Yagona iqtisodiy axborot tizimi uchun hozirgi kunda lokal hisoblash
tizimi va telekommunikatsiya ta’minoti juda muhim hisoblanib, quyidagilarni
amalga oshirishni talab qiladi:
• respublika apparatida 200 dan kam bo'lmagan kompyuterlaming
birdaniga ulanishi va 10 dan kam bo'lmagan
foydalanuvchilaming quyi
tizimlarda mavjud bo'lishi;
• tarmoq uskunalari sifatida zamonaviy yuqori tezlikdagi tarmoq
texnologiyalaridan foydalanishning tashkil qilinishi;
• virtual tarmoqlar bo'yicha trafiklami uzatish holati;
• lokal hisoblash tarmog'i ishtirokchilarini global tarmoqqa 64 Kbt/s.
dan 2 Mbt/s gacha tezlikda ulanish imkoniyati;
• hududiy taqsimlangan tarmoq va lokal hisoblash tarmog'i yordamida
ma’lumotlarni sifatli uzatishning ta’minlanishi.
Shunday qilib, yagona iqtisodiy axborot tizimini bosqichma-bosqich
iqtisodiyotga joriy qilish milliy axborot tizimini yaratishga olib keladi.
1.4. Axborot-kommunikatsiya bozorining jamiyat
iqtisodidagi roli
So'nggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar
axborot
faoliyatining ko'p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan
bo'lib, bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan.
Axborot-kommu-
nikatsiyalar bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi o'tgan
asr 50-yillarining ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning
ushbu tarmog'i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo'lib
hisoblanmoqda. Chunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun
zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab etilmoqda.
Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur bo'lgan
turli axborot, tahliliy materiallar va ulami tezkor
usulda olish axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga
erishilmoqda.
Barcha mamlakatlarda telekommunikatsiya axborot tarmoqlari keng
tarqalayapti. Ayniqsa „Internet" axborot tarmog'ining salmog'i kundan-
kunga
ortib borib, dunyo bo'yicha global axborot infratuzilmasi, uning
asosida esa axborotlashgan jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan:
a) xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan
shaxsiy kompyuterlar har
bir xonadonga kirib bormoqda;
b) axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti.
Jumladan: tarmoqda ishlash,
tarmoq muhitida dam olish, ijod va ko'ngil
ochish. tarmoqda maorif va tarbiya;
23
d) jamiyatning har bir a’zosi qaerda bo'lishidan qatiy nazar axborot
tarmoqlari asosida xohlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda
yo'nalishdagi axborotni to'liq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega
bo‘lmoqda;
e) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar o'rtasidagi georgrafik va
geosiyosiy chegaralar yo‘qolib borayapti.
Mutaxassislaming
fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuter
lashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbayiga kirishga keng
imkoniyat yaratadi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot
mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta ’minlash orqali ularni
ko‘p mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan
jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish jarayoni tubdan o'zgaradi, balki hayot
mazmuni, xususan, moddiy boylikka qaraganda madaniy hordiq chiqarish
ning ahamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga
yo'naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda ko'proq
aqliy mehnat ulushini
orttiruvehi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi
va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va
tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari
axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi bo'lib xizmat
qiladi. Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar
ushbu jamiyat shakllanishining negizi sanaladi.
Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar bo'lib axborot
Do'stlaringiz bilan baham: