O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

 
6.2. Ipoteka bozori modellari va qo
ʻ
llanish xususiyatlari 
Ipoteka amaliyotining yuzaga kelishi Qadimgi Gretsiyada yerga 
egalik qilish va quldorlik bilan oʻzaro bogʻlanadi. Bunda qarzga yer 
olgan shaxs oʻz vaqtida qarzini qaytara olmagan holatda qullikka 
olingani manbalarda qayd etiladi. Qadimgi Rim, umuman Yevropada 
esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan boshlab qoʻllanilganligi taʼkid-
lanadi.
Ipoteka kreditlari boʻyicha qayta moliyalashtirish tizimi Amerika 
qoʻshma shtatlarida 1930-yillardan boshlab keng qoʻllanila boshlan-
gan. Aynan shu davrdan boshlab mamlakatda ipoteka kreditlash 
amaliyotini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar, 
shu jumladan ipoteka agentliklari tashkil etiladi. AQSHda ipoteka 
kreditlari bozori rivojlangan ipoteka obligatsiyalari bozori asosida 
faoliyat yuritadi. Chunki ipoteka obligatsiyalari ipoteka kreditlashini 
amalga oshirishda banklarning qayta moliyalashtirishini taʼminlaydi.
Rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtgan ipoteka bozori amaliyotida 
bugungi kunda banklar eng faol ishtirokchiga aylangan. Keltirilayot-
gan bu jihatlar ipoteka bozori modellari shakllanishiga xizmat qilgan.
Bunda “uchta model ajratib koʻrsatiladi: anʼanaviy model (bitta 
bosqichli, yevropa modeli), ikki bosqichli model (amerika modeli) 
hamda ssuda-jamgʻarma modeli”.
29
Ipoteka bozori boʻyicha anʼanaviy model (bitta bosqichli, yevropa 
modeli) bankning taʼminlangan obligatsiya tipidagi qimmatli 
qogʻozlarni mustaqil chiqarishi va shu asosda garovga qoʻyilayotgan 
koʻchmas mulkni kreditga berishi bilan tavsiflanadi. Bu model nemis 
modeli deb ham ataladi. Mablagʻlar jalb qilish va kredit berish 
muddatlari oʻrtasida vaqtinchalik farq mavjudligi, bank uchun kredit 
29
Гусева И.А.
Финансовые рынки и институты. М.: Юрайт, 2018. С. 109-111. 


106 
va foiz riskining yuqoriligi kabilar mazkur modelning kamchiliklari 
hisoblanadi. Lekin bu model asosida ipoteka kreditlashni tashkil etish 
nisbatan jahon amaliyotida keng qoʻllaniladi. Uning keng qoʻllanilishi 
sabablaridan biri Yevropada umumiy amaliyot sifatida uzoq muddatli 
kreditlar boʻyicha suzib yuruvchi foiz stavkalari, banklar uchun eng 
yuqori riskni chegaralash kabilarning qoʻllanilishidir. Yevropada 
ipotekaga asoslangan eng yirik obligatsiyalar bozori Germaniya 
bozoridir. Koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni moliyalash-
tirish uchun nemis ipoteka banklari chiqaradigan obligatsiyalar keng 
jamoatchilik oʻrtasida savdoga chiqariladi.
Ikki bosqichli model (amerika modeli) ipoteka bozorining berilgan 
ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish koʻchmas mulk bilan 
taʼminlangan ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozori hisobiga amalga 
oshirilishi bilan tavsiflanadi. Bu modelning asosida risklarni 
taqsimlash gʻoyasi yotadi. Ipoteka krediti beruvchi bank uni 
sekyuritizatsiya oʻtkazish uchun tashkil etilgan maxsus tashkilotlar, 
yaʼni ipoteka agentlariga sotadi. Ipoteka agentlari oʻz navbatida 
ipoteka qimmatli qogʻozlarini chiqaradilar va ularni bozorda sotadilar 
hamda bankni qayta moliyalashtiradi. Natijada ipoteka krediti bank 
balansidan chiqarilib, ipoteka balansiga kirim qilinadi. Kredit 
oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bankda bu amaliyot boʻyicha hech qanday 
risk qolmaydi va yangi moliyalashtirishga ega boʻladi. Amaliyot 
natijasida foydaning bir qismiga ipoteka agentiga taqsimlanadi. 
Agarda kredit boʻyicha defolt (qaytamaslik) holati yuzaga keladigan 
boʻlsa, zarar ipoteka agenti zimmasiga tushadi. 
Amerika qoʻshma shtatlarida ipoteka agentlarining keng tarmogʻi 
mavjud boʻlib, ulardan eng yiriklari Uy-joy ipoteka krediti federal 
korporatsiyasi (Federal Home Loan Mortgage Corporation, Freddie 
Mac), Federal milliy ipoteka assotsiatsiyasi (Federal National Mortga-
ge Association, Fannie Mae), Davlat milliy ipoteka assotsiatsiyasi 
(Government National Mortgage Association, Ginnie Mae) kabilar 
tilga olinadi.
Ssuda-jamgʻarma modelida ipoteka kreditlarini qayta moliyalash-
tirish ipoteka qimmatli qogʻozlari hisobiga emas, balki aniq maqsadli 
yoʻnaltirilgan tartibda tashkil etiladigan oʻzaro yordam kassalari 
tamoyili boʻyicha kelgusi qarz oluvchilarning jamgʻarmalarini jalb 


107 
qilish hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, Fransiyada uy-joy 
jamgʻarma hisobraqamlarining bir necha turlaridan foydalaniladi. 
Bunda 150 ming yevro miqdorida ipoteka kreditlari olishga 
daʼvogarlik qilish uchun 100 ming yevrogacha mablagʻ jamgʻarish 
mumkin boʻlgan jamgʻarma omonatlari – jamgʻarma daftarchalari 
amal qiladi. Bunda asosiy shart sifatida jamgʻarma omonatlari miqdori 
belgilangan koʻrsatkichga yetishiga eʼtibor qaratiladi. Ipoteka krediti 
olishning yana bir usuli uy-joy jamgʻarmasi rejasini roʻyxatga olish va 
jamgʻarma 400 ming yevroga yetgach, 600 ming yevro miqdoridagi 
ipoteka krediti olishga ariza taqdim etish mumkinligi bilan izohlanadi. 
Bundan koʻrinib turibdiki ipoteka bozorida ikkala tomon, yaʼni qarz 
oluvchi qarz beruvchining birgalikdagi faoliyati koʻzga tashlanadi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish