O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/219
Sana31.03.2022
Hajmi11,17 Mb.
#520458
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y. (1)

27-mashg‘uIot
1. Ochlik organizmning bir oz vaqt ichida qabul qilinmagan ovqat 
moddalariga talabining ifodasi. Ochlikning subyektiv namoyon bo‘lishi yoqimsiz 
sezgilari: «achishish», ko‘krakning «simillab» og‘rishi, ko‘ngil aynishi, ayrim 
hollarda bosh aylanishi, bosh og‘rishi, umumiy zaiflik va b. lardan iborat.
Ochlikning tashqi ko‘rinishi ovqat izlash, ochlikni chaqiruvchi sabablami 
yo‘qotish harakat reaksiyasidan iborat. Shunday qilib, ochlik holati ovqat izlashga, 
uni qabul qilishga undaydi, to‘yish esa bu holatni yo‘qotadi. Ochlik sezgisi 
gipotalamus ventrolateral yadrolarining qo‘zg‘alishi, to‘yish sezgisi esa - uning 
ventromedial yadrolarining qo‘zg‘alishi bilan tushuntiriladi.
2. Ovqat hazm qilinishi murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, unda ovqat hazm 
qiluvchi traktga tushuvchi ovqat mexanik va kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, 
ovqatdagi oziqa moddalari esa depolimerizatsiyalangandan keyin qon va limfaga 
shimiladi.
Ovqatning fizik o‘zgarishlari uning mexanik ishlanishi, maydalanishi, 
bo‘kishi va erishidan iborat. Kimyoviy o‘zgarishlar natijasida oqsillar, yog'lar, 
karbonsuvlar proteazalar, lipazalar, karbogidrazalar ta’sirida parchalanadi. 
Fermentlar sekretor hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi va so‘lak, me’da, 
me’da osti bezi va ichak shirasi tarkibida ovqat hazm qiluvchi traktga tushadi.
Hazm qilish jarayonlari ularning lokalizatsiyasiga qarab: 1) hujayra ichi; 2) hujayra 
tashqarisidagi turlarga tasniflanadi. Hujayra tashqarisida ovqat hazm qilinishi ikki 
xil bo‘ladi: a) distantli (bo‘shliqda); b) kontaktli, devor oldi, membranada kechadigan. 
Hujayra ichi hazmi - fagotsitoz yoki ultrapinotsitoz yo‘li bilan hujayra ichiga 
tushuvchi ovqat moddalarining gidrolizidan iborat. Ovqat moddalari hujayra 
(lizosomal) fermentlari tomonidan gidrolizlanadi. Odam organizmida hujayra ichi 
hazmi leykotsitlar va limforetikulogistiotsitar tizim hujayralarida kuzatiladi.
Distant (bo‘shliqda) hazm qilish shu bilan tavsiflanadiki, shira tarkibida 
ajraladigan fermentlar oshqozon-ichak traktida bo‘ladi. Bu yerda ular ovqat 
moddalariga ta’sir qiladi va gidrolizga uchratadi (hazm qilish fermentlar hosil 
bo‘ladigan joydan katta masofada - diatansiyada amalga oshiriladi). So‘lak 
fermentlari og‘iz bo‘shlig‘i va me’dada, me’da bezlari fennenti uning bo‘:.hlig‘ida 
(ko‘pincha bevosita shilliq qavatning yaqinida), me’da osti bezi fermentlari 
ingichka ichak bo‘shlig‘ida ta’sir ko‘rsatadi. Kontaktli (devor oldi, membranada)


hazm hujayra membranasida, hujayra tashqarisi va hujayra ichi muhiti chegarasida 
fiksatsiyalangan fermentlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu yerda ovqat 
moddalari va shiraning o‘zi ulaming past molekulali kompooentlari (suv, tuzlar) 
va ayrim boshqa moddalaming (vitaminlar) gidroliz mahsulotlari shimiladi.
3. Hazm qilish tizimini asab va gumoral mexanizmlar regulatsiya qiladi. Hazm 
qilish fuksiyasining asab regulatsiyasi ovqat maikazi tomonidan shartli va shartsiz 
reflekslar yordamida amalga oshiriladi. Ulaming effektor yo‘llari simpatik va 
parasimpatik asab tolalaridan tashkil topgan. Ovqat qabul qilinishi og‘iz bo‘shlig‘i 
retseptorlarini qitiqlaydi, hazm bezlari shirasining ajralishini kuchaytiruvchi 
shartsiz reflekslarni chaqiradi.
Reflektor mexanizmlaming ahamiyati kamayishi bilan gumoral mexanizmlar, 
ayniqsa, ingichka ichak va me’da osti bezi gonnonlarining ahamiyati oshadi. Bu 
gormonlar gastrointestinal gormonlar deb nom olgan. Ichakning ingichka va 
yo‘g‘on qismlarida lokal mexanizmlarining regulatsiya roli yuqori - mahalliy 
mexanik va kimyoviy qitiqlovchilar ulaming ta’sir qilish joyida ichak faolligini 
kuchaytiradi. I. P. Pavlovning hazm qilish bezlari sekretsiya fazalari to‘g‘risidagi 
ta’Iimotiga ko‘ra, uning ikki: 1) murakkab reflektor; 2) asab-kimyoviy fazasi 
farq qilinadi. Murakkab reflektor faza shartli va shartsiz reflekslar yordamida, 
asab-kimyoviy - neyrogumoral mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Sekretsiya 
miya bilan bog‘Iiq fazaian boshlanadi va shartli (ovqatning ko‘rinishi, hidi va 
b.), shartsiz (og‘iz bo‘shlig‘i retseptorlarini qitiqlanishi) va ovqat reflekslari tipida 
bajariladi.
4. So‘Iak ajralishi va uning roli, tarkibi va xususiyatlari. Hazm qilishning 
boshlang‘ich bos-qichlarida so'lakning roli nihoyatda katta. So'iak uch nafar 
yirik so‘lak bezlari: quloq oldi, jag‘ osti va til osti va ko'pgina til yuzasida, 
tanglay va yuz shilliq qavatlarida joylashgan bezchalar tomonidan ishlab 
chiqariladi. Ishlab chiqariladigan shiraga qarab so‘lak bezlari uch turda bo‘ladi: 
seroz (uning sekretida shilimshiq - mutsin bo‘lmaydi); aralash (seroz - shilimshiq 
sekret ajratadi) va shilimshiq (mutsinga boy so‘lak ishlab chiqaradi). So‘lakning 
solishtirma og‘irligi 1001-1017, quloq oldi bezi aralash so‘lagi pH (5,81) jag‘ 
osti so‘lagi beziga (6,39) qaraganda kam. Aralash so‘lak 99,4 - 99,5% suv 
ushlaydi, qolgani quriq qoldiq. So‘lak tarkibida quyidagi fermentlar: amilaza, 
lipaza, proteinaza mavjud. Ovqat qabul qilinishi so‘lak ajralishini reflektor 
qo‘zg‘atadi. So‘lak ajralishi ovqat qabul qilishning hamma davrlarida davom 
etadi va u tamom bo‘lgandan keyin tezlik bilan to‘xtaydi. Signal og‘iz bo‘shlig‘i 
retseptorlaridan uch shoxli va ovqat asab tolalari orqali MAT ga uzatiladi. Asosiy 
so‘lak ajratuvchi markaz uzunchoq miyada joylashgan.
5. Me’daning ovqat hazm qilish funksiyasiga: ovqatni depolash, mexanik va 
kimyoviy ishlash, ovqat luqmasini asta-sekinlik bilan porsiyalarda ichakka 
evakuatsiyasini ta’minlash kiradi. Ovqat me’dada bir necha soatlar davomida 
to‘xtashi natijasida bo‘kadi, suyultiriladi, uning ko‘p komponentlari eriydi va 
so'lak, me’da shirasi fermentlari ta’sirida gidrolizga uchraydi. Me’da shirasi 
antibakterial ta’sir qilish xususiyatiga ega. Me’dada: 1) pepsin ishlab chiqaruvchi


asosiy hujayralar; 2) xlorid kislota ishlab chiqaruvchi qoplovchi hujayralar; 3) 
mutsin ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha hujayralar mavjud. Mukoidlar qatoriga 
gastromukoproteid (Kastl ichki omili) ham kiradi.
6. Sekretsiya - bu hujayraga kiruvchi moddadan maxsus, ma’lum funksional 
vazifaga qaratilgan mahsulotning (sekretning) hujayra ichida hosil bo'lishi va 
bez hujayralardan uning chiqarilish jarayoni. Sekret seretor yo‘llar va naychalar 
tizimi orqali oshqozon-ichak trakti bo‘shlig‘iga tushadi.
Me’da shirasi me’da bezi hujayralarida bir kunda 2-3 1 miqdorida ishlab 
chiqariladi. Bu bezlaming tuzilishi me’daning turli qismida har xil. Me’da 
shirasining faol komponentlari me’da tubi va tanasi bezlarida sekretsiyalanadi. 
Ulardan eng muhimi pepsinogen bo‘lib, u asosiy hujayralar, xlorid kislota 
qoplovchi (parietal) hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi, shilimshiq esa 
yuzaki epiteliy hujayralar, pilorik bezlar va qo‘shimcha hujayralar sekreti 
hisoblanadi. Zond yuborilganda olinadigan me’da shirasi shu moddalar 
aralashmasidan iborat; bundan tashqari u odatda so'lak va ayrim vaqtda o‘n ikki 
barmoq ichak ichidagi narsalami ham ushlaydi.
Nahorda me’da sekretsiyasi uncha ko‘p bo'lmaydi (5 -15 ml/soat). Bu 
sharoitda neytral yoki ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan va asosan suv, shilimshiq 
va elektrolitlardan iborat shira hosil bo‘Iadi. Ovqat qabul qilish taxminan 600- 
1200 ml tiniq, ozgina oq-sarg‘ish shira ishlab chiqarilishi bilan kechadi. Yuqori 
darajada sekretsiya bu holatda ovqat qabul qilishdan ozgina oldin boshlanadi va 
bir necha vaqtdan keyin tamom bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan bu shira qonga nisbatan 
deyarli izotonik. U ko‘p miqdorda HCL ushlashi tufayli juda kuchli nordon 
reaksiyaga ega (pH 0,8 -1,5). Unda pepsin (oqsil parchalovchi fermentlar 
qo ‘shilmasi - endopeptidazalar), mutsin (me’da shilimshig‘i), vitamin B,, 
shimilishi uchun zarur Kastl ichki omili va shuningdek lipaza kabi organik 
moddalar bor. Bundan tashqari «faol» shirada kationlar Na+, K \ Mg2' va anionlar 
H P O /S O , 4ham bor.
Adabiyot ma’Iumotlari va xususiy kuzatishlarini yakunlashtirgan YU. I. 
Fishzon - Riss bo‘yicha «ochlikdagi» me’da shirasi qoldig‘i ko‘rsatkichlari 
quyidagilar: me’da ichidagi narsalar hajmi 50 ml dan ko‘p emas; umumiy kislotalik 
40 - 60 titr. birlik (mmol/1), erkin HCL-20 - 40 titr. birlik.
7. Me’da devori silliq mushaklarining qisqarishi me’da motor funksiyasini 
amalga oshiradi. U qabul qilingan ovqatni me’dada deponirlanishini, me’da shilliq 
qavatiga yaqin joyda me’da shirasi bilan aralashishini, ichakka chiqish tomonga 
siljishini, me’dadagi narsalami o‘n ikki barmoq ichakka porsion evakuatsiyasini 
ta’minlaydi.
8. Ingichka ichakda ovqat hazmi oldin uning bo‘shlig‘ida (bo‘shliqda hazm), 
so‘ng ichak epiteliysi hududida fermentlar yordamida (devor oldi hazm) kechadi. 
Bo‘shliqda va devor oldi hazmi me’da osti bezi shirasi fermentlari, ichak fermentiari 
tomonidan amalga oshiriladi. Ichakda kechadigan hazmda o‘t muhim rol o'ynaydi. 
Ichakda hazmning ta’minlanishida o ‘n ikki barmoq ichakda kechadigan 
jarayonlar katta ahamiyatga ega. Hazmdan tashqari vaqtda, nahorda undagi


narsalar sust ishqoriy reaksiyaga (pH-7,2 - 8,0) ega. Me’dadagi kislotali 
narsalaming o‘n ikki barmoq ichakka o'tishi natijasida duodenum ichidagi narsalar 
kislotali bo‘lib qoladi, ammo keyin bu reaksiyaning tezlik bilan o'zgarishi 
kuzatiladi, chunki bu yerda me’da shirasi xlorid kislota o‘t, me’da osti bezi shirasi 
va duodenal bezlar, ichak kriptalari shirasi tomonidan neytrallanadi. Bunda me’da 
pepsini ta’siri to‘xtaydi. Duodenum ichidagi narsalar kislotaliligi qancha ko‘p 
bo‘Isa, shuncha me’da osti shirasi va o‘t shuncha ko‘p ajraladi va me’da ichidagi 
narsalaming o‘n ikki barmoq ichakka evakuatsiyasi ham shuncha sekinlashadi. 
Shu bilan bir vaqtda o‘n ikki barmoq ichakdagi narsalar ingichka ichakka yanada 
sekinroq o‘tadi.
28-mashg‘ulot
1. 
Buyraklar tuzilishi bo‘yicha bir turdagi tuzilmalar - nefronlar tizimidan 
iborat bo‘lib, ularning har biri alohida morfofunksional birlik hisoblanadi. Har 
bir buyrakda 1,3 mln. atrofida nefron bo‘ladi. Nefron ikki qismdan: qon olib 
keluvchi va olib chiquvchi arteriolalami o‘z ichiga oladigan kapillarlar halqasi 
(koptokcha) va siydik chiqaruvchi kanalchalardan iborat. Koptokchalaraing 
hammasi buyrakning po‘stloq qismida joylashgan, ammo ularning po‘stloq 
moddaning yuqori qismida lokalizatsiyalanganlari po‘stloq (80-85%), buyrakni 
chuqur qismida (buyrak ustunlarida) joylashganlari esa yukstamedullar (juksta 
yonida) yoki yukstamedullar koptokchalar (15 - 25 %) deb ataladi.
Buyraklar ekskretor a’zo bo‘iganligi uchun organizmdan azot almashinuv 
mahsulotlari - siydikchil, kreatinin, siydik kislota ortiqcha tuzlar va suvni, begona 
moddalarni organizmdan chiqaradi. Lekin buyrakning asosiy faoliyati suv va 
elektrolik almashinuvini regulatsiya qilishdan iborat, bu orqali organizmning 
o‘ta muhim konstantalari: tana qoni va suyuqliklari hajmi va osmotik bosimi 
saqlanadi. Bu jarayon ikkita gormon - buyrak usti bezi po‘stloq qismida ishlab 
chiqariladigan aldosteron va gipofiz orqa bo‘lagida hosil bo‘ladigan antidiuretik 
gormon (ADG) ta’siri ostida turadi. Aldosteron maxsus fermentlar yordamida 
kanalchalarda natriyning qayta shimilishini (reabsorbsiya) oshiradi, bu esa tana 
suyuqliklarida osmotik bosimning ko‘tarilishiga olib keladi. Keyin to‘qimada 
joylashgan osmoretseptorlardan reflektor reaksiyalar ishga kirishadi; ADG 
sekretsiyasi kuchayadi, u kanalchalarda suyuqlikning qayta shimilishini 
ko‘paytiradi, natijada osmotik muvozanat tiklanadi.
Buyraklar kislota - ishqor muvozanatining asosiy regulatori hisoblanadi. H* 
ionlari sekretsiyasi va ammiak sintezlanishi orqali kanaichalar suyuqligi har xil 
kimyoviy birikmalar nordon radikallarini neytrallaydi. Bu organizmda ishqoriy 
moddalarni saqlanishiga imkoniyat tug‘diradi va nordon radikallaming 
chiqarilishiga yordam beradi.
Buyraklar oqsillar, karbonsuvlar, lipidlar metabolizmi jarayonida va tizimli 
gemodinamikada ishtirok qiladi. Chaqaloqlarda buyrakda oqsil parchalanishi 
kechadi (Zufarov K. A. va b., 1987). Buyraklar inkretor funksiyani ham bajaradi: 
qator biologik faol moddalarni (eritropoetin, renin, vitamin D3 faol metaboliti,


prostaglandinlar va h. k.) ishlab chiqaradi. Bu biologik faol substansiyalar qon 
bosimining saqlanishi, eritrotsitlar hosil bo‘lishi, gemokoagulatsiya va boshqa 
funksiyalarga ta’sir ko‘rsatadi.
Buyraklaming qon bosimini regulatsiya qilishi renin va prostaglandinlar 
sekretsiyasi orqali am alga oshiriladi. Renin buyrak m ag‘iz moddasi 
yukstaglomerular apparatida ishlab chiqariladi. Keyin qonga tushadi, a - globulin 
(angiotenzinogen) bilan birikadi, natijada prekapillyar tomirlarga pressor effekt 
ko‘rsatuvchi angiotenzin hosil boiadi. Buyrakning miya moddasida aksincha 
antipressor effekt ko‘rsatuvchi A va E prostaglandinlar hosil bo‘ladi.
Buyraklar eritropoezga ta’sir qiladi, bu yukstaglomerular apparatda ishlab 
chiqariluvchi eritopoetinlar orqali bajariladi. Buyrak to‘qimasining gipoksiyasi 
eritropoetinlar hosil boMishini stimullaydi. Bundan tashqari buyraklar 
gemokoagulatsiyaga, ayniqsa, fibrinolizga ham ta’sir qiladi. Buyrak to‘qimasida 
(yukstaglomerular apparat) urokinaza fermenti hosil bo‘ladi. U plazminogenni 
faollashtiradi, uni fibrinoliz chaqiruvchi plazminga aylantiradi. Shuning uchun 
ham buyrak kasalliklarida burundan qon ketish, teri va ichak gemorragiyalari 
shaklida gemorragik sindrom kuzatiladi. Va nihoyat shuni ham aytish kerakki
yurak bo'lmachalari kardiomiotsitlarida buyrakda renin sekretsiyasi hamda diurez 
va natriyurezga ta’sir qiluvchi bo‘lmacha natriyuretik omili ishlab chiqarilishi 
to‘g‘risida ma’lumotlar bor (Postnov A. Yu. 1987).
2. 
Siydikning filtratsion - reabsorbsion - sekretor nazariyaga binoan hosil 
bo‘lishi koptok-chalarda filtratsiya jarayonidan boshlanadi. Ikkita buyrakda 1 
daqiqa davomida koptokchalar kapillarlari orqali qondan 120 ml/daq. atrofida 
(yoki bir kunda 1801) suyuqlik filtrlanadi, u tarkibi bo‘yicha qon plazmasining 
oqsilsiz ultrafiltrati («birlamchi» siydik) hisoblanadi. Kanalchalar tizimidan 
o ‘tishi natijasida koptokcha filtrati jiddiy o'zgaradi: kanalchalarda suv, 
elektrolitlar, glukoza qonga qayta shimiladi (reabsorbsiya), filtrat tarkibiga esa 
qondan kanalchalar hujayralari orqali sekretsiyalanadigan moddalar tushadi. 
Pirovard oqibatda buyraklar tarkibida moddalar konsentratsiyalangan, ya’ni 
organizmdan chiqarilishi kerak boigan suyuqlik («oxirgi» siydik) ajratadi.
Filtratsiya kapillar ichi qon bosimi ta’sirida amalga oshiriladi, shuning uchun 
qon bosimiga bog‘liq holda koptokcha filtrati hajmi ko‘payishi va kamayishi 
mumkin. AB 50-60 mm sim. ust. da siydik hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Koptokcha 
filtratsiyasi hajmi buyrakda qon aylanishiga ham bog‘liq. Agar siydik hosil bo‘lishi 
uchun material sifatida qon plazmasini hisobga oladigan bo‘ Isak, buyrakda hamma 
boshqa a’zolardan farq qiladigan qon aylanish xususiyati tushunarli bo‘lib qoladi. 
Tana og‘irligining 1% dan kam miqdormi tashkil qiladigan buyraklar qonning 
daqiqali hajmining 20-25% ni o‘ziga oladi. Bu boshqa a’zolarda qon aylanishidan 
20 marta ortiqdir. Qon oqib kelishining kamayishi siydik hosil bo‘lishining 
qisqarishiga olib keladi.
«Oxirgi» (defmitiv) siydik buyrak jomlariga, so‘ng siydik naychasi orqali 
porsiyalarda siydik pufagiga tushadi. Siydik pufagi mushaklarining qisqarishi uning 
siydikdan bo'shashiga olib keladi, natijada siydik ajratuvchi kanal orqali siydik


vaqtida tashqariga chiqariladi. Me’yorida odamda qabul qilingan suyuqlik 
miqdoriga qarab siydik ajralishi bir kecha-kunduzda 
4-6
marta sodir bo'ladi. Bir 
kunda ajraladigan siydik miqdori (diurez) 1000 dan 2000 ml atrofida bo‘lib, o‘rtacha 
qabul qilingan suyuqlikning 50-80% ni tashkil qiladi. Siydikning kundalik miqdori 
500 ml dan kam va 2000 ml ko‘p bo'lsa, u patologik hisoblanadi.
3. 
Klirens (inglizcha «clear» - «tozalash») yoki ma’lum moddadan tozalash 
ko'rsatkichi deganda qon plazmasining shunday miqdori tushuniiadiki, uni 
buyrakiar shu moddadan 1 daqiqa ichida tozalash imkoniyatiga ega bo‘lishi 
kerak. Klirens qonda sirkulatsiya qiladigan endogen moddalaming (masalan, 
endogen kreatinin) yoki qonga maxsus yuboriladigan ekzogen moddalaming 
(masalan, inulin va h.k.) ajralishi bilan aniqlanadi. Klirensni hisoblash uchun 
quyidagi formula qo‘llaniladi:
M
С
x D mVdaq: С - tozalash ko‘rsatkichi - klirens, M - siydikdagi
К 
modda miqdori, К - qondagi modda miqdori, D - bir daqiqali diurez.
Tozalash ko‘rsatkichi har xil moddalar uchun bir xil emas. Masalan, mulinning 
o‘rtacha klirensi 120 ml/daq, siydikchil 70 ml/daq, fenolrot 400 ml/daq. Bu farq 
shu bilan tushuntiriladiki, inulin filtratsiya orqali chiqariladi va qayta 
reabsorbsiyalanm aydi; siydikchil filtrlanadi, shu bilan birga qisman 
reabsorbsiyalanadi. Fenolrot esa kanalchalarda faol sekretsiyalanish orqali ajraladi 
va qisman filtrlanadi.
Koptokchalaraing haqiqiy 

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish