aylanish buzilishi va patologik jarayonlarda
rivojlanadigan kompensator
reaksiyatarda ishtirok qiladi. Shuntlar orqali qon kapillarlarsiz arteriolalardan
venulalarga tushadi. Qon oqishining sentralizatsiyalanishi yuzaga keladi, natijada
hayotiy muhim a’zolarda bosim saqlanib turadi.
4. Kollaterallar qon oqimini chetlab o‘tadigan yo‘l bo‘lib, asosiy ustunning
yonbosh tarmoqlari hisoblanadi. Qon bilan ta ’minlanishning buzilishining
tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Hatto oyoq yirik arteriyasining ishdan
chiqishi kollateral qon oqimi tufayli uning o‘lishiga olib kelmaydi
5. Yuqori darajali energiya almashinuviga ega miya, yurak, buyrak va taloqda
kollateral qon aylanishi yetishmovchiligi mavjud.
8-mashg‘ulot
1. Sog‘lom odam tomiri o'zanida qonning suyuq holati qon ivishi, qon ivishiga
qarshi va fibrinolitik tizimlaming muvozanati bilan ta’minlanadi.
2. Qonning tomir ichida ivishiga tomir endoteliyasining silliq yuzasi, tomir
devori va qon shakili elementlarining manfiy zaryadi (bir xil zaryadlar bir-biridan
uzoqlashadi), tomir devorida
yupqa fib rin qatlamining, qon ivishini
adsorbsiyalovchi omilning bo'lishi, qon ivishi omillarining bir joyda kerakli
konsentratsiyaga erishishga yo'l qo‘ymaydigan qon oqishining katta tezligi
qarshilik ko'rsatadi.
3.
Gemostaz
- qon ketishining to‘xtashi. Sog‘lom odamda
mayda tomirlar
shikastlanishida qon ketishi 1-3 daqiqada to‘xtaydi. Tomirlar torayishi va
ulaming trombotsitlar agregati bilan tiqilishi natijasida yuzaga keladigan
birlamchi gemostaz va trombotsitlar qaytmas agregatsiyasi bilan tavsiflanadigan
ikkilamchi gemostaz (qonning ivishi) farq qilinadi.
4. Qon ivishi uch fazada kechadi: 1- faol tromboplastin (trombokinaza) hosil
bo'lishi; 2 - protrombindan faol tromboplastin va kalsiy ionlari ta’sirida trombin
hosil bo'lishi; 3 - fibrinogendan trombin ta’sirida fibrin hosil bo‘lishi.
5.
Prokoagulantlar
- qon ivishi omillari. Qon ivishining plazmali omillari
(ular 13, rim raqamlari bilan belgilanadi), qon va to‘qima shakili elementlarining
ivish omillari farq qilinadi.
6.
Antikoagulantlar -
qon ivishini tormozlovchi omillar. Ulardan eng kuchlisi
biriktiruvchi to'qim a bazofiUari va semiz hujayralarida hosil bo‘ladigan
antitrombin III, IV va geparin hisoblanadi.
7. Fibrinoliz qonda kam miqdorda fibrinogendan hosil bo‘iadigan fibrinning
uzliksiz kechuvchi parchalanish jarayoni b o ‘lib,
qonning suyuq holatda
saqlanishiga xizmat qiladi. Fibrinoliz mexanizmi: nofaol plazminogen - plazma
globulini - qon va to‘qima fermentlari ta’sirida faol shaklga - plazminga yoki
fibrin parchalovchi
fibnnoUzmga
aylanadi.
8. Venalarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ularda klapanlaming -
qonning
teskari oqishiga qarshilik ko‘rsatuvchi moslamalarining bo‘lishidir. Oyoq
venalarining funksional vazifasi nihoyatda yuqori, chunki qonning oqimi qonning
og‘irlik kuchini yengishi kerak.
9.
Vasa vasorum
- «tomirlar tomirlari» - yirik va o‘rta qon tomirlarining
o‘zini-o‘zi oziqalash tizimi (vaskularizatsiya). Ular tomir devori o‘rta po‘st!og‘i
chuqur qatlamlarigacha kirib boradi.
10. Yirik venalar (bo‘yinturuq, o‘mrovosti va b.) tananing bu qismlari
fassiyalarining (mushak pardasi) o‘ziga xosligi tufayli sust bo‘shashadi, ularda
bosim nolga yaqin yoki manfiy bo‘Iadi.
Do'stlaringiz bilan baham: