Ю-ВОВ. KOMPYUTER TARMOQLARI
1 0 .1 .
Kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish tam oyillari
Bugungi kunda kompyuterlarni qo‘llashda ko'pgina foydalanuvchilar
uchun yagona axborot fazosini (makonini) ta’riflovchi
kompyuter
tarmoqlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash talablarini qondiruvchi
yagona tizimga uzatish kanallari orqali ulangan kompyuterlar va terminallar
jamlanmasiga kompyuterlar tarmog'i deyiladi.
Tarmoqqa ulangan kompyuterlar tarmoqdagi qimmatbaho resurslarga
— katta hajmli tashqi xotira, printerlar,
asosiy xotiradan birgalikda
foydalanishga, umumiy bo'lgan dasturiy vositalarga va ma’lumotlarga ega
bo'ladi.
Kompyuter tarmoqlarining asosiy maqsadi foydalanuvchining taq
simlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishini
ta’minlash va tarmoqqa ruxsatsiz kirishdan himoya qilingan holda axborotdan
jamoa bo'lib foydalanishni tashkil etish
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanish tajribasiga ko'ra foydala
nuvchilaming butun dunyo kompyuter tarmog'i hisoblanmish Internetga
kirishlarining kechiktirilishi har qanday mamlakat
hayotining turli so-
halariga butunlay salbiy ta ’sir ko'rsatishi mumkin, ularga:
— dunyodagi oxirgi ilmiy-texnik yutuqlar haqida zamonaviy zarur
tezkor axborotlarning yo'qligi oqibatida fan va ko'p ilm talab qiluvchi
yuqori texnologiyalaming rivojlanishda orqada qolishiga olib keladi va o'z
navbatida iqtisodiyotning barcha sohalarining rivojlanishiga salbiy ta ’sir
ko'rsatishi mumkin;
— axborotli aloqalaming past darajadasi mamlakatning savdo va tashqi
iqtisodiy munosabatlariga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin;
— butun dunyo kompyuter tarmog'ida (Internet)
mamlakatning
madaniy, tarixiy, milliy, adabiy, badiy va boshqa boyliklari haqida ishonarli
ma’lumotlarning bo'lmasligi tashqi dunyodan „madaniy yakkalanishga"
olib kelishi mumkin;
— har qanday davlat byudjet daromadining qimmatli bandini —
axborot intellektual mahsulotini sotishi va xizmat sohasini yo'qotishi
mumkin.
Kompyuter (hisoblash) tarmoqlari sharoitida quyidagi imkoniyatlar
ko'zda tutiladi:
— taqsimlangan ma’lumotlar bazasining ma’lumolariga kirish;
— axborotni ishlab chiqarish bo'yicha hal qilinadigan vazifalar ro'y
xatini kengaytirish;
18 6
— EHM ishini takrorlash hisobiga axborot tizimining ishonchliligini
oshirish;
— servis xizmati ko'rsatishning yangi
turlarini yaratish;
— axborotni ishlab chiqish qiymatining pasayishi.
Kompyuter tarmoqlarini turli xil belgilariga ko'ra tasniflash mumkin.
1. Hududiy taqsimlanishi jihatidan global, regional (mintaqaviy) va
lokal (mahalliy) tarmoqlarga boMinadi.
2. Global tarmoqlar. (WAN-Wide Area Network) butun dunyo bo‘yicha
tarmoqdan foydalanuvchilami qamrab oladi. Ular bir biridan 10—15 ming
km uzoqlikda joylashadi va sun’iy yo'ldosh kanallari orqali aloqa qilishadi.
3. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar (IAN-Metrorolition Area N et
work) shahar, viloyatlardagi foydalanuvchilami birlashtiradi.
Aloqa kanali
sifatida ko'pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari
orasidagi masofa 10—1000 km ni tashkil etishi mumkin.
Lokal tarmoqlar (LAN-Losal Area Network) korxona yoki muas
sasaning bir yoki bir necha yaqin binolarining abonentlarini birlashtiradi.
Hozirgi vaqtda lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Bunga sabab axborot
hajmining 80—90 % i o ‘sha tarmoq ichida aylanishi kuzatiladi. Lokal
tarmoqdagi kompyuterlar orasidagi ma’lumot almashuvi yuqori tezlikka
ega, chunki ular yagona axborot uzatish kanali bilan bog'langan boMadi.
Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining
mavjudligi — lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Aloqa kanali
sifatida burama juftlikda (vitaya para) kabel, optik tola kabeli va boshqalardan
foydalaniladi.
Optik tola kabelida yorugMik o‘tkazgichi inson sochi tolasi qalinligida
yasalgan. Bu o‘ta tezkor, bir vaqtning o'zida minglab foydalanuvchilar
ma’lumolarini uzatish imkoniga ega ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas —
10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa, 20
km ni tashkil
qiladi. Lokal tarmoqlardagi kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu
ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Lokal kompyuter tarmoqlarining har xil turlari mavjud; bo'Iimlar
tarmogM, kampus (ingliz so'zidan samrus — talabalar shaharchasi) tar-
mog'i, korparativ tarmoq (intranet), ekstra tarmo'gi (extranet-bir necha
intranet majmuyi).
Kompyuter tarmoqlari m a’lumotlar uzatilishining tashkil etilishi
bo'yicha quyidagilarga farqlanadi: kanallar komutatsiyasi bilan,
xabarlar
komutatsiyasi bilan, paketlar komutattsiyasi bilan.
Dasturi bir biriga mos, to'g'ri keladigan EHM lardan tashkil topgan
tarmoqlar bir jinsli yoki gomogen deyiladi. Agar tarmoqning EHM lari
187
dasturiy vositalari bir-biridan farq qiladigan bo‘lsa,
bunday tarmoq
geterogen deyiladi.
Boshqarish usuli bo'yicha kompyuter tarmoqlari quyidagilarga b o '
linadi: markazlashgan, markazlashmagan (tasimlangan) va aralash bosh
qaruv.
Do'stlaringiz bilan baham: