Bilib oling!
Tinish belgilari
1. Tire ( – )
2. Qo‘shtirnoq – (« »)
3. Qavs – ( )
Tire quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog‘lamasiz
birikkan ega va kesim orasiga:
O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. O‘qish –
hayotni uqish.
2. Uyushiq bo‘laklardan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin:
Akam,
opam va singlim – barchasi meni kutib o‘tirishgan ekan.
3. Ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak orasiga:
Men – Rustam Omonov,
1965-yil Andijonda tug‘ilganman.
4. Kirish gap bilan gap bo‘laklari orasiga:
Tunov kuni ovchi – men uni o‘rmonda
uchratib qoldim – menga bir qiziq voqeani so‘zlab berdi.
5. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida:
– Bugun kelasizmi? – so‘radi qizi.
6. Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda:
– Keldimi? – Keldi.
7. Kutilmagan voqea– hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin:
Kecha xolamlar-
nikiga borgan edim – Anvarjon kelibdi.
8. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida:
Jismimiz yo‘qolur –
o‘chmas nomimiz.
Qo‘shtirnoq.
1. Ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun: «Ertaga kelaman», – dedi.
2. Ko‘chma ma’nodagi, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va
so‘z birikmalari ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: «Tog‘ asali»
sotadigan
yigit… dovonning narigi tomoniga o‘tib ketdi.
Qavs.
1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi
So‘zlar yoki iboralar qavsga olinadi: Botirjon (sinfimizning o‘quvchisi) oliy
o‘quv yurtiga kiribdi.
2. Kirish gaplar qavs bilan beriladi: ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni
bitirdi.
3. Misol yoki ko‘chirmaning manbai: … Eshik qars etib yopildi. (O.Y.)
1-mashq. Berilgan gaplarda tinish belgilari qayerda ishlatilganligiga e’tibor
berib ko‘chiring.
146
O‘zbek tili 10-sinf
1. Bu Navoiyning «Xamsa» asarimi deb so‘radi Komila. 2.
Bolalarning xulqi,
odobi, yurish-turishi, do‘stlari orasidagi mavqeiga doimo qiziqib turish kerak. 3.Biz
sayohatga chiqar ekanmiz! 4.
Kutubxonada Navoiy, Bobur, Furqat – kabi buyuk
shoirlarimizning asarlari bor. 5. Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi?!
6. U
darsda javob beradimi, bermaydimi buyog‘i bizga qorong‘i.
2-mashq. Berilgan gaplarda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yib
yozing.
1. Salom sizga// yuksak tog‘lar// 2. Yaxshilar// uni eslang// 3. Bilimlining kuc-
hi mingga yetar// bilimsizning kuchi birga yetar// 4.
Sinov imtihonlariga qanday
tayyorlanayapsiz// 5. Ha // bu gapingiz to‘g‘ri// 6. Biz// yoshlar// ota-bobolarimiz
qoldirgan bebaho merosni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz kerak// 7.
Men sizga ayt-
sam// odamning yomoni bo‘lmaydi// 8. Mendan rozimassiz// bilaman// kechirmay-
siz// 9. // yo‘l bo‘lsin//
Do'stlaringiz bilan baham: