hissiy (shodlik, qo‘rqish, g‘azablanish, huzur-halovat, kayf-safo), uyqu yoki 
uyg‘oqlik holati, xotirani regulatsiya qiladi.
2. Hid sezgisi miyasi bazal po‘stloq chakka bo‘lagini, bodomsimon tananing 
dengiz otchasi yonidagi egri-bugriliklami o‘z ichiga oladi. Limbik tizimning 
bir qismi shaklida boshqa tuzilmalar bilan kompleksda fe'l-atvor motivatsiyasi, 
xotira funksiyasi, hissiy reaksiyalami ta’minlaydi.
3. Vegetativ asab tizimi (VAT) ichki a’zolar funksiyasini regulatsiya qiladi. 
Gipotalamus oliy po‘stloq osti vegetativ markaz hisoblanadi, uning funksiyasi 
ma’lum darajada miya po‘stlog‘i tomonidan regulatsiya qilinadi. VAT ning 
funksional roli ichki a’zolar funksiyasini regulatsiya qilish, to‘qima trofikasini, 
shuningdek gomeostazni saqlashdan iborat; ikkinchidan, energetik talablami, 
ruhiy va fiziologik faoliyat shakllarini (almashinuv jarayonlari, yurak-tomir va 
nafas tizimi faoliyati va b.) ta’minlashdan iborat. Uning xususiyatlaridan biri 
a’zolami qo‘shaloq innervatsiya qilish, simpatik va parasimpatik qismlarining 
funksional antagonizmi (yurak tomirlarining torayishi, kengayishi va h.k.) 
hisoblanadi. Faqat simpatik innervatsiyaga ega buyrak usti bezi, tomirlar hamda 
ter bezlari bundan mustasno.
4. Retikular formatsiya (RF) - miya ustunidagi uzunchoq tuzilma bo‘lib, 
asab hujayralari, tolalari kompleksini акг> ettiradi va miya ustuni qopqog‘ining 
markaziy qismi bo‘ylab joylashgan. RF tolalari ko‘rish do‘mboqlari oldingi 
boiimlariga yetib boradi. Unga yuqoriga va pastga yo'nalgan asosiy yo‘llardan 
ko‘p sonli kollaterallar kelib qo‘shiladi. RF gipotalamus, ko‘rish do‘mbog‘i, 
striopallidar tizim tuzilmalari, katta yarim sharlar po‘stlog‘i (ayniqsa limbik tizim 
po‘stlog‘i) hamda miyacha, miya ustuni yadrolari va ko‘nda!ang orqa tutam tizimi


bilan o‘zaro aloqaga ega. RF dan simpatik miyaga (retikuloorqamiya yo‘llari) 
tolalari chiqadi. RF tuzilm alari uzunchoq m iyadagi nafas va tomir 
harakatlantiruvchi markazlar, ko‘rish ko‘prigi markazi faoliyatida ishtirok qiladi. 
Miya ustunida striopallidar tizim (qizil yadro, qora modda), harakat koordinatsiya 
tizimi (pastki zaytun), chuqur sezgi (ingichka va ponasimon yadrolar), orqa 
ko'ndalang tutam tizimiga (Darshkevich yadrosi) va b. ga aloqador yadro va 
yoilar joylashgan.
RF quyidagicha jamlanishi mumkin bo‘lgan qator jarayonlarda ishtirok etadi: 
1) po‘stloq neyronlari faolligiga ta’sir qilish orqali ong darajasini regulatsiya 
qilish, masalan, uyqu - uyg‘onish siklida (YUFRT - yuqoriga ko‘tarilish 
yo‘nalishida faollashtiruvchi retikular tizim) ishtirok etish; 2) sensor stimullarga
shu jumladan, oldin yonbosh arqonchadan keluvchi og'riq signaliariga afferent 
axborotni limbik tizimga o‘tkazish orqali effektiv-hissiy tus berish; 3) o‘zaro 
koordinatsiyalanishni talab qiiuvchi vegetativ regulatsiya qiiuvchi fimksiyalar, 
sbu jumladan, har xil afferent va efferent tizimlar orqali ko‘pgina hayotiy muhim 
reflekslarda (sirkulator va nafas, tomoq, yo'tal, askirish reflektor aktlari) ishtirok 
qilish; 4) miya ustuni harakat markazlarining muhim komponenti sifatida 
gavdaning turishi va maqsadga yo'nalgan harakatlarida ishtirok etish.
5 . 1. P. Pavlov bo'yicha oliy asab faoliyatining 4 turi mavjud. Harakatchan 
tur, Gippokrat ta’rif bergan sangvinik tipiga mos keladi, jo ‘shqin kuch, 
harakatchanlik, asab jarayonlarining baravarlashgani bilan tavsiflanadi. Tinch 
tip (Gippokrat bo‘yicha, flegmatik) - jo ‘shqin kuch va asab jarayonlarining 
baravarlashganligi xos, ammo harakatchanlikning sustligi, asab jarayonlarining 
inertligi bilan ajralib turadi. Tiyiqsiz tip (xolerik) qo‘zg‘aluvchanlik jarayonlari 
kuchli, lekin asosiy asab jarayonlari baravarlashmagan. Kuchsiz tip (Gippokrat 
bo‘yicha, melanxolik), unga asab jarayonlarining sustligi xos. Bu odam irodasi 
past, qiyinchiliklardan qo‘rqadi, boshqa odamning ta’siriga yengil beriladi, o‘zini 
doimo shubha, vahima sezgisi va g‘amgin kayfiyat ostida sezadi.
H i f o v a
VAZIYATLIMASALALARGA JAVOBLAR
19-mashg‘ulot
1-masala.
1. Rang ko‘rsatkichi - 0,9
2. 1 -2kun
2-masala.
1. Rang ko‘rsatkichi - 0,77
2. a) gipoxromiya
b) normablastik
c) o‘tkir postgemorragik
d) regenerator


3-masala.
1 • Rang ko‘rsatkichi - 0,6
2. Temirdefitsit

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish