So‘zni matnning xususiyati, nutqning maqsadiga mu-vofiq ishlatish, ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘z shakllarini qo‘llash, so‘z va qo‘shimchalar hamda gap tu-zilishidan nutq uslubining turiga muvofiq foydalanish adabiy tilning uslubiy meyorlariga tayanadi. - So‘zni matnning xususiyati, nutqning maqsadiga mu-vofiq ishlatish, ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘z shakllarini qo‘llash, so‘z va qo‘shimchalar hamda gap tu-zilishidan nutq uslubining turiga muvofiq foydalanish adabiy tilning uslubiy meyorlariga tayanadi.
- Uslubiy meyorlarga amal qilishda quyidagilarni unutmaslik lozim:
- so‘zning asl va ko‘chma ma’nolarini farqlash;
- so‘zning ma’nodoshlik, shakldoshlik, uyadoshlik, darajalanish imkoniyatlarini bilish va bulardan o‘rinli foy-dalanish;
- so‘z va iboralarni aniq, tushunarli tarzda qo‘llash;
- nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish;
- til vositalarining badiiy, ta’sirchan imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish;
- so‘zlarning uslubiy farqlanishini hisobga olish.
Topshiriq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va ma’nodoshlarini toping. - Topshiriq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va ma’nodoshlarini toping.
- 1. Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher (A.O.). 2. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir; so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir (A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo va Rasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil (Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar (Kaykovus).
Uyga vazifa : Savol va topshiriqlar: - Uyga vazifa : Savol va topshiriqlar:
- Qo‘shimchalar imlosiga oid qoidalarni sharhlang?
- Qanday so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi?
- Kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llashga oid misollar keltiring.
- So‘z qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak?
- So‘zlarning uslubiy farqlanishini misollar bilan izohlaтпg.
Do'stlaringiz bilan baham: |