Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


-mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

14-mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. 
Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish 
metodikasi 
Reja: 
1.  Ertak va hikoya janrining o`xshash va farqli jihatlari 
2.  Maktabgacha yoshdagi bolalarni hikoya va ertak janridagi asarlar bilan tanishtirish 
3.  Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish 
4.  Hikoya qilishni o‘rgatish.  
5.  Hikoyalar turlari va ularning izchilligi.  
6.  Ijodiy hikoya qilishga o`rgatish 
Tayanch  tushunchalar  va  iboralar:  badiiy  adabiyot,kichik  janrlar,hikoya,  ertak, 
maktabgacha ta‘lim muassasasi,ijodiy hikoya, matn va mazmun. 
Bolalarni tarbiyachi tomonidan belgilangan hikoya yoki  ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, 
lo‗nda  jumlalar  tuzishga,  tasviriy  vositalardan  foydalanishga  o'rgatish.  Bolalarning  shaxsiy 
tajribalari  va  tarbiyachi  taklif  etgan  hayotiy  mavzular  asosida  mantiqiy  rivojlanib  boruvchi 
hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: „Quvonchli kun", „Xafa bo'lgan kunim―, 
„Mehmonda",  „Bizning  oila―,  „Eng  yaqin  o'rto-  g'im",  „Dam  olish  kuni―,  „Dadamga 
qarashdim", ,,Qo'g‗irchoq teatriga bordim― va boshqalar. 
Bolalarni  tuzayotgan  hikoya  yoki  ertaklarida  ishtirok  etuvchi  qahramonlarning  ruhiy 
kechinmalarini  bilishga  o‗rgatish;  „Birinchi  qor",  „Yaxmalakda",  „Yangi  yil  bayrami", 
„Qorbobo",  „Men  sevgan  fasl―,  „Tashqarida  qor,  uyimizda  bahor",  „Xola-  xola  o‗ynadik―, 
„Kim oladi-yo, shuginani-yo― o'yini, „Men onamga yordamchi", „Ukamga mehribonman― va 
boshqalar. 
Bolalarga  suratlar  bo'yicha  hikoya  tuzishni  o'rgatayotganda.  awalo,  ularning  mustaqil 
fikrlashlariga,  suratda  tasvirlangan  voqealarga  o‗z  munosabatlarini  bildirishlariga  imkon 
yaratish  kerak.  Shu  bilan  birga,  rasmda  aks  ettirilgan  mavzuli  voqeaga  qarab  ilgari  nima 
bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks 
ettirilgan  suratga  qarab,  undagi  go‗zaIlikni,  nafislikni  ifodalay  oladigan  tasviriy  so'zlar, 
o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o'rgatib borish. 
Bolalarning  birgalikdagi  hayot  tajribalaridan  olingan  voqealar:  ekskursiya,  sayr,  mehnat 
jarayoni,  jonli  va  ravon  hikoya  qilib  berish  malakasini  tarbiyalash.  Hikoya  qilayotganda 
tevarak-atrof-  dagi  buyum,  voqea-hodisalarning  nomini,  ularning  o'ziga  xos  xususiyatlarini, 
xatti-harakatlarini  to'g'ri  ifodalashga,  voqea-  larning  vaqti  va  joyini  ko'rsatishga  o'rgatish. 
Topishmoqlar o'ylab topishga undash. 
Ikkinchi  yarim  yillik.  Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom 
ettirish. 
Bolalarni  manzarali  suratlar  bo'yicha  maxsus  hikoyalar  to'qishga  o'rgatish,  ularni  surat 
mazmunini tushunishga, suratdagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga. 
o'z  hikoyalarida  tasviriy  so'z  va  iboralardan  foydalanishga  o'rgatishni  davom  ettirish.  Bolalar 
mustaqil hikoya tuzayotganlarida og'zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish. 
Ijodiy  hikoya  qilish:  tarbiyachi  tomonidan  taklif  etilgan  mavzu  bo'yicha  voqeani  izehil 
davom  ettirib,  tugal  mazmunli  hikoya  tuzish  ko'nikmalarini  mustahkamlash,  voqea  sodir 
bo'lgan  joy,  vaqt,  tabiat  manzarasini  qisqacha  tasvirlash,  qahramonlarning  ruhiy 
kechinmalarini  ko'rsatishlariga  ahamiyat  berish:  „Gul  bayrami'',  „Navro'z",  „Onamlarning 
bayrami",  „Bahor  keldi",  „Men  qushlarga  don  berdim―,  „Men  onamga  yordamchi", 
„Tomorqada",  „Mening  mushugim",  „Metroda",  „Avtobusda",  „Trolleybusda",  „Ko'chada", 
„Bozorda",  „Do'konda",  „Arqon  o'ynadik",  „Quvlashmachoq",  ,,Bekinmachoq―,  „Mehmon- 
mehmon" mavzularida hikoya o'ylab topishga undash. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Mustaqil  tuzgan  hikoyalaridagi  personajlarga  qisqacha  ta'rif  berishlariga,  ularning  xatti-
harakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o'rgatib borish. 
Mustaqil  tanlangan  mavzu  bo'yicha  hikoya  tuzishda  voqealarning  izchilligiga,  tugal 
mantiqqa ega bo'lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o'rinli foydalanishlariga ahamiyat berish. 
Monolog  nutqini  o'stirishning  yuqoridagi  dastur  vazifalari  va  mazmuniga  ko'ra 
bog'chaning  o'rta  guruhidagi  bolalar  hikoya  qilib  berishning  quyidagi  turlarini  egallashlari 
lozim: 
1. 
Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish. 
2. 
Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib  berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni 
qayta hikoya qilib berish. 
3. 
Ko'rib  turgan  narsa-buyumlar:  o'yinchoqlar,  o'simliklar,  kiyimlar,  idish-tovoqlar, 
mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish. 
4. 
Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish. 
5. 
Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari. 
Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon 
etilgan: 
1. 
Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish. 
2. 
Narsa-buyumlar:  o'yinchoqlar,  o'simliklar.  kiyim-  kechaklar,  idish-tovoqlar,  mebellar 
va  hokazolar  haqida  hikoyalar,  ularning  o'ziga  xos  xususiyatlarini  ko'rsatuvchi  belgilarni 
tuzish. 
3. 
Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish. 
4. 
Xotiradan  o'z  shaxsiy  tajribasida  kuzatgan  voqea  va  hodisalarni,  narsalarni,  bog'chada 
va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya 
qilib berish. 
5. 
Ta‘limiy  o'yinlar  asosida  tasviriy  hikoya  tuzish:  ,,Qo'-  g'irchoq,  o'yinchoqni  top", 
„Qo'g'irchoq,  menda  qanaqa  gul  bor―,  „Qo'g'irchoq,  top-chi,  yonimda  kim  o'tiribdi?",  ,,Qo'- 
g‗irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top- chi?― va boshqalar. 
6. 
Ijodiy  hikoya  qilishga,  tarbiyachi  tomonidan  boshlangan  ertak  va  hikoyani  oxiriga 
yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3 — 
4 so‗z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish. 
Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib berishning xuddi katta gumhdagi kabi 
turlari ko'rsatilgan. 
Bolalarni hikoya qilib berishga o‗rgatishda foydalaniladigan usullar 
Bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini 
aytib o'tamiz: 
1. 
Hikoya  namunasini  berish  usuli.  Bunda  qandaydir  buyumni  (predmetni)  yoki  voqeani 
jonli  va  qisqa  tasvirlanadi.  Bu  usul  birmuncha  yengil  usul  bo'lib,  tarbiyachi  bolalarga  narsa-
buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari 
uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul 
bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam benivchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi. 
Namuna  bolalarning  taqlid  qilishiga  mos  bo'lishi,  ya‘ni  hajmi  kichik,  fikrlar  izchil  bayon 
qilinishi,  jumlalar  qisqa  va  grammatik  jihatdan  to'g'ri  tuzilishi  lozim.  Masalan,  tarbiyachi 
o'yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u liaqda shunday tasviriy hikoya 
tuzadi: 
— 
Mana  bu  ayiqeha.  U  jigarrang,  yumshoq  baxmaldan  yasalgan.  Uning  bosh  qismida 
ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari,  tumshug'i  bor. Tumshug'ida 
esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqeha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak. 
Bolalar  namuna  hikoyadan  yaxshi  foydalanishlari  uchun  uning  matni  qisqa  gaplardan 
iborat bo'lishi va izchil bayon qilinishi kerak. 
Hikoya  namunasi  boshqa  usullarga  nisbatan  hikoya  qilishga  o'ngatish  jarayonini 
yengillashtiradi,  bolalar  erishishi  kerak  bo'lgan  natija  ko'rsatib  beriladi.  Bundan  tashqari, 
namuna  bolalarning  hikoya  qilishlari  lozim  bo'lgan  mavzularning  taxminiy  mazmunini, 
ularning hajmini, kctma-ketligini belgilaydi. 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish