O ' z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o r t a m a X s u s t a ' L i m V a z I r L i g I r. X. Alimov, G. T. Yulchiyeva, O. Q. Rixsimboyev


Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/178
Sana04.06.2022
Hajmi4,18 Mb.
#635746
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178
Bog'liq
referat

6.2. Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti
6.2.1. Dasturiy ta’minot tushunchasi, uning vazifasi va
turkumlanishi
Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni 
qo'llash sohasining kengayishi dasturiy ta’minotning jadal rivojlanishiga 
olib keldi.
Hozirda respublikamiz dasturchilari tomonidan yaratilayotgan dasturiy 
mahsulotlaming 80 % eksport uchun, 20 % i esa mahalliy iste’molchilar 
uchun ishlab chiqarilmoqda.
Axborot tizimlarining dasturiy ta’minoti 
— bu hisoblash texnikasi 
vositalari bilan ma’lumotlami qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan 
foydalanish uchun qo'llaniladigan dasturiy va hujjatli vositalar to'plamidir.
Dasturiy ta’minot bajaradigan funksiyalariga ko'ra ikki guruhga ajratiladi: 
tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minot.
114


Operatsion 
tizimlar (ОТ)
Bir vazifali 
bir kishi foy­
dalanuvchi
Ko‘p vazifali 
ko‘p kishi foy­
dalanuvchi
Utilitalar
Tizimli dasturiy 
ta'minot
" Qobiqlar
Servis
dasturlar
- Utilitalar
Antivirus
dasturiy
vositalar
Dasturlashtirish 
tillari translatori
Translator-
kompilatorlar
Translator-
kompilatorlar
Assembler
Texnik xizmat 
dasturlari
Test
dasturlari
Maxsus
nazorat
dasturlari
6.7-rasm. Tizimli dasturiy ta’minot tarkibi.
Tizimli dasturiy ta’minotning asosiy vazifasi EHM da axborotni qayta 
ishlash jarayonini tashkil etish va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish 
muhitini ta ’minlashdan iborat. Tizimli dasturiy ta’minot EHM apparat 
vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida EHM ning bir 
qismi deb ham hisoblashadi (6.7-rasm).
Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilardan iborat: operatsion tizimlar, 
servis dasturlar, dasturlashtirish tillari translatorlari va texnik xizmat 
dasturlari.
Tizimli dasturiy ta ’minot quyidagi vazifalami amalga oshirishni 
ta’minlaydi:
• EHM ning hamma uzellari va qurilmalarining avtomatik ravishda 
ishiashini;
• EHM ning hamma uzellari va qurilmalarini avtomatik ravishda testlar 
yordamida tekshirib turish;
• mashina resurslarini taqsimlash;
• kompyuter tarmog‘ida avtomatik holatda axborot ayirboshlashni 
ta’minlash;
• dasturchilar va foydalanuvchilar mehnatini iloji boricha avto­
matlashtirish.
115


Operatsion tizimlar (ОТ) — tizimli dasturiy ta'minotning eng 
asosiy qismi bo'lib, axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va 
apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o ‘zaro aloqani 
ta ’minlaydi.
Operatson tazimlar dasturiy ta’minotning foydalanuvchi kompyuterda 
ishlaganda uning interfeysini aniqlovchi muhim qismi hisoblanadi. Interfeys 
foydalanuvchiga nisbatan do'stona munosabatda bo'lishi lozim va bu nuqtayi 
nazardan foydalanuvchining mashina bilan muloqotining uchta darajasi 
to'g'risida gapirish mumkin:
• buyruqli interfeys — foydalanuvchi operasion tizimning fayl tizimini, 
buyruqlarini etarlicha bilishi talab etiladi va ularni displey ekranidagi 
buyruq qatoriga klaviatura orqali kiritadi. Bunday interfeys bevosita MS 
DOS operasion tizimi tomonidan ta’minlanadi;
• matnli menyu ko'rinishdagi interfeys — foydalanuvchi ko'p sonli 
menyularda mo'ljal ola bilishi talab etiladi va bu menyularda kerakli buyruqlar 
hamda fayllami ulaming nomlanishi bo'yicha tanlay bilishi kerak (odatda 
ingliz tilida). Bu turdagi interfeys operatsion tizimning ko'pgina qobiqlarida, 
xususan, eng ommaviy Norton Commander qobig'ida amalga oshiriladi;
• grafik menyu ko'rinishdagi interfeys — foydalanuvchi ko'p sonli 
menyularda mo'ljal ola bilishi kerak va bu menyularda kerakli buyruqlar, 
fayllami, odatda ularning nomlanishi bo'yicha taqdim etiladigan shartli 
grafik belgilar bo'yicha tanlay bilishi talab etiladi. Bu turdagi interfeys 
grafik interfeysli operatsion tizimlar (Windows XP, Windows NT va 
boshqalar) tomonidan qo'llaniladi.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish