gomorimusbat hujayralari organizmda osmotik muvozanatni va ayrim a’zolar
faolligini saqiashga javobgar hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda adenogipofiz gormonopoetik funksiyasining regulatsiya
qilinishida gipotalamus old qismi yirik hujayralarimng roli ham ehtimoldan xoli
emas. Nisbatan yaqin oralarda (Bugnon et a l, 1982) chaqaloqlar paraventrikular
yadrosida gipofizning AKTG gormoni ajralishini regulatsiya qiladigan neyronlar
topilgan. Bundan tashqari paraventrikular yadroning o‘zida ham oksitotsin va
ham vazopressin sintezlaydigan neyronlar borligi aniqiangan,
ammo oxirgi
vaqtlargacha vazopressin sekretsiyasi uchun supraoptik yadro, oksitotsin
sekretsiyasi uchun esa paraventrikular yadro javobgar deb hisoblanib kelingan.
Neyrosekret sintezi va ajralishi (neyrosekretsiya) murakkab jarayondir. A. L.
Polenov (1971) neyrosekretsiyani quyidagicha ta’riflaydi. Neyrosekretsiya
deganda deb yozadi u: «Biz alohida yuqori darajada ixtisoslashgan asab to‘qimasi
elementlarining - neyrosekretor (neyrobezli) hujayralarning biologik faol
moddalar - neyrogormonlar - ajratish xususiyatini tushunamiz. Ular qisqa
muddatli va lokal ta’sir ko‘rsatuvchi, neyronlar tomonidan sinapslarga ajratiluvchi
mediatorlardan
farqli ravishda, organizm gumoral muhitlariga (qon, orqa miya
suyuqligi) tushadi, katta diapazonda distant va uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatuvchi
regulatsiyani amalga oshiradi».
Neyrosekret yoki rilizing omil (Rf) inkretsiyasini va ularning qonga tushishini
gipotaiamus-ning medio-bazal qismida joylashgan asab hujayralari ishlab
chiqaradigan monoaminlar (dofamin, noradrenalin, serotonin) regulatsiya qiladi
deb hisoblashadi (Potemkin V. V., 1978). Rilizing gormonlarining adenogipofiz
hujayralariga ta’sir qilish mexanizmi hujayralar membranasi depolarizatsiyasi va
ular o‘tkazuvchanligining oshishi bilan bog‘liq (Aleshin В. V., 1972).
Adenogipofizning hamma trop gormonlariga nisbatan rilizing omillarining
mavjudligi tasdiqlangan. 11-jadvalda adenogipofiz trop gormonlarining
ajralishini regulatsiya qiluvchi gipotalamik omillarning nomlari keltirilgan
(Potemkin V. V., 1986; Ashmarin I. P., Obuxova M. F., 1988).
Adenogipofizning yettita trop gormonlari uchun liberinlar va statinlar4
aniqiangan (Ashmarin I. P., Obuxova M. F., 1988).
Ularning tuzilishi
(aminokislotalar ketma-ketligi) murakkab bo‘lmay, bir necha aminokislotalardan
(3 dan 44) tuzilgan, shuning uchun ular oligopeptidlar guruhiga kiritilgan.
Gipotalamus mayda hujayrali yadrolar neyrosekreti oraliqdagi tepalik
sohasidagi portal tomirlar orqali adenogipofizga tushadi. Bu tomirlar bilan
gipotalamus sekretor neyronlari zich bog‘langan va kontaktirlanadi. A. L. Polenov
(1962) bo‘yicha, bu kontaktning yuqori shakli endotsellularkapillarlar, ya’ni
neyroplazma o‘siqlari bilan o‘rab olingan kapillarlar hisoblanadi.
4 Toza va amaliy kimyo xalqaro jamiyatining biokimyoviy nomenklatura bo‘yicha Komissiyasi
va Xalqaro jamiyat (1974) taklifiga binoan gipotalamik rilizing omillar oxirida «liberin»,
gipotalamik rilizing ingibirlovchi omillar oxirida «statin» so‘zi bilan ifodalanadi.
Gipoflz tro p gormonlar! ajralishini regulatsiya qiiuvchi va
ingibirlovchi gipotalamik om illar (gormonlar)
Q a b u l
A m ia o k is lo t a U r
N o m la r l
S in o n im i
q illn g a n
q ls q a r tir is b la r
m a le k u la s in in g
s o n i
K o rtik o lib e rin
K o r tik o tr o p in —rU iz in g o m i!
K R O
41
F o llib e rin
F o llik u lo s U m u lla y d ig a n
g o rm o n r iliz in g — o ra ili
F S G - R O
G o n a d o lib e rin
G o n a d o tro p in —rU iz in g — o m i!
G T - R O
L u lib e rin
L u te in iz irlo v c h l g o rm o n riliz in g —o m ili
M e la n o tro p in — r iliz in g o m il
L G - R O (LG O )
10
M e la n o lib e rin
M e la n o tro p in — r iliz in g
M R O
5
M e la n o s ta tin
in g ib ir lo v c h i — o m il
P ro ld k tin — r iliz in g
om il
M R IO
3
P ro la k to lib e rin
P ro la k tin — r iliz in g —
PRO
P ro la k to s ta tin
in g ib ir lo v c h i — o m il
S o m a to tro p in — r iliz in g o m il; o 's is h
PR IO
S o m a to lib e rin
g o rm o n i r iliz in g o m ili
S o m a to tro p in — riliz in g
SRO
44
S o m ato sta tin
in g ib ir lo v c h i o m il
T ir o tr o p in — r iliz in g —
SR IO
14
T tro lib e rin
o m ili
T R O
3
Tomir tarmoqlaridagi asab terminallari bilan ko‘p sonli neyrolomir kontaktiari
mavjudiigi ta’riflangan (Voytkevich A. A., 1969).
Neyrosekretor moddalar
gipofizga nafaqat portal tomirlar, shu bilan birga П1 qorincha bo‘sh!ig‘i orqali
umumiy qon oqimi va orqa miya suyuqligiga ham tushishi mumkin, ya’ni
organizmga Iran sadenogipofizar dan tashqari paradenogipofizar ta’sir ham mavjud.
Gipotalamus old qismi yirik hujayrali supraoptik va paraventrikular
yadrolari neyrosekreti neyronlar aksonlari orqali gipotalam o-gipofizar
neyrosekretor trakt tarkibida oqib kelib neyrogipofiz
orqa asosiy qismiga
tushadi. U yerda aksonlar terminallarida depolanadi. U yerdan neyrogormonlar
ehtiyojga qarab qonga tushadi (Akmaev I. G., 1979).
Gipotalamus bosh miya po‘stlog‘i, retikular formatsiya, po'stloq osti
tuzilmalari, ko‘rish do‘mbog‘i, miya ustini, simpatik va parasimpatik asab tizimi
bilan bog‘langan. Vagus dorsal yadrosi va gipotalamus dorsamediokaudai sohasi
hamda gipotalamus paraventrikular yadrosi arosida ko‘p sonli sinaptik asab
aloqalarining borligi I. G. Akmayev va b. (1979, 1982) tomonidan ta’riflangan.
Periferik adreno - yoki xolinreaktiv tuzilmalarining qo‘zg‘alishi gipofizar -
adrenal tizim funksiyasining kuchayishiga olib keladi (Naumenko E. V., 1971).
Gipotalamus va gipoflz yagona bir-biriga bogiiq tizimni tashkil qiladi.
Gipotalama gipofizar tizim periferik ichki sekretsiya bezlari
faoliyatini nazorat
qiladi, o‘z navbatida u ichki sekretsiya bezlar tomonidan kuchli ta’sir sezadi.
Teskari aloqa tizimi yoki «musbat-manfiy o‘zaro ta’sir» taniqli biolog
endokrinolog М. M. Zavadovskiy (1941) tomonidan ifodalangan. Bu aloqa
organizmda me’yoriy darajada gormonlar ishlab chiqarilishi va natijada ichki
muhit doimiyligi, organizmning har xil funksiyalarini ta’minlaydi.