Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o‘tilgan mavzu bo‘yicha
bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning
biron-bir mavzuni o‘tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin.
Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan suhbatdan
foydalanadi.
Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo‘llash mumkin, chunki
bolalar ular bilan nimalar haqida so‘zlashishlarini, nimalarga diqqat-e‘tiborini jalb qilishlarini
bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o‘tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o‘yinlarda,
mexnatda tashkil etilishi mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi
zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta‘lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar
bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so‘zlashishi
lozimki, toki u o‘z nutqi bilan bolalarga ona tilini o‘rgatsin.
Nutqiy muloqotga bo‘lgan zarurat tufayli to‘satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi
o‘zining til sezgisiga ishongani holda o‘z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi
(fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko‘rishi
shart.
Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg‘ulotdan
oldin (mashg‘ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda
ularning diqqat-e‘tibori bo‘lajak suhbat mavzusi bo‘ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb
qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo‘lishi lozim.
Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog‘liq
bo‘ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) kirish
(boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish.
Kirish maqsadi bolalarning diqqat-e‘tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish, ularda
suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari olingan taassurotlarni,
imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat.
Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqida taklif qilgan topishmoq ham kirish
bo‘lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she‘rni o‘qish yoki suratlarni ko‘rish bilan
boshlash mumkin. Suhbat boshlanishida tarbiyachi bo‘lajak suhbat mavzusini (maqsadini)
shakllantiradi, uning muhimligini asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib
beradi.
Asosiy qism maqsadi – bolalar ko‘rgan narsalarni esga olish, qo‘shimcha bilimlarni taxlil
qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo‘shimcha bilimlarni ma‘lum qilish,
ularni
bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat.
Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi mumkin. Har bir
bosqich – bir mavzuni bo‘g‘in qismlari bo‘yicha taxlil qilishdan iboratdir. Pedagog
mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim.
Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, tarbiyachi
imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba‘zan
ortiqcha faktlarni aniqlash uchun undan chekinish mumkin, biroq so‘ngra yana asosiy suhbat
mavzusiga qaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining
qo‘lida reja bo‘lsa, bolalar qanchalik mavzudan chetga chiqmasinlar, u ilgarigi savol o‘z
ahamiyatini yo‘qotdi, deb hisoblagan paytda o‘z rejasidagi navbatdagi savolni berish orqali
ularni yana mavzuga qaytarish mumkin.