kechik, qalang’i-qasang’i, arpabodiyon, o’ymoq, o’mgan so’zlari «O’zbek tilining imlo lug’ati»da bor, demak, allaqachon adabiy tilga qabul qilingan, me’yorlashgan. O’tik so’zi ham o’tuv va o’tadigan joy tarzida iste’molda. Cho’kkala so’zini adabiy tilga qabul qilganda ham endi uning laganbardor so’zini siqib chiqarishi qiyin. Sarimsoq so’zini balki o’ylab ko’rish mumkindir, ammo madang so’zini adabiy tilga olib kirib bo’lmaydi. U umumxalq tili mulki bo’lib qolaveradi, ammo ilmiy-texnika inqilobi ro’y bergan hozirgi zamonda yog’ochdan qilingan eshik qulfining - o’zi yo’q bo’lib ketgan narsaning nomini adabiy tilga olib kirishga hojat yo’q. - To’g’ri, umumxalq tilidagi ayrim so’zlar, haqiqatdan ham adabiy tilga kirmasdan qolgan. Bu holni faqat lug’atlarni tuzuvchilarning kamchiligi yoki ana shunday so’z va tushunchalarning mavjudligidan xabardor emasligida deb baholanishi mumkin. Masalan, yangi tuqqan sigirning sutidan tayyorlangan taomning
Do'stlaringiz bilan baham: |