O ‘ zbek tili



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,85 Mb.
#222240
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
ozbek tili 10

Mehrobdan chayon
(romandan parcha)
Anvar supada o‘rda yumushlaridan ba’zisini tahrir qilish bilan mashg‘ul ekan, 
ichkaridan  Ra’no  chiqib  keldi.  Go‘yo Anvar  Ra’noning  kelishidan  xabarsizcha 
o‘z ishiga qattiq berilgan edi. Ra’no ohistagina Anvarning yoniga kelib, supaga 
suyandi, ikki qo‘li bilan iyagini ko‘tarib, oraliqdan Anvarning tahririga qaradi. 
Anvar ham muloyimgina kulimsib Ra’noga ko‘z qirini tashlab olgach, go‘yo ilti-
fotsiz, yana qalamini qoralab, qog‘oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. Ammo uchinchi 
kalimaga o‘tganda qalami qo‘lida o‘ylanib qoldi va boyagidek yonidagiga kulim-
sib qaradi. Ra’noning ham ko‘zi unga to‘qnashib bir oz bir-birlariga kulimsiragan 
holda tikilishdilar...
– Nega to‘xtadingiz, yoza bering!
– Sening qilgan ishing doim shunday, Ra’no!
– Masalan?
–  Masalan...  Hamisha  ish  chog‘ida  kelib,  fikrni 
bo‘lasan.
–  Men  oraga  so‘z  aralashtirdimmi?..  Yoza  bering, 
men shunday qarab tura beraman.
Anvar Ra’noga o‘nglanib o‘tirdi.
– Foydasi yo‘q, endi fikrni o‘g‘irlading!
– Men fikr o‘g‘risi emasman... Qani yozing!
Anvar qo‘lidagi yozilgan qog‘ozni qo‘yib, ikkinchi 
oq qog‘ozni oldi.
– Endi boshqa narsa yozaman!
– Mayli, yozing!
– Sen ham javob yozsang, xo‘pmi?
– Xo‘p.
– Tunov kundagidek javob topolmasang nima qilay?
Ra’no supaga oyoq solintirib o‘tirib oldi.
– Yuzimga bir shapaloq uring, lekin saj’ va qofiyasi oson bo‘lish sharti bilan!
– Ma’qul! –deb kuldi Anvar va Ra’noga qaragan holda o‘ylandi. Bu
o‘ylanishdan Ra’no qoshlarini chimirib e’tiroz etdi:
– Ko‘p o‘ylamang!
Anvar javob berish o‘rniga qalamini qoralab yozdi:
Agar Farhodning Shirin, bo‘lsa Majnunlarning Laylisi,
Nasib etmish menga gulshan aro gullarning «Ra’no»si.
Anvarning  qalamidan  qog‘ozga  tushib  borgan  so‘zlarni  ta’qib  etgan  Ra’no, 
116


O‘zbek tili 10-sinf
 Uyga vazifa. Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering.
qog‘ozdan ko‘zini olib, qizarindi va bosh chayqab teskari qaradi.
Qani javob, Ra’no!
Ra’no shu ko‘yi bir oz Anvarga qaramay turdi va qayrilib uning qo‘lidan qalam-
qog‘ozni oldi va:
– Uyat qilmaysizmi? – deb so‘radi.
– Mening yozganimni sen uyat qilmasang, men ham sening yozganingni uyat 
qilmayman. Lekin shart shuki, mening ikki yo‘limga ayni javob bo‘lsin!
Ra’no biroz o‘ylanib, Anvardan yashirincha yozdi:
Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin,
Ne baxt, Ra’no, xaridoring talab ahlining mirzosi.
Ra’no  yozuvini Anvarning  oldiga  tashlab,  qizargan  va  kulimsiragan  holatda 
chopib gullar yoniga ketdi. Anvar javobni o‘qib zavqlandi:
– Ofarin, Ra’no, lekin birovning ustidan ortiqcharoq mubolag‘a qilibsan!
Ra’no gullar yonidan Anvarga jiddiy qaradi:
– Siz ham mubolag‘a qilgan edingiz!..
– Meniki mubolag‘a emas! – dedi Anvar,–masalan, sen hozir gullar yonidasan 
ham chindan-da gullarnnng ra’nosisan... Mana, men yana yoza boshladim. Javob-
ga hozirlan, Ra’no!
Ra’no yugurib Anvarning yoniga keldi va uning qalamidan tomgan so‘zlarni 
o‘qib bordi:
Hamisha xavfda ko‘nglim bu muhabbat intihosiga,
Meni ham etmasa majnun debon Ra’noning savdosi.
Ra’no keyingi misrani o‘qib o‘ylanib qoldi. Anvar hozirgi Ra’noning o‘ychan 
ko‘ziga anchagina tikilib turgach, kulimsidi:
Javobi qiyin keldimi, Ra’no?
– Qalamni bering! – dedi Ra’no o‘pkalagan qiyofada qo‘l uzatib,–o‘ylagani 
ham fursat bermaysiz!
... Yozdi:
Muhabbat jomidin no‘sh aylagan ahli zako bo‘lmush,
Fununi tibda majnundir kuysa kishining safrosi.
– Engding, Ra’no! – dedi Anvar,– lekin keyingi misrada bir xato qilding...
– Masalan?
– Tibning aytishicha, safro emas, qon kuysa, kishi jinni bo‘ladi...
– Qonning buzilishiga avval safroning kuyishi kerak, safro kuymay turib qon 
buzilmaydi... Xo‘sh, yana yozasizmi, yoki yengildingizmi?
– Engildim...
117



Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish