O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


Bunda uzoq davrni ichiga olgan statistik maʼlumotlarga



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

8. Bunda uzoq davrni ichiga olgan statistik maʼlumotlarga 
tayanib portfel yoʻqotishlarining empirik ehtimolli taqsimotini 
aniqlanadi. Keyin mos keladigan kvantildan keltirib chiqish orqali 
VaR qiymatini aniqlanadi. Bu yondashuv ...
a) Retrospektivsimulyatsiya (Historical Simulation) usuli; 
b) Variatsion-kovariatsion (delta-normal, korrelyatsion, paramet-
rik, analitik) usul;
d) Parametrik yondashuv;
e) FMonte Karlo Simulyatsiyasi usuli. 
 
9. Potensial (istiqboldagi mumkin boʻlgan) yoʻqotishlarni qan-
cha davr oraligʻi uchun hisoblanishni anglatadigan muddat –nima 
deb ataladi? 
a) risk gorizonti; 
b) foiz riski; 
d) riskni baholash; 
e) kredit riski. 
 
10. Bazel kelishuviga muvofiq VaRning risk gorizonti necha 
kunni tashkil etadi.
a) 10 kun; 
b) 12 kun; 
d) 15 kun; 
e) 20 kun. 


199 
 
 
 
XII BOB. FOND BIRJALARI VA FOND BOZORI 
ISHTIROKCHILARI 
 
12.1. Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi 
Oʻzbekiston Respublikasida fond birjasi faoliyati 12.09.2014 yilda 
qabul qilingan OʻzRQ-375 sonli “Birjalar va birja faoliyati” toʻgʻrisida 
qonunning yangi tahriri orqali tartibga solinadi. Ushbu qonun 
birjalarning tashkil etilishi va faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni 
tartibga soladi. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” qonunga 
muvofiq, 
birja 
– oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, 
belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik 
shaxs. Qonunning 3–moddasiga koʻra, birjalar belgilangan tartibda 
litsenziya olganidan keyin birja faoliyatini amalga oshirish huquqini 
qoʻlga kiritgan va oʻz nomida “birja” soʻzidan foydalanishlari lozim 
boʻlgan yuridik shaxslardir. 
Birjalar oʻz faoliyatini tovar-xomashyo, fond va valyuta birjasi 
turida amalga oshiradi. Birja oʻz ustav hujjatlariga ega boʻlishi kerak 
va bu hujjatlar quyidagilardan iborat: 
- birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri, 
elektron pochta manzili; 
- birja ustav fondining miqdori; 
- birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal 
qiymati, turlari; 
- birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, 
taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu 
organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari. 
Fond birjasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda bir qator huquqlarga 
ega: kotirovkalash; arbitraj; listing; nazorat va boshqa birja 
komissiyalarini tashkil etish; birja tovarlari narxlari birja tomonidan 
belgilangan chegaraviy miqdordan oʻzgarib ketsa, birja savdolarini 
toʻxtatish; qonun hujjatlariga muvofiq tanlov, kimoshdi, koʻrgazma-
yarmarka savdolarini, davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil 


200 
etish hamda oʻtkazish; birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari ham-
da boshqa axborot va reklama materiallarini chiqarish; birja savdo-
larini tashkil etish; birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati 
asosida ularni kotirovkalash. 
Fond birjaning oʻz majburiyatlari ham mavjud. Ularga quyidagi-
larni kiritishimiz mumkin: savdo maydonchalarida va seksiyalarda 
birja savdolari oʻtkazish joyi hamda vaqti toʻgʻrisida birja aʼzolarini 
oʻz vaqtida xabardor qilish; birjada tuzilgan bitimlarnining bajarilishini 
taʼminlash uchun shart sharoitlar yaratish; birja aʼzolarining va ular 
mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish hamda 
hisobga olish, shuningdek bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlar 
orqali ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob kitoblarni amalga oshirish; birja, 
birja aʼzolari va ularning mijozlari pul mablagʻlarining alohida-alohida 
hisobini yuritish; muntazam ravishda oʻz rasmiy veb-saytida birja 
tovarlarining kotirovkalarini joylashtirish, shuningdek birja aʼzolarini 
har bir birja savdosining yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilib borish. 
Fond birjaning faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va 
tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining 
narxlarini ushbu bozorda shakllantirishdan tashkil topadi. 
Quyidagi rasmda fond birja tamoyillarini koʻrib chiqishimiz 
mumkin. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish