o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand davlat universiteti
2007-yil 12-yanvar №131
Universitet xiyoboni, 15.
MA’LUMOTNOMA
To‘xtasinov Abduhakim Shomurodovich Samarqand davlat universitetining
tarix fakultetining to‘rtinchi kursida o‘qiydi.
Ma’lumotnoma Samarqand viloyati Narpay tumanidagi “Mang‘it”
mahallasiga taqdim etish uchun berildi.
SamDU talabalar
bo‘limi boshligi: imzo Hasanov O.U.
Muhr
TOPSHIRIQLAR
1. Mavzu va uning zaruriy qismlarini o‘qib chiqing.
2. Mavzu bo‘yicha tushunganlaringizni og‘zaki hikoya qiling.
3. Mavzu bo‘yicha bir necha ma’lumotnoma namunalarini tuzing.
Tarix fakulteti 3-kurs talabalari uchun
“
Terminologiya va davlat tilida ish
yuritish asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot. 10-mashg‘ulot. 2 soat.
Mavzu:
Yangi alifboda hujjatlar tayyorlash.
Reja:
1.
E’lon.
2.
Reklama.
3.
Majlis bayoni.
4.
Bildirishnoma,
ularning vazifasi, zaruriy qismlari, turlari, bu
hujjatlarning namunalari ustida ishlash.
Qo‘llaniladigan taq’lim texnologiyalari:
dialogok yondashuv, muammoli
ta’lim, Venn diagrammasi, baliq skeleti chizmasi.
E’LON
Ma’lum bir korxona, muassasa, tashkilotda o‘tkaziladigan
biror-bir tadbir,
yig‘ilish, majlis, uchrashuv, kecha, konsert, anjuman, suhbat, ma’ruza, shuningdek
o‘qishga, ishga, hunar o‘rganishga qabul qilish, xizmat turlarini tavsiya etish va
boshqa shu
kabilardan ishchi-xodimlarni, talabalar va o‘quvchilarni, keng aholini
xabardor qilish uchun qo‘llanadigan yozma hamda og‘zaki axborot turi.
E’lonlarni ham mazmuni va vazifasiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin. 1.
Xizmat e’lonlari. 2. Shaxsiy mavzudagi e’lonlar. Bugungi kunda radio,
televideniye,
Internet, gazeta, jurnallarni reklama va e’lonlarsiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Ularda ijtimoiy-ommabop xizmat e’lonlari bilan bir qatorda shaxsiy
mazmundagi e’lonlar ham kam emas. E’lon va reklamalar ko‘rsatiladigan xizmat,
bajariladigan ish,
amalga oshiriladigan tadbirlar, sotiladigan, almashtiriladigan
mahsulotlar haqida tezkor va muhim ma’lumotlar
beribgina qolmasdan, turdosh
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot,
muassasalar o‘rtasida ijobiy raqobat yuzaga kelishi uchun ham xizmat qiladi.
Matbuot sahifalarida beriladigan yoki jamoat joylarida
chiqarib quyiladigan
e’lonlar mazmunan va hajman turli-tuman bo‘lsa-da, ular uchun umumiy bo‘lgan
zaruriy qismlar mavjud. Ular quyidagilar:
– axborot nomi – e’lon;
– e’lon qilinayotgan tadbirning o‘tkazilishi vaqti va joyi;
– tadbir haqida qisqacha ma’lumot;
– e’lon beruvchi tashkilot nomi, manzili, telefoni.
Do'stlaringiz bilan baham: