2004 yildan boshlab barcha qishloq xo’jaligida yer uchastkalaridan
foydalanishning ijara shakli joriy etildi; yer uchastkalari 30 yildan 50 yilgacha
ijaraga berilishi belgilab qo’yildi. Bunda paxta-g’allachilik yo’nalishidagi fermer
xo’jaliklarining eng kam maydoni 30 ga, sabzavotchilik, bog’dorchilik
yo’nalishidagi fermer xo’jaligining eng kichik hajmi 5 gektar qilib belgilandi;
yer uchastkalaridan foydalanish huquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi;
Iqtisodiyotning barqaror rivojlantirishda qishloq xo’jaligi, xususan
chorvachilik muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda aholining chorvachilik
mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda go’sht, sut, tuxum, baliq va
boshqa mahsulotlar ko’payishini ta’minlashga ustivor vazifalardan biri bo’lib
hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23
martda qabul qilingan ―Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva
mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora – tadbirlari to’g’risida‖gi hamda
2008 yil 21 apreldagi ―Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva
mollar ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik
mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora –
tadbirlar to’g’risida‖gi qarorlari muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
Aholiga qulay bo’lgan joylarda zooveterinariya, yem sotish va boshqa
servis xizmatlari ko’rsatish bo’yicha infratuzilmalar tarmog’i yangidan tashkil
qilindi. Eng asosiysi shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarida chorvachilikni
rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi va tijorat banklari tomonidan qoramol sotib olish uchun
mikrokreditlar ajratish masalasi hal etildi.
Chorvachilikda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida, barcha toifa
xo’jaliklarda qoramollar soni 2010 yilda 9093,7 ming boshga yetkazilib, 1991
yilga nisbatan 3981,1 ming boshga yoki 77 foizga, shu jumladan sigirlar soni
3763,6 ming boshga yetkazilib, 1991 yilga nisbatan 1643,6 ming boshga yoki 77
foizga ko’paydi.
Ana shu davrda barcha toifa xo’jaliklarda qo’y va echkilar soni 5231 ming
boshga yoki 52 foizga, parrandalar 2532,9 ming boshga yoki 7 foizga ko’paygan.
Shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida qoramollar bosh soni 1991 yilga nisbatan
2010 yilda 5018,1 mingtaga yoki 144 foizga, shu jumladan sigirlar 1876,4
mingtaga yoki 111 foizga, qo’y va echkilar 7366,2 yoki 154 foizga, parrandalar
11717,0 mingtaga yoki 108 foizga ko’paygan.
Chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklarida ham chorva mollari
va
parrandalar
bosh
sonining
ko’payishiga
erishilgan.
Respublikadagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarida 2006 yilda
qoramollar bosh soni 375,6 ming boshni tashkil qilgan bo’lsa, 2010 yil yakuni
bo’yicha ular 501,7 ming boshga yetkazilib, to’rt yilda 126,1 ming boshga yoki 34
Bajardi
Rahbar
Yusupov A
Karimov A
Do'stlaringiz bilan baham: