Saxnaga chiqish mashqi Butun guruh xonaning devori yoniga to’planadi. Qarama-qarshi devor
saxna vazifasini o ’taydi. O’qituvchi sahnaga moderator aytgan sifat yoki
xususiyat mavjud kishilar chiqishi lozimligini tushuntiradi. Masalan, sahnaga
oyoq kiyimining rangi qora bo’lgan kishilar chiqdi. Birin-ketin sifatlar sanaladi
va ishtirokchilar saxnaga chiqadilar. Saxnadagilar bir-birlariga razm solib,
kim da aytilgan sifat yoki xususiyat borligi, kimda esa yo’qligiga e’tibor
beradilar. Shundan keyin hamma joyiga qaytadi va. Masalan: ikkitadan ortiq
ishtirokchini biladigan (taniydigan) kishilar; bunday seminarlarda ishtirok etgan
kishilar; mavzu bo’yicha chiqish (ma’ruza) qilgan kishilaming saxnaga chiqishi
so’raladi. Ishtirokchilar, shuningdek bir-birlari to’g’risida biror ma’lumotni bilib
olishga yordam beradigan savollar berishlari mumkin. Asta sekin umumiy
savollardan seminar mavzusiga yaqin konkret savollarga o’tish mumkin.
Iplar Rahbar davraning markazida, 80-100 sm uzunlikdagi jun iplarni
o ’rtasidan, uchlarini osiltirib ushlab turadi. har bir ishtirokchi (ulaming soni juft
b o ’lishi lozim) ipning bitta uchini ushlaydi. Keyin rahbar qo’lidagi iplarni
qo’yib yuboradi. Bitta ipning ikki uchini ushlab turgan kishilar juftlik hosil
qiladilar.
Rahbar endi nima qilishni tushuntiradi: ishtirokchilar o’z juftlam bilan
tanishadilar, keyin turli rasmlar, jumallardan kesib olingan parchalar, otkritkalar
q o ’yilgan stol yoniga kelib, o’zlariga yoqadiganini tanlaydilar, Har bir
ishtirokchi o’z sherigiga nima uchun aynan shu rasm (otkritka)ni tanlaganini
asoslashga harakat qiladi. SHundan keyin hamma to’planadi va har bir
ishtirokchi boshqalarga o’z sherigi to’g’risida gapirib beradi.
Mavzu bilan tanishish (mavzuga kirish metodlari) Har qanday tadbirning boshlanishi doim ijobiy imkoniyatlar bilan birga
m a’lum darajadagi xavf-xatarga ham ega. Bizning mavzu yoki guruhni eplay
olmasligimiz to ’g’risidagi xavotirlarimiz qandaydir yangi qiziqtiruvni omil
(stimul)larga
ega bo’lish
va
imkoniyatlarimizni
kengaytirishga
umid
bog’lashimiz bilan muvozanatlanadi. Xavotir va umidlar seminar yoki guruh
ishining boshlanishidagi mikroiqlimni belgilab beradi. Bu erda xis-tuyg’ular
birinchi o ’ringa chiqdi. Vaxolanki, odatda, ular emas, masalaning moxiyatiga
tegishli tasaw urlar oshkor qilinadi. Muloqot o’matishning birinchi urinishlari
o ’zaro hamkorlik munosabatlariga asoslangan o’quv jarayoni uchun zarur
bo’lgan muxitni yaratishga imkon beradi.