Nutqning fonetik bo'linishi Grammatik xususiyatlari: - tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
- noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;
- fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib turadi; oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
- bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
- qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng foydalaniladi;
- so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
Nutqning fonetik bo’linishi. Nutq fraza (jumla), takt, so’z, bo’g’in va tovushlardan tashkil tlpadi.
Fraza ko’pincha gapga teng bo’lib, nutqning ikki pauza orasidagi intonatsion butunligidir.
Fraza yoyiq va yig’iq bo’lishi mumkin. Fraza yoyiq bo’lsa taktlarga ajraladi, yig’iq bo’lsa taktga teng bo’lib qoladi.
So’z – nutqning alohida bir urg’u bilan aytiladigan bo’lagi. So’z takt ichida yoki o’zicha mustaqil keladi.
Bo’g’in – bir tovush yoki tovushlar qo’shilmasidan iborat bo’lib, bir nafas zarbi bilan aytiladigan so’zning bo’lagidir. Bo’g’in bir unlidan iborat bo’lganda tovushga teng kelib qoladi.
Tovush – fonetik bo’linishning oxirgi nuqtasi bo’lib, boshqa bo’laklarga bo’linmaydi.
Nutq ketma-ket kelgan tovushlarning yig’indisi yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo’lib, ma’lum fonetik birliklardan tashkil topadi. bu fonetik bo’linish hisoblanadi va tilshunoslikda segmentasiya (lotincha segment - bo’lak) deb ham yuritiladi. Har bir bo’lak segment hisoblanadi. fonetik birliklar dastlab ikki guruhga segment va supersegment birliklarga bo’linadi.
Ikki kichik pauza orasiga joylashgan va yagona o’rg’u bilan aytiladigan bir yoki bir nechta bo’g’inning yig’indisi takt deyiladi. Havo bulut edi. Bu gap 2 ta taktdan iborat. Birinchisi – havo, ikkinchi bulut edi. Takt gapdagi o’rg’uli so’zga bog’liq bo’ladi. Gapimizdagi uchinchi so’z o’rg’u olmagani uchun 2 ta takt ajratilyapti.
Adabiyotlar - Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999.
- I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000.
- R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.
- A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995.
- G`.Abduraxmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., “O`qituvchi”, 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |