Uyga vazifa. Berilgan jadvalni to‘ldiring va qo‘shma gaplar haqida nimalarni
bilib olganingiz, yana nimalarni bilmoqchiligingizni yozing.
Bilar edim
Bilib oldim
Bilmoqchiman
...
...
...
daraxtlari o‘sar, qulupnay va rezavor o‘simliklar ekilar edi. Bular yozi bilan
galma-gal pishib yetilar va dasturxonimizni bezar edi. Bog‘imiz shunday faro-
von bo‘lishidanmi, yozda dadam vaqtini uyda dam olish, ekin-tekinlarga qarash,
qarindosh-urug‘larnikiga qovun va bog‘ sayliga borish bilan o‘tkazar edilar.
Habibulla Qodiriy
114
O‘zbek tili 10-sinf
Adabiy o‘qish
Abdulla
Qodiriy
(1894-1938)
O‘zbek adabiyotining yirik namoyanda-
si, o‘zbek romanchiligiga asos solgan, o‘tkir
iste’dod egasi Abdulla Qodiriy (Julqun-
boy) 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida
tug‘ildi. Adibning ilk ijodi «Oyna» gazetasi-
da bosilib chiqqan «Ahvolimiz», «Millatim-
ga», «To‘y» kabi she’rlardan boshlangan. U
ma’rifatparvar va millatparvar shoir va adib
sifatida maydonga chiqdi. Uning «Baxtsiz ku-
yov» nomli fojeasi, «Juvonboz», «Uloqda» kabi hikoyalarida ham o‘z xalqini savod-
li, bilimli, madaniyatli va ozod ko‘rish istagi sezilib turadi. Abdulla Qodiriy Moskva
jurnalistlar institutida tahsil oldi. So‘ng «Mushtum» jurnalida shtatsiz muxbir bo‘lib
ishlay boshladi.
Abdulla Qodiriyning birinchi o‘zbek romani. «O‘tkan kunlar» uch bo‘lim holida
kitob bo‘lib nashr etildi. Yozuvchining ikkinchi tarixiy romani «Mehrobdan chayon»
nashrdan chiqdi. Abdulla Qodiriy qishloq xo‘jaligi mavzusiga bag‘ishlangan «Obid
ketmon» qissasini yaratdi. Biroq asarlari bilan xalq orasida yuqori obro‘ qozonib, niho-
yatda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan noyob iste’dod egasi Abdulla Qodiriy qatag‘on
qilinib, ijodining eng gullagan vaqtida 44 yoshida otib o‘ldirildi. Uning asarlari 1956-
yildan keyingina yangidan nashr etila va erkin o‘qila boshlandi. Uning asarlari asosida
badiiy filmlar yaratildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Abdulla Qodiriyning nomini abadiylashtirish-
ga qaratilgan qator farmonlar berildi. 1990-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Respub-
lika Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkentdagi eng katta xiyobonlardan biri, qator
ko‘chalar, maktablar, mahallalar va oliygohlar uning tabarruk nomi bilan ataladi.
Uning nomi bilan yuritiladigan Toshkent davlat madaniyat institutida Abdulla Qodi-
riy nomidagi stipendiya ham beriladi.
115
7-topshiriq. Matnni o‘qing. So‘zlab bering va savollar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |