Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

diagrammasi  to‟ldiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Suhbatda  ob‘ektlar  o‘rtasidagi  bog‘liqlik    haqida  xulosa  bildirishni,  to‘plangan 
bilimlardan,  taqqoslashlardan  foydalanishni  hamda  Nima  uchun?  Nega?  Nima  tufayli?  Ular 
nimasi  bilan  o‘xshash?  Nima  uchun?  Qanday  qilib?  kabi  savollarga  javob  berishni  talab 
qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish 
zarur:  dastlab  bolalar  tajribasini  jonlantirish  uchun  reproduktiv,  keyin  yangi  materialni  hazm 
qilish  uchun  oz  sonli,  biroq  murakkab  bo‘lgan  qidiruv  savollari  va  oxirida  1-2 
umumlashtiruvchi savollar. Savollar aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar 
bolalarga  javob  berishni  qiyinlashtiradi  –  ular  javob  bera  olmaydilar  yoki  noto‘g‘ri  javob 
beradilar.  Savol  aniq,  shoshmasdan,  mantiqiy  urg‘ular,  mazmuniy  pauzalarga  rioya  qilgan 
holda  berilishi  zarur.  Bolaga  javob  qaytarishga  vaqt  berish  uchun  tarbiyachi  pauza  saqlab 
turadi.  Agarda  savol  tez  berilsa,  bola  uning  mazmunini  tushunishga  ulgurmaydi  va  tarbiyachi 
savolini  bir  necha  marta  takrorlashiga  to‘g‘ri  keladi,  bu  esa  bolaga  javobni  o‘ylashda  xalaqit 
beradi,  uni  tarbiyachiga  quloq  tutmaslikka  o‘rgatib  qo‘yadi.  Bolaga  savolni  birinchi  martada 
qabul qilishni o‘rgatish zarur. 
Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 

 
Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi a‘zolardan iborat 
bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish; 

 
Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli  bo‘laklarining intonatsiyasini aytib berish 
(masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k); 

 
Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va 
boshq. 

 
Turlanmagan  fe‘l  shakllarini  hosil  qilishda  yordam  berish:  sepish-sepilgan,  qo‘yish-
qo‘yilgan. 
 
Suhbat  jarayonida  bolalarni  savol  berishga  undash,  ularning  qiziquvchanligini 
rivojlantirish  zarur.  Bolaning  savol  bera  olishga  qodirligi  uning  fikrlash  faoliyatidan  dalolat 
beradi. 
Badiiy asarlar – ertaklar, hikoyalar, she‘rlarni teatrlashtirish usuli – bu bolalarning ularga 
tarbiyachi o‘qib bergan asarlarni o‘sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir. 
 Boshqa  shaxslar  nomidan  qayta  hikoya  qilib  berish  uchun  dialogik  nutqni  o‘z  ichiga 
olgan  asarlardan  foydalangan  ma‘qul.  Ularni  qayta  hikoya  qilib  berish  bolalarning  og‘zaki 
nutqini,  xususan,  murojaat,  sanash,  xayratlanish,  xayron  bo‘lish  intonatsiyalarini  takomil-
lashtirish  imkonini  beradi;  nutq  emotsional  jihatdan  yanada  boyiydi  –  u  personajlarning 
axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi. 
Bolalarga  og‘zaki  dialogik  nutqni  o‘rgatish  jarayonida  teatrlashtirilgan  tomosha, 
qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar  ham ijrochi, ham 
tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin. 
Sahnalashtirish  o‘yini  –  bu  bolalarning  badiiy  asarni  uning  qahramonlari  obrazlarida 
qayta  hikoya  qilib  berishlari;  bolalarning  matnni  erkin  qayta  aytib  berishlari  va  bolalarning 
syujetli-rolli o‘yinlaridir. 
Syujetli-rolli  o‘yinlarda  bolalarga  birinchi  navbatda,  o‘z  nutqida  ertak  matnidan  chetga 
chiqishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi ularni faqat grammatika yoki leksikada adabiy so‘zlashuv 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
nutqi  me‘yorlaridan  chekingan  xollardagina  to‘g‘rilaydi;  o‘yin  chog‘ida  fonetik  xatoliklarga 
yo‘l qo‘yilganida uni to‘g‘rilash shart emas. 
Teatrlashtirilgan tomoshalar sahnalashtirish o‘yinlaridan shunisi bilan farqlanadiki, unda 
badiiy asar matnini yoddan biladigan bolalar ishtirok etadilar, ularning bu chiqishdan ko‘zlagan 
maqsadi  –  o‘z  tinglovchi  do‘stlarining  ko‘nglini  olishdir;  bu  tomoshada  bolalar  teatr 
kostyumlarida (maska qalpoqchalar va boshqa kiyimlar) chiqadilar. 
Qo‘g‘irchoq  teatri  –  bu  syujetli  «rejissyorlik»  o‘yinning  har  xil  turlaridir:  bolalar  bir 
vaqtning  o‘zida  oddiy  o‘yinchoqlar  (o‘yinchoqlar  teatri),  petrushkalar  (qo‘l  barmoqlariga 
kiyiladigan  qo‘g‘irchoqlar,  suratlar  qirqimlari  va  x.k.)ni  asar  qahramonlari  rolini  o‘ynashga 
majbur qilganliklari holda badiiy asar matnini rollar bo‘yicha so‘zlaydilar. 
Qo‘g‘irchoq  tearti  shakli  quyidagilardir:  o‘yinchoqlar  teatri,  petrushkalar  teatri, 
«barmoqlar» teatri, soya teatri, stol teatri, flanelegraf. 
Bolalar  nashriyotlari  badiiy  asarlarni  sahnalashtirish  uchun  xalq  ertaklariga  siluetlar; 
teatr-kitoblar;  panorama-kitoblar  kabi  turli  ko‘rinishdagi  ko‘rgazmali  qo‘llanmalarni  chop 
etmoqdalar. 
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  qo‘g‘irchoq  teatri  turlari  maktabgacha  ta‘lim  muassasasida 
bolalar  nutqini  faollashtiruvchi  metodik  vositalar  sifatida  foydalaniladi:  bolalar  pedagog 
yordamida, katta guruhlarda esa o‘zlari mustaqil ravishda qo‘g‘irchoqlarga, qirqilgan rasmlarga 
rejissyorlik qiladilar, ular nomidan ishtiyoq bilan so‘zlaydilar va shu tariqa o‘zlarining nutqiy 
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. 
Sahnalashtirish  o‘yini  –  maktabgacha  yoshdagi  har  qanday  bolaning  teatrlashtirilgan 
chiqishidir. 
Bolalarniing  og‘zaki  nutq  ko‘nikmalarini  o‘zlashtirishining  borishiga  qarab,  ularning 
savollarga javoblari yanada aniq, mulohazali va mazmunli bo‘ldib borishi lozim. 
 Suhbat jarayonida bolalar bilan so‘zlashuvning jonliligi ko‘p jihatdan og‘zaki nutqqa va 
nutqiy  muloqotning  savol-javob  shakliga  xos  bo‘lgan  grammatik  tuzilmalarining  turlichaligi 
bilan bog‘liqdir. 
Suhbatlarda  bolalar  keng  qamrovli  fikr  bildirishlari  va  bir-ikkita  so‘zdan  iborat  bo‘lgan 
javob  berishlari  mumkin  (Sizga  ertak  yoqdimi  –  Xa.).  Bolalarni  keng  qamrovli  javoblarga 
savollarni to‘g‘ri qo‘yish orqali yo‘naltirish zarur: «Baxorda ob-havo ko‘proq qanday bo‘ladi? 
Bu xaqda aytib bering». 
Bolaga  mana  bunday  ko‘rsatma  berish  mumkin:  «Qisqa  javob  ber.  Batafsil  javob  ber 
(ammo to‘liq javob bilan emas)», ulardan so‘rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki 
o‘rtog‘ingizdan  chiroyliroq  javob  bera  oladi»).  Zarur  holatlarda  pedagog  qo‘yilgan  savolga 
keng qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin. 
Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish