Nutqning uslubiy shakllari. Ish yuritish tili va uslubi. Matn turlari va tarkibi. Reja: 1.Nutq va notiqlik. Nutq uslublari haqida ma’lumot. 2.Rasmiy-idoraviy uslubning o‘ziga xos jihatlari. 3.Hujjatlar matnining o‘ziga xos xususiyatlari.Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar. 4.Rasmiy hujjatlar. Ish yuritish tili va uslubiga rioya qilish. 5.Matn turlari, dialogik matnlar, tavsifiy matn. Matnni qisqartirish yo‘llari. 6.Ish yuritish asoslari. Hujjatlarning zaruriy qismlari. Hujjatlarda tinish belgilari. Kaykovus - “Har kishiga so`z aytur bo`lsang qarag’il, ul sening so`zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda uni so`zingga xaridor topsang, unga so`zingni sotg’il. Yo`q ersa, ul so`zni qo`yib, shundoq so`z deg’ilkim, unga xush kelsin va sening so`zingga xaridor bo`lsin”.
«Ko`rgazmalilik, izchillik, auditoriya aqliy va ruhiy imkoniyatlarini hisobga olish kabi didaktik prinsiplarni qo`llashning ham ahamiyati katta. - «Ko`rgazmalilik, izchillik, auditoriya aqliy va ruhiy imkoniyatlarini hisobga olish kabi didaktik prinsiplarni qo`llashning ham ahamiyati katta.
- Notiqning vazifasi auditoriyani uyushtirish, tinglovchilarni ma’ruzani eshitishdan chalg’ituvchi barcha narsalardan forig’ etish ekan, bunda ruhiy holatni yuqtirish, taqlid, inontirish kabi psixologik usullardan foydalanish ham yordam beradi.
«Har bir kishining jamiyatdagi o`rni va mavqyei, uning o`z atrofidagi insonlarga munosabati salomlashish, yurish-turish, ovqatlanish, suhbatlashish jarayonida, ayniqsa, ko`proq namoyon bo`ladi. Har bir komil inson suhbatlashish odobi qoidalariga ham rioya qilishi lozim. Bizningcha, bu qoidalar quyidagi-lardan iborat deb hisoblaymiz: - 1. Suhbatlashganda suhbatdoshingizni qiziqtiradigan mavzuga e’tiborini qaratishga intiling.
- 2. O`zingiz haqingizda kamroq gapiring. Har qanday qiziqarli suhbat davom ettirishga imkon bermaydigan ezma va laqmalarga ergashmang. O`zingiz o`qigan kitoblar, ko`rgan kinofilmlar, sport musobaqalari, go`zal tabiat manzaralari haqida gapirishga odatlaning.
- 3. Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglashga o`rganing. O`z gapi, hikoyasini tugatmasdan so`zini bo`lmang. So`zini oxirigacha eshitgach, suhbatdoshga e’tirozingizni bayon eting. Qanchalik diqqat va e’tibor bilan tinglashga erishsangiz, kishilar siz bilan suhbatlashishdan shuncha-lik zavq oladi.
- 4. Suhbatdoshingizga nisbatan baland ovozda gapirmas-likka harakat qiling. Chunki baqirok kishilarga nisbatan ovozini baland ko`tarmay me’yorida gapiruvchilarni suhbatdoshlar diqqat bilan tinglaydilar.
- 5. Suhbatdoshingiz sizning gapingizni bo`lsa, jim turib uning e’tirozini oxirigacha tinglang. Agar ikka-langiz ham baravar, gapirsangiz bir-biringiz nima deganingizni tushunmaysiz.
- 6. Suhbatdoshingizning ko`ziga qarab so`zlashing. Hyech vaqt uning qo`lidan, tugmasidan ushlab, yelkasiga qoqib fikringizni quloq solishiga intilmang. Suhbatdosh diq-qatini qo`l bilan emas, balki so`z bilan qaratishga intiling.
- 7. Suhbatlashish odobiga doir xalq maqollaridan o`rinli foydalaning…
- Suhbatlashish odobining ana shu qoidalariga amal qilish har bir komil insoniylik burchidir»
Do'stlaringiz bilan baham: |