O‘zbek tili 10-sinf
Dunyoda ko‘rgani
shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga
alam qilar,
tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!
***
Inson
qalbi bilan hazillashmang siz,
Unda
millat yashar, unda til yashar.
Unda ajdod faxri yashaydi so‘zsiz,
Unda istiqomat qiladi bashar.
Inson qalbi bilan hazillashmang siz.
Unda
ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,
Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu qalb daf’atan! ...
Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. «Tilla baliqcha» she’rini yod oling.
2. Ko‘chirma gapga misol keltiring va qanday yozilishini tushuntiring.
3. O‘zlashtirma gapga misol keltiring va yozilishini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: