Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Xulosa  

 
«Nutq  madaniyati»  atamasi  ko‘p  qirralidir:  1-uni  keng  ma‘noda  tushunish  mumkin, 
bunda  u  «nutq  madaniyati»  sinonimiga  ega  bo‘ladi  (bu  o‘rinda  u  namunaviy  xusnixat 
matnlarini  va  umuman  olganda,  til  tizimining  potensial  xususiyatlarini  ko‘zda  tutadi);  2-tor 
ma‘noda, nutq madaniyati - bu kundalik, og‘zaki va yozma muloqot sharoitida til xususiyatlari 
hamda  imkoniyatlarini  aniq  yuzaga  chiqarishdir;  3-nutq  madaniyati  -  bu  mustaqil  lingvistika 
fanidir. 

 Nutq  madaniyati  -  og‘zaki  va  yozma  adabiy  nutq  me‘yorlarini  (talaffuz,  urg‘u, 
grammatika,  so‘zni  qo‘llash  qoidalari  va  boshq.),  shuningdek  nutq  maqsadi  va  tarkibiga 
muvofiq holda til vositalaridan foydalana olish qobiliyatini o‘zlashtirish. 

 Lingvistik  adabiyotlarda  odatda,    adabiy  tilni  o‘zlashtirishning  ikki  bosqichi  haqida, 
ya‘ni: nutqning to‘g‘riligi va nutqiy maxorat haqida aytish qabul qilingan. 

 Maktabgacha  yoshda  nutqda  tovush  madaniyatini  tarbiyalash    vazifasi  bu  -  bolalarda 
so‘zdagi  tovushlarni  sof  va  tushunarli  qilib  talaffuz  etishni,  so‘zlarni  o‘zbek  tili  orfoepiyasi 
me‘yorlariga  muvofiq  holda  to‘g‘ri  talaffuz  qilishni,  aniq  talaffuz  qilishni  (yaxshi  diksiya) 
hamda nutq ifodaliligini tarbiyalashdan iborat. 

 
Bolalarning tovush artikulyatsiyasini o‘zlashtirish jarayoni ancha davomli bo‘lib, u 5-7 
yilga cho‘ziladi. 

 
Agarda  bolalarga  o‘z  vaqtida  va  muntazam  ravishda  o‘rgatilsa  ular  hech  bir 
qiyinchiliksiz barcha prosodemalarni (intonatsiyalarni) o‘zlashtirib olishlari mumkin. 

 Intonatsiyalarning  6  ta  turi  mavjud:  sanash  intonatsiyasi,  qarama-qarshi  qo‘yish, 
chaqirish, ogoxlantirish (yoki ikki nuqta), kirish, ajratib qo‘yish. 

 
O‘zbek  tilining  fonetik  va  fonologik  vositalaridan  ravon  nutqda  bir  vaqtning  o‘zida 
foydalanilmoqda. 

 Nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash  nutqning  boshqa  jihatlarini  ham,  ya‘ni: 
lug‘at, ravon, grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 

 
Nutqiy  rivojlantirishning  dastlabki  bosqichida  tinglash  qobiliyatiga  alohida  o‘rin 
beriladi (garchi asosiy mazmun yuki yuqori tovushni tinglay olish qobiliyati zimmasiga tushsa 
ham). 

 Yaxshi  rivojlantirilgan  nutqni  tinglash  qobiliyati  ona  tilining  barcha  tovushlarini  aniq, 
tushunarli  va  to‘g‘ri  talaffuz  qilinishini  ta‘minlaydi,  so‘zni  talaffuz  qilish  balandligini  to‘g‘ri 
boshqara olish, oxista  sur‘atda, intonatsion ifodali so‘zlash imkoniyatini beradi. 

 Artikulyatsiya  apparati  organlarining  yaxshi  harakatchanligi,  yaxshi  tinglash  qobiliyati 
bolaning tovush talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish imkonini beradi. 

 
To‘g‘ri  nutqiy  nafas  olish  normal  tovush  vujudga  kelishini  ta‘minlaydi,  tegishli  nutq 
balandligiga, pazualarga aniq  rioya qilishni ta‘minlash, nutqning bir tekisligini va intonatsion 
ifodalilikni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 

 Ovoz  sifati  nafas  olish,  ovoz  va  artikulyatsiya  apparatlarining  birgalikdagi  faoliyatiga 
bog‘liq bo‘ladi. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 

 
Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish 
uchun eng qulay davr hisoblanadi. 7 yoshgacha bola ona tilining barcha tovushlarini adabiy til 
me‘yorlariga muvofiq holda talaffuz qilishni o‘rganib olishi shart. 

 
Diksiya  (tovushlar,  so‘zlar,  iboralarni  to‘g‘ri  talaffuz  qilish)  artikulyatsiya  apparati 
faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir vaqtda asta-sekin shakllantiriladi. 

 
Pedagog  (bola  atrofidagi  kattalar)  bolalarning  adabiy  talaffuz  me‘yorlariga  rioya 
qilishlari  ustidan  doimiy  nazoratni  amalga  oshirishlari,  barcha  xatoliklarni  to‘g‘ri  talaffuz 
namunalarini ko‘rsatgan holda bartaraf etishlari lozim. 

 Maktabgacha yoshda barcha bolalarda so‘zlar ancha tiniq talaffuz etiladigan oxista nutq 
sur‘atini shakllantirish darkor. 

 Intonatsiya  -  bu  jaranglayotgan  nutqqa  oid  barcha  ifoda  vositalarining  murakkab 
majmui  bo‘lib,  uning  yordamida  muloqot  jarayonida  fikrlar  va  ifodalarni,  shuningdek 
emotsional-iroda munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi.  

 
Bolalar nutqining intonatsion ifodaliligi ustidagi ishlar asosan taqlid yo‘li bilan amalga 
oshiriladi.  

 Nutqni  rivojlantirishning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  nutqning  tovush 
madaniyatini  shakllantirishni  3  ta  bosqichga  bo‘lish  mumkin:  1-bosqich  -  1  yilu  6  oydan  3 
yoshgacha; 2-bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 3-bosqich - 5 yoshdan 7 yoshgacha. 

 1-bosqichda  nutqning  tovush  madaniyatini  shakllantirish  kattalarning  bolalar  bilan 
muntazam  muloqoti  orqali  amalga  oshiriladi.  Asosiy  vazifa  -tinglash  qobiliyatini  doimiy 
ravishda  rivojlantirib  borish,  artikulyatsiya  apparati  organlarini  mustahkamlash  va 
rivojlantirishdan  iborat.  Bunda  har  xil  tovush  taqlidlarini  o‘zida  jamlagan  o‘yinlar,  she‘rlar, 
qo‘shiqlar, hikoyalardan foydalanish mumkin. 

 2-bosqichda  nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash  tovush  talaffuziga  doir  ishlarni 
olib  borish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Asosiy  vazifa  -bolalarda  fonematik  tinglash  va  ona 
tilining  barcha  tovushlarini  to‘g‘ri  talaffuz  qilish,  so‘zlar  va  iboralarni  aniq  hamda  tushunarli 
qilib  talaffuz  etish;  ovoz  balandligini  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  boshqarish  qobiliyatini 
tarbiyalash,  so‘zlarni  ulardagi  urg‘ularga  aniq  rioya  qilgan  holda  to‘g‘ri  va  aniq  talaffuz 
qilishdan  iborat.  Ayni  paytda  tovush  taqlididan  foydalanish  darkor.  Ona  tilidagi  barcha 
tovushlarni  mashq  qilish  navbati  bilan  bir-birini  almashtiruvchi  to‘rtta  turni  ko‘zda  tutadi: 
artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish 
va  ushbu  tovushni  boshqalari  ichidan  ajrata  olish,  iborali  nutqda  tovushni  to‘g‘ri  talaffuz 
qilishni mustahkamlash. 

 3-bosqichda  nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalashni  bolalar    tomonidan  ko‘p 
xollarda  aralashtirib yuboriladigan tovushlarni (shuvillovchi, xushtaksimon, jarangli, jarangsiz 
va  boshq.)  tabaqalashtirishga  doir  ishlar  bilan  bog‘liq  holda  amalga  oshirish  lozim.  Bunda 
asosiy  vazifa  nutqiy  tinglashni  yanada  takomillashtirish,  aniq,  to‘g‘ri,  intonatsion  ifodali  nutq 
ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.  

 
Tabaqalashtirish ajratib qo‘yilgan tovushlar bo‘yicha ham va ayni paytda so‘zlar hamda 
iborali  nutqlar  bo‘yicha  ham  amalga  oshiriladi.  Bu  esa  bir  vaqtning  o‘zida  bolalarda  nutqiy 
nafas olish, diksiya, intonatsion ifodalilik, ya‘ni nutq tovush madaniyatining barcha qirralarini 
takomillashtirish imkonini beradi. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 

 
Har qanday tovush juftligini tabaqalashtirish uch turdagi ishni amalga oshirishni ko‘zda 
tutadi:  ajratib  qo‘yilgan  tovushlarni  tabaqalashtirish;    so‘zlarda  tovushlarni  tabaqalashtirish; 
nutqda tovushlarni tabaqalashtirish. 

 
Tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallarni she‘rlar, hikoyalar, tez aytishlar orqali 
berish va bir vaqtning o‘zida bolalar bilan nutq sur‘ati, diksiya, ovozdan to‘g‘ri foydalana olish, 
so‘zlarni adabiy me‘yorlarni hisobga olgan holda talaffuz qilishni mashq qilish lozim. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish