Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
8-mavzu:Hikoya qilib berishga o`rgatish. Qayta hikoya qilishni o‟rgatish metodikasi
Reja:
1. Hikoya haqida umumiy ma‘lumot
2. Hikoya aytish metodikasi
3. Hikoya qilib berishga o`rgatishda tarbiyachining kommunikativ mahorati
4. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish.
5. Qayta hikoya qilish usullari.
6. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish mashg‘ulotlarini tashkil etish.
Tayanch tushunchalar va iboralar: hikoyalash,nutqiy shakllar, bayon, tavsif,
mulohaza, monologik nutq, diologik nutq, ta‘lim va tarbiya, xalq pedagogikasi,
mashg‘ulot jarayoni.
Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir.
Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki
bolalarning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni
ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Hikoyalar shakliga ko‘ra tavsifiy va syujetli bo‘lishi mumkin.
Tavsiflash – narsa yoki hodisaning o‘ziga xos belgilarini bayon qilishdir. Tavsiflash qisqa
bo‘lishi va muayyan tuzilma asosida tuzilishi lozim: dastlab narsaning nomi aytiladi, so‘ngra
uning o‘ziga xos belgilari, uning qismlarining nimaga mo‘ljallanganligi va ular o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik hamda narsaning vazifasi bayon qilinadi. Tavsifiy hikoyalar qiyosiy (qarama-
qarshi belgili hamda hajmi, rangi, materiali, qismlari, shakliga qarab bosqichma-bosqich
taqqoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izoxlovchi (mulohaza yuritish, isbotlash bilan
birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib ko‘rsatish) bo‘lishi mumkin.
Syujetli (bayoniy) hikoya – voqealarni biron-bir qahramon bilan birgalikda vaqt bo‘yicha
ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishni o‘rgatish zarur –
dastlab qahramonning nomi aytiladi, ba‘zan uning tashqi ko‘rinishi tavsiflanadi, birinchi voqea
bayon qilinadi, u qachon va qayerda yuz berganligi tushuntiriladi, so‘ngra ikki-uch lavxa
keltiriladi va hikoya yakunlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‘rsatish mumkin:
– qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani
ko‘rayotganligi haqida hikoya);
– xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi
haqida hikoya);
– tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar
faktlarni bayon qiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod maxsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga
qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.
Bitta mashg‘ulotda bitta fikrdagi hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish
mumkin: bola o‘yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosida hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni
qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib
berishi mumkin.
YUqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta‘lim maqsadlaridan kelib chiqqan
holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim: bolalar
hikoya predmetini butun hayotiy to‘liqlikda, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi,
xidi, ta‘mi, ovozi, harakat tusi va boshq.) o‘ziga tasavvur qilishi zarur; narsaning barcha
belgilarini, harakatlarini va ularning munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so‘zlar,
grammatik shakllar bo‘lishi lozim. Hikoya qilishni mashq qilishdan oldin leksik, grammatik
(zarur xollarda – fonetik) mashqlar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashq qilish zarur.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) – monologik nutqni
rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o‘rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya‘ni bolaning bayon
qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantiqqa amal qilishni ko‘zda tutuvchi reja
yordamida amalga oshiradi.
Hikoya rejasi oddiy bo‘lishi, ya‘ni bir chiziqdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab,
ya‘ni keng tarmoqlangan qo‘shimcha (aytib turuvchi yoki faqat yo‘naltiruvchi) savollar zanjiri
shaklida bo‘lishi mumkin.
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan mashg‘ulotlar turlicha o‘tkaziladi va ushbu
mashg‘ulotlarda bolalarga qo‘yiladigan talablar ham turlicha bo‘ladi.
Hikoyaga oid mashg‘ulotlarda doimo taniqli she‘rlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlarni
esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko‘taradi va ularning
hikoyalarini yanada ifodali qiladi.
Monologik nutqqa oid mashg‘ulotlarni real ob‘ektlarga (quyoncha) tayanish usullari
yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mexnati haqida hikoya) asosida o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir.
Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki
harakatlanmaydigan) ko‘rib chiqish jarayonida o‘rganadilar.
Statik suratlar – bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar
yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejasida olib boriladi.
Harakatlanadigan suratlar – (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar,
diapozitivlar va boshq.) – bayon qilish uchun didaktikmateriallardir: ularda tasvirlangan
narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir.
Mulohaza yuritish uchun materialni har qanday surat berishi mumkin, faqat buning uchun
―nima uchun?‖ (u yoki bu voqea, harakat yuz berdi) yoki ―qanday vaziyatda?‖ (narsa u yoki bu
belgiga ega bo‘ladimi-yo‘qmi?) degan savol to‘g‘ri qo‘yilsa bo‘ldi.
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi:
ular oson kompozitsiyaga ega bo‘lib, ularda ayrim ob‘ektlarni ajratib ko‘rsatish, ularning
o‘zaro munosabatini aniqlash ham osondir (―Biz o‘ynayapmiz‖, ―Uy xayvonlari‖, ―YOvvoyi
xayvonlar‖, ―Yil fasllari‖ va boshq.).
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o‘z shakli bilan belgilanadi.
Bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar
bolalarga monologik nutqni o‘rgatish uchun ayniqsa, juda qulaydir. Dastlab bolalar ularni ko‘p
marta tomosha qiladilar, uning titrlari o‘qib chiqiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan),
so‘ngra titrlarni o‘qishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavxalarni hikoya qilib berishiga
o‘tiladi.
Monologga o‘rgatish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan
iboratki, tarbiyachi o‘z rejasi (savollar zanjri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chiqib
ketmaslikka, voqealarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan,
hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida qayg‘uradi va ushbu mavzu uchun mos
keladigan she‘rlar, ertaklar, topishmoqlar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif qiladi.
Bolalarning tasavvur asosidagi og‘zaki to‘qima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri
hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyoq bilan o‘ylab
topadilar, ya‘ni suratlarda tasvirlangan voqealardan oldin yuz berishi mumkin bo‘lgan
voqealarni yoki suratda tasvirlangan voqealardan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarni
o‘zlari to‘qiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya
11
tuzadilar,
qahramon nomidan (1 –shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya qiladilar, unda yil faslini
o‘zgartiradilar va x.k.; o‘zlari ertak hamda hikoyalar to‘qiydilar.
11
Kontaminatsiya (lotincha Contaminatio – to`qnashish, o’rnini almashtirish; matn usuli, bir asarning turli tahrirdagi qismlarini birlashtirish), BSE, 622-bet, 4-
nashri, M., 1987.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
– suratlar asosida ijodiy to‘qima;
– badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar;
– ertaklar, hikoyalarni erkin to‘qish.
Surat asosida ijodiy to‘qishni maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan amalga oshirish
tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa haqida bo‘lishi mumkin.
Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyoq bilan o‘zlarini o‘z
sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib qolgan vaziyatlarga qo‘yib ko‘radilar, uning
harakatlarini o‘zlashtiradilar, muallifni ―tuzatadilar», asar qahramonlarining muayyan
vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm qiladilar. Bolalarning ushbu
xususiyatidan eng avvalo, ularda oliyjanob harakter qirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur.
Nutqni rivojlantirish uchun – monologni o‘rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birortasining
iltimosi bilan rag‘batlantirilgan bolalar ishtiyoq bilan xayol sura boshlaydilar, o‘zlarini badiiy
asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar.
Yaxshilik va go‘zallikka qarama-qarshi qo‘yilgan ertakdagi hamda real hayotdagi
yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Hikoya to‘qish – kombinatsiyani o‘rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga ertak yoki
hikoyaning muayyan lavxasini bu xuddi uning o‘zi bilan yuz bergani kabi o‘z nomidan aytib
berish taklif qilinadi. Pedagog «to‘qish»ning borishini hamdardlik bilan kuzatib boradi, o‘zini
bolaning har so‘ziga ishonayotgandek qilib ko‘rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib
boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda
pedagog uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada
munosib bo‘lishiga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o‘rganganlari
butun umrga muxrlanib qoladi.
Erkin to‘qish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo‘lishi mumkin bo‘lmagan»
loflarni to‘qish uchun to‘liq erkinlik beriladi. To‘qishga ataylab o‘rgatilmaydi, ammo erkin
(mustaqil) ijod qilish qobiliyati maktabgacha ta‘lim muassasasida va uyda bola nutqini
rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan
qanchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, undagi tasavvur va ijodiy qobiliyat shunchalik yaxshi
rivojlanadi.
Leksikasi boy, grammatik to‘g‘ri bo‘lgan, eng asosiysi – mantiqiy va ifodali mustaqil ijod
qilish olti-etti yoshli bolalarning qo‘lidan keladi. Bungacha ularning to‘qimalari – o‘zlariga
tanish bo‘lgan badiiy asarlarning mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar
to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to‘qishga qodir emasliklarini me‘yordan chekinish,
deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo‘lib, bolalarning nutqi va fikrlash darajasi hali hikoya
to‘qish uchun yetarli emasligi bilan izoxlanadi.
Qayta hikoya qilishni mashq qilishni hikoya to‘qish borasidagi tayyorgarlik ishi
hisoblanadi.
Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning
birgalikdagi so‘z ijodkorligi hisoblanadi. YUqorida qayd etilganidek, hatto besh yoshli bolalar
ham tanish ertaklarni, to‘qima voqealarini hikoya qilishga, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib
hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar. Katta odam yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar
berish, o‘zining qiziqayotganligini bildirish, o‘yin vaziyatlarini hosil qilish (o‘yinchoqlar,
rasmlar to‘plami, qo‘g‘irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo‘llab-
quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning extimoliy
yakunini, so‘z shaklini aytib berishi birgalikdagi so‘z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga
egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi, bunda katta odam
savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi.
Bunday dialogdan – monolog nutqi tug‘iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bola bilan dialogi shaklini takrorlaydi.
Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo‘linib
hikoya qilib berishda, o‘yin sahnalashtirishlarda yaratiladi.
Maktabgacha katta yosh – bolaning nutqni o‘rganishga qizg‘in kirishish, til voqeligini eng
oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til sohasidagi boy tajribasi, aniq,
obrazli so‘zda ifodalangan yorqin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil
faoliyatining muhim shartidir.
Muammoli nutq holatlari fonetik, leksik va grammatik mazmundagi turli so‘zli didaktik
o‘yinlarda modellashtiriladi. SHuning uchun maktabgacha ta‘lim muassasalarida didaktik
o‘yinlarni tashkil qilishni bolalarda so‘zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning
asosiy sharti sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning
zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob‘ektlarni qiyoslash, ularning turli umumiy
xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir.
Real ob‘ektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebellar va x.) ham va tasavvur
qilinadigan vaziyatlar (quvnoq va ma‘yus ayiqcha, ertagi va kechki ob-havo, qahramonning
voqea boshidagi va uning yakunidagi kayfiyati) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoyani
boshlashdan oldingi lug‘at mashqlari bolalar ravon nutqining aniq va obrazli so‘zlar hamda
iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi.
Turli toifadagi so‘zli o‘yinlar, mashqlar, muammoli vaziyatlarning o‘zaro bog‘liqligi,
ularning asta-sekin murakkablashuvi, muammoli nutq vazifalarini muntazam ravishda qo‘yib
borish-to‘laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon
nutqini rivojlantirishga doir doimiy ishlarning maqbul shakli maxsus nutq mashg‘ulotlari
hisoblanadi, unda nutqni rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o‘zaro bog‘liqlikda xal etiladi.
Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta hikoya
qilish tinglangan badiiy asarlarni m a'noli og‗zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya
qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so‗zlarni tanlashga o
‗rgatadi, jonli so‗zni cgallashga yordam bcradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini
tushunish ko'nikmasini o‗stiradi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda
usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini
shakllantiradi.
Qayta hikoya qilishga o krgatish saniarali boiishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya qilish
uchun matnlarni to‘g‘ri tanlash lozim. Har bir asar bolalarda jamiyatimiz uchun zarur
bo‘lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak.
Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
yuqori badiiy qimmatga, g‘oyaviy -mantiqiy yo‗nalishga ega bo‘lishi, jo‘shqinligi, fikrning
yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi.
Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning bola yoshiga mos kclishini ham
hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta
bo'lmagan hikoyalar misol bo‘la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta
hikoyalariga bir qancha talablar qo‘yilgan:
1) Ma‘nosiga tushungan holda, ya‘ni matnni to‘liq tushunib hikoya qilish;
2) Asarni to‘liq bayon etish, ya‘ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan bayon
etish;
3) izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;
4) muallif matnidagi lug‗atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so‗zlarni ularning
sinonimlari bilan almashtirish;
5) to‗g‗ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning bo'lmasligi;
6) og‗zaki nutq madaniyatiga e'tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani to‘g‗ri
tutish, tinch turish, tinglovchilarga murojaat qilish, nutqning intonatsion ma‘nodorligidan
(ifodaliligidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‗liq bo'lib , bulardan
birortasini ham e'tibord an chetda qoldirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |