Mavzu: Fonetika. Nutq a’zolari, apparati. Artikulyatsiya. Tilning fonetik vositalari. Unli tovushlar, ularning tasnifi. Undosh tovushlar, ularning tasnifi. REJA: - Fonetika haqida umumiy ma’lumot.
- Tovush va fonema.
- Fonetik akustika va artikulyatsiya.
- Unli tovushlar tasnifi.
- Undosh tovushlar tasnifi.
Fonetika so’zi fone - ‘tovush’ degan ma’noni bildirib, og’zaki nutqning tovush tomoni o’rganiladigan Bo’lim nomini bildiradi. Biz gapirganimizda tovushlarni talaffuz qilamiz. Inson talaffuz qiladigan va boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan birliklar nutq tovushlari deb ataladi. Bu tovushlarni hosil qilishda qatnashadigan inson a’zolari nutq a’zolari deb yuritiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
Nutq tovushlarini hosil qilishda qatshanadigan a’zolar
Shunday qilib, nutq tovushlarini hosil qilishda o’pkadan chiqayotgan havo nafas yo’li – kekirdak orqali bo’g’izga, undan og’iz bo’shlig’i yoki burun bo’shlig’iga o’tib, tashqariga chiqadi. Shunday qilib, nutq tovushlarini hosil qilishda o’pkadan chiqayotgan havo nafas yo’li – kekirdak orqali bo’g’izga, undan og’iz bo’shlig’i yoki burun bo’shlig’iga o’tib, tashqariga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda tovush paychalari, lablar va til faol ishtirok etadi. Fonologiya – tovush haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Bu bo’limda tovushlarning so’z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli o’rganiladi. Fonologiya – tovush haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Bu bo’limda tovushlarning so’z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli o’rganiladi. Nutq tovushlari so’z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu ularning asosiy vazifasidir: tob, toj, toy, tok, tol, tom, tor, top, tot, tosh, tog’, toq. Ko’rinyaptiki, bu so’zlar o’zaro bitta (oxirgi) tovush bilan farq qilyapti. So’z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush fonema deb ataladi. Akustikasi – eshitilishi. - Akustikasi – eshitilishi.
- Artikulyatsiyasi – talaffuzi.
- Ma’no farqlashi.
Fonema quyidagi belgi-larga ega:
Fonetik akustika: Fonetik akustika nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi – ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko’ra har xil chiqishidir. Nutq tovushlarining kuchi – ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o’tadigan energiya miqdoridir. Nutq tovushlarining cho’ziqlik darajasi – un paychalarining tebranishi davom etadigan vaqt bilan o’lchanadi. Unli tovushlar tasnifi: Unli tovushlarning tasniflanishi
1. Tilning gorizontal xarakatiga ko’ra.
Old qator:
a, e, i
Orqa qator:
o, o’, u
2. Tilning vertikal xarakatiga ko’ra:
Yuqori tor unlilar:
i, u
O’rta keng unlilar:
e, o’
Quyi keng unlilar:
a, o
3. Lablar ishtirokiga ko’ra.
Lablangan:
u, o, o’
Lablanmagan:
i, e, a
Undosh tovushlar tasnifi.
1. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra
Shovqinlilar
sonorlar
Jarangsiz: k,p,t,s,f,x,ch,sh,h,q
Jarangli: b,v,g,d,j,j,z,y,g’
m, n, ng, l, r
d
Hosil bo’lish usuliga ko’ra
Portlovchilar
Sirg’aluvchilar
Portlovchi – sirg’aluvchilar
Sof: b, d, g, p, t,k, q ,j,ch
v, z, j, e, g’, f, s, sh, x, h
Titroq tovush: r
Burun tovushi
: m, n, ng
Yon tovush: l
Hosil bo’lish o’rniga ko’ra
Lab undoshlari
Til undoshlari
Lab – lab: b, p, m
Lab – tish: v, f
Til oldi: d, t, j, ch, z, j, s, sh,n, l, r
Chuqur til orqa: q, g’, x
Til orqa: g, k, ng
Til o’rta:
y
Bo’g’iz undoshi
h
UYGA VAZIFA
- Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlash-tirish.
- “Ona tilidan mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
- LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |