Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish usullari haqida Reja: kirish



Download 275,5 Kb.
bet2/15
Sana06.06.2022
Hajmi275,5 Kb.
#642107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-ma’ruza Bolalar psixologik-pedagogik o‘rganishning mazmuni va

Tadqiqot predmeti - nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi - nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yо‘llari bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tayanch iboralar: skrining tashxis, rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish, fenomenologik, kompleks o‘rganish, erta tashxis.
ontogenetik rivojlanish, o‘ziga xos jins va yosh xususiyatlari, alaliya, afaziya, rinolaliya, nevrotik duduqlanish, nevrozsimon duduqlanish, kognitiv, kognitiv va affektiv jabhalar, genetik, ijtimoiy va shaxsiy omillar, diagnostikasi va korreksiyasi jarayonlari, fonetik, leksik va grammatik vositalar.
Tadqiqot ishi quyidagi qismlardan iborat:Kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


1-BOB NUTQIDA NUQSONI BO`LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH VA NUTQ BUZILISH SABABLARI

    1. Bolalar nutqda nuqsonlarining kelib chiqish sabablar va ularning tasnislanishi

Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik palatasi 299 Journal tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan Ta’lim to‘g‘risida Qonuning I-bob 3-moddasida:- davlat ta’lim talablari - ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; - tarbiya - aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
- ta’lim - ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuning II-bobi 9-moddasida jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi .
Bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va xomiladorlik davridan onaga g’amxо’rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi. Bola nutqidagi kamchiliklar о’zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо’lishi о’z tengqurlariga qо’shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо’ra olish bо’lganligi sababli bola ulg’aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо’z lug’ati orqali takomillashib boradi.
Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘limtarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо’l-yо’riqlarini qomusiy asari - Qutadg’u-blig‖ asarida bilim zakovat soxibi bо’lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о’z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо’z orqali bildiradi degan fikrlarini uqtiradilar .
Nutq faqat inson uchun xos bо’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о’z fikrini bayon etish uchun zarur bо’lgan sо’zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog’laydi va nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо’lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari aniq va tо’g’ri bо’lishi kerak. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо’pchilik olimlar "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8 www.openscience.uz 230 nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqomulohazalar bildirganlar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini о’rganish borasida qо’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri bо’lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig’ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi.
XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,(5) E.Freshels, S.M.Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy tomoni kо’p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо’ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о’rtasidagi bog’lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо’pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо’z yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо’llanilgan. Tasniflar о’rtasida buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni tasniflashning muhimlik darajasiga bо’lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar bilan bog’liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi.
Mutaxassislar nutqning o‘z vaqtida rivojlanmasligi yoki keskin sekinlashuvining sabablari juda ko‘p ekanligini aniqlashgan:
- Homiladorlik davri (perinatal davri);
- Tug‘ruq davri (natal davri);
- Tug‘ruqdan keyingi davr (postnatal davr).
Homiladorlik davrida turli xil kasalliklarni boshdan kechirish, turli xil infeksiyalar, intoksikatsiya, homila toksikozi, gepoksiya yoki kislorod yo‘qotish, qon bosimining oshishi, homilador ayol va homila qon guruhining mos kelmasligi.
Homiladorlik paytida sigaret, alkogol va giyohvandlik moddalarini iste'mol kilish, o‘zo‘zini davolash, ya'ni ayrim dori-darmonlarni qabul qilish. Homiladorning homila uchun xavfli bo‘lgan joylarda ishlashi (radiatsiya). Tug‘ruq davrida akusherlik patologiyalari ya'ni, tos suyagining kichkinaligi, homilaning kindik o‘qiga o‘ralishi. Tug‘ruqdan oldin suv ketishi, homilaning noto‘g‘ri joylashishi, tug‘ruq jarayonida bosh miyaning jarohatlanishi, tug‘ruq jarayonidagi asfiksiya natijasida bolaning ko‘karib tug‘ilishi. Tug‘ruqdan keyingi davr - 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bosh miyadan turli xil jarohatlarni olish, bosh miyadagi infeksiyalar, turli xil yuqumli kasalliklar sababli yuzaga keladi. Nutq nuqsonlarini tasniflashda birinchi navbatda bolaning ruhiy, aqliy va eshitish idroki tekshirib olinadi.
Nutq nuqsonlari og‘ir-yengilligiga qarab guruhlarga ajratiladi.
1. Dislaliya – bu artikulyatsion apparat a'zolari normal innervatsiyasida yuzaga kelgan logopatsiya bo‘lib, asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ba'zan fonematik idrok rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladigan yengil nutq nuqsoni.
2. Dizartriya - bu artikulyatsion apparat a'zolari innervatsiyasining organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, juft neyronlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Falajlanish asosan bir tarafdan, chap yoki o‘ng tarafdan bo‘ladi. Bola tili asosan paretik falajlangan bo‘shashgan yoki spastik, ya'ni tarang falajlanishda bo‘ladi.
3. Alaliya - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, bu tashxis eshitishi va zakovati me'yorda bo‘lgan shaxslarga qo‘yiladi.
Alaliya nutqning 3ta komponenti rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladi.
1. Afaziya- bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida shakllangan nutqning yo‘qolishi. Bolalar afaziyasi tajribada kam uchraydi. Afaziya asosan insultdan keyin uchraydi. Bolalarda esa miya infeksiyalari, miya rivojlanishi davrida turli xil kuchli travmalar natijasida yuzaga keladi.
2. Rinolaliya - bu artikulyatsion apparat a'zolarida tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlarning bo‘lishi yoki artikulyatsion apparat a'zolarida burun, burun halqum sohasida falajlanishlarning kuzatilishi, burun suyagining qiyshayishi, burun sohasidagi turli xil o‘simtalar, odenoidlar, poliplar bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsonlari hisoblanadi.
3. Duduqlanish - bu og‘zaki nutq jarayonida artikulyatsion apparat a'zolari muskullarining tortishishi sababli og‘zaki nutqning tempritmik o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Duduqlanish kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1. Nevrotik duduqlanish (logonevroz) bolaning kuchli ruhiy kechinmalari, stress, depressiya, qo‘rquv, haddan tashqari qattiqqo‘llik, chapaqaylikdan o‘ng qo‘lga o‘rgatish, oiladagi ikki tillilik, duduqlanuvchiga taqlid qilish natijasida.
2.Nevrozsimon duduqlanish - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi, bosh miyadagi turli xil o‘simtalar , dizartriya, tayanch harakat a'zolari kasalliklari, DSP natijasida. Duduqlanish o‘z vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Bola o‘z fikrini mustaqil bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan muloqotga kirisha olmaydi. Nutq nuqsonlari quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi:
1. Gugulash davri (3 oylikdan);
2. 1 yosh 6 oylikda 10-15 ta so‘z;
3. 2 yoshda 300 ta so‘z; 3. 3 yoshda 1000 ta so‘z;
4. 6-7 yoshga kelib 4000 dan 5000 gacha so‘z lug‘at boyligida bo‘lishi lozim.
Nutq nuqsonlarini bartaraf etish yo‘llari:
1. Artikulsiya, nafas, mayda qo‘l muskullarini rivojlantiruvchi mashqlar; "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Issue 8
2. Logomassaj (nuqtali , bo‘shashtiruvchi, tetiklashtiruvchi massaj);
3. Muammoli tovushni nutqqa qo‘yish (taqlid va mexanik usulida);
4. Nutqni rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar .
Hulosa qilib aytganda bu nuqson qо’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati buzilishlaridan kelib chiqadi.
Logoped tavsiyalarida bolaning nutqi kechikayotganini yoki tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotganini, duduqlanayotganini sezganingiz zahoti mutaxassislarga murojaat qilishingiz lozim. Qancha erta murojaat qilsangiz, nutq nuqsonlari shuncha samarali bartaraf etiladi.




    1. Download 275,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish